250
Lokal tarmoqlar bir binoda yoki bir-biriga yaqin binolarda joylashgan kompyuterlarda
o‘zaro axborot almashish imkonini beruvchi tarmoq hisoblanadi.
Lokal tarmoqda kompyuterlar orasidagi masofa yaqin bo‘lganligi bois,
telefon
kanallaridan foydalanmasdan axborotni uzatish tezligini oshirish mumkin.
Lokal tarmoqda axborotni uzatish uchun axborotni marshrutlash va seleksiyalash lozim
bo‘ladi.
Marshrutlash bu — kerakli manzilga axborot blokini uzatish yo‘lini aniqlash jarayonidir.
Seleksiyalash — tegishli manziJdagi axborotni saralash demakdir.
Lokal tarmoqlar axborotni marshrutlash va seleksiyalash usuli bo‘yicha ikki sinfga
ajratiladi.
Mintaqaviy tarmoq — biror tuman, viloyat yoki respublika miqyosidagi kompyuterlarni
o‘zida mujassamlashtirgan tarmoq.
Bunday tarmoda bir nechta markazlashgan (ya'ni lokal tarmoqlarni birlashtiruvchi) juda
quwatli serverlar mavjud bo‘ladi va bunday serverlar o‘rtasidagi axborot
aloqa kabeli,
optik tolali yoki sun'iy yo‘ldosh radioaloqa kanallari yordamida uzatiladi.
Global tarmoq — dunyoning ixtiyoriy davlatidagi kompyuterlarni o‘zida birlashtirish
imkoniga ega bo‘lgan tarmoq. Bu tarmoq internet (Internet) deb ham yuritiladi.
Internet bilan birga «intranet» tushunchasi ham ishlatiladi.
Intranet— bu internet texnologiyasi, dastur ta'minoti va bayonnomalari asosida tashkil
etilgan, ma'lumotlar ombori va elektron jadvallar bilan jamoa bo‘lib
ishlash imkonini
beruvchi korxona yoki tashkilot miqyosidagi yangi axborot muhitini tashkil etuvchi
kompyuter tarmog‘idir.
Kompyuterlarda tarmoqlarda ulashda keng qo‘llaniladi,
tarmoq hozirgi kundagi jal
rivojlangan bo‘lib bundan unumli foydalana olyapmiz deb o‘ylayman. XXI-asr
texnologiyalar asri bo‘lganligi va zamon talabi buni tatqiq qilayotgani hech kimga sir emas
albatta.