409
texnologiyalardan mutlaqo yiroq, desak, bu ham haqiqat. Albatta, raqamli iqtisodiyotni
shakllantirish kerakli infratuzilma, ko‘p mablag‘ va mehnat resurslarini talab etishini juda
yaxshi bilamiz. Biroq, qanchalik qiyin bo‘lmasin, bu ishga bugun kirishmasak, qachon
kirishamiz?! Ertaga juda kech bo‘ladi. Shu bois, raqamli iqtisodiyotga faol o‘tish – kelgusi 5
yildagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri
bo‘ladi.Raqamli texnologiyani o‘zi nima degan savolga quyidagicha javob beramiz: bu –
xo‘jalik yuritishning bir zamonaviy shakli bo‘lib. unda ishlab chiqarish va boshqarishning
asosiy faktori sifatida raqamli ko‘rinishdagi katta ma’lumotlar majmui va ularni qayta
ishlash jarayoni xizmat qiladi.
Raqamli texnologiyalar ko‘plab sohalarni o‘z ichiga oladi va asosiy yo‘nalishlardan biri
turli kasb-hunar xodimlarining kasbiy malakalariga bo‘lgan talablarni o‘zgartirish hisobiga
mehnat bozorini rivojlantiradi. Buning asosiy sababi "texnologik yutuqlar"dir, natijada
odamlar emas, balki mashinalar ko‘proq vazifalarni bajarishi mumkin. Ushbu muammoni
hal qilish uchun raqamli iqtisodiyot sharoitida samarali ishlash uchun zarur bo‘lgan
bilimlar majmuasini shakllantirish uchun vosita kerak.