Qarshi davlat universiteti international scientific and practical conference on algorithms and current problems of programming




Download 15,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet339/551
Sana15.05.2024
Hajmi15,84 Mb.
#234763
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   ...   551
Bog'liq
Asosiy oxirgi 17.05.2023 18.20

Muhokama va natijalar.
Raqamli texnologiyalar orqali ta’lim berilsa ta’lim oluvchilarga 
ta’lim olish usullari osonlashmoqda. Bunda esa ta’lim tizimi vostilari rolini multimediyalar, 
kodoskop, kompyuter, noutbuk, internetga ulangan televizorlar, telefon liniyalar, smart 
doska, proyektorlar bajarib beradi. Ta’lim beruvchilarga bunday vositalar bilan dars 
mashg‘ulotlar o‘tkazish ta’lim sifatini oshirishni ta’minlaydi. Onlayn darslarda raqamli 
texnologiyalar qo‘llanilishi yaxshi samara berishi xammamizga ma’lum. Masalan, 
televideniya orqali berib borilgan onlayn darslar raqamli ta’lim olishning bir turi deb olsak 
bo‘ladi. Demak, raqamli ta’limda:
- xohlagan joyida va xohlagan vaqtida ta’lim olish imkoniga ega; 
- internetdan axborot olish va undan foydalanish madaniyati shakllanadi; 
- ta’lim tizimini yangi bosqichga ko‘taradi; 
- vaqt va mablag‘ sarfini keskin kamaytiradi; 
-“raqamli dunyo”da yo‘qolib qolmaslik va yaxshi ish topishda ustunliklarga ega bo‘lishgi 
kabilar. 
Raqamli ta’lim tizimini yuksalishiga Wi-Fi zonalar IT parklar ochilishi katta xizmat 
qiladi. Ta’lim beruvchilarni raqamli texnologiyalar bilan ishlash qobiliyatini o‘stirish va 
internet orqali turli ochiq kurslar tashkil etish imkoniyati tug‘iladi. Bu esa o‘z navbatida 
ta’lim beruvchilarni o‘z ustida ko‘proq ishlashi va raqobat tufayli ta’lim sifatini yanada 
ortishiga xizmat
Dunyo olomlarining ta'kidlashicha, raqamli texnologiyalar iqtisodiyotga bog‘liq 50 
foizdan ortiq sohalarni keskin o‘zgartirib yuboradi. Ushbu qarash axborot texnologiyalari 
va raqamli platformalar biznes modellarni keskin o‘zgartirib, ularning samaradorligini 
vositachilarni bartaraf etishi va jarayonlarni optimallashtirishiga asoslangan.Jahon banki 
hisob-kitoblari binoan, tezkor internet foydalanuvchilarining 10 foizga ko‘payishi yillik 
YaIM ko‘lamini 0,4 foizdan 1,4 foizgacha oshirishi mumkin ekan. Shuningdek, raqamli 
iqtisodiyotning mamlakat YaIMdagi ulushi har yili taxminan 20 foizga o‘sishi (rivojlangan 
mamlakatlarda bu ko‘rsatkich 7 foiz atrofida) uning ahamiyati belgilaydigan ko‘rsatkich 
sifatida qaraladi. 2010 yilda Boston Consulting Group kompaniyasi raqamlashtirish 
ko‘lamini 20ta mamlakatdan iborat guruh uchun 2,3 trillion dollarga (4,1 foiz YaIM) 
baholagan. Agar bu tendensiya saqlanib qolsa, 10-15 yildan keyin bunday iqtisodiyotning 
jahon YaIMidagi ulushi 30-40 foizga yaqinlashadi. Mamlakatimizda olib borilgan islohotlar 
natijasini Misol tariqasida “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini olshimiz 
mumkin. 
— Raqamli iqtisodiyot, birinchi navbatda, korrupsiyadan xoli hududda ishlash 
imkoniyatini yaratadi. U “xufiyona iqtisodiyot”ning asosiy kushandasidir. Chunki raqamlar 
hamma narsani muhrlaydi, xotirada saqlaydi. Kerak paytda ma’lumotlarni tez taqdim etadi. 


410 
Bunday sharoitda biror ma’lumotni bekitish, yashirin bitimlar tuzish, u yoki bu faoliyat 
haqida to‘liq axborot bermaslikning iloji qolmaydi, — deydi Shuhrat Sodiqov. — Buning 
natijasida esa iqtisodiyotga yo‘naltirilgan qonuniy mablag‘lar joy-joyiga sarflanadi. Ayniqsa, 
soliqlarning o‘z vaqtida to‘g‘ri hisoblanishi va to‘lanishi, byudjet taqsimoti oshkoraligi, 
ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan mablag‘lar, maktablar, shifoxonalar, yo‘llarga ajratilgan pullar 
to‘liq o‘z manziliga maqsadli yetib borishiga zamin yaratiladi. Shu bois, raqamli 
texnologiyalarni bizni taraqqiyotga eltadigan eng qisqa yo‘l, deya atash g‘oyat oqilona va 
odilona ta’rif bo‘ladi. 
Xulosa.
Raqamli texnologiyalar - virtual haqiqat (Virtual haqiqat, VR). Insonning virtual 
haqiqatda bo‘lishiga imkon beruvchi texnik qurilmalarning paydo bo‘lishi ushbu 
texnologiyani ko‘ngilochar sohada talabga aylantirdi. Virtual haqiqatning dubulg‘alari va 
kostyumlari, ixtisoslashtirilgan xonalar sizga noma’lum dunyoga kirishga imkon beradi, bu 
sizning barcha harakatlaringiz virtual olamdan javob berish uchun dasturlashtirilgan, bu 
sizga o‘zingizni 100% ga cho‘mish imkonini beradi. 
Oflayn shaklda ta’lim olish siz dunyoning istalgan nuqtasida turli formatdagi ta'lim 
dasturlarini taklif qiluvchi ko‘plab turli ta'lim tashkilotlarini topishingiz mumkin. Bir 
tomondan, raqamli iqtisodiyot o‘zgarmoqda va mehnat bozori va xodimlarning malaka 
talablarini o‘zgartirishda davom etadi, boshqa tomondan, ularning kelajagi haqidagi doimiy 
noaniqlik sharoitida xodimlar soni ortib bormoqda. O‘rganish uchun juda ko‘p turli xil 
axborot vositalari kerakli natijaga erishishga imkon bermaydi. Ushbu muammolarni hal 
qilish raqamli platformadan foydalangan holda individual rivojlanish traektoriyasi 
doirasida xodimning kasbiy rivojlanishi hisoblanadi. 
Xulosa va takliflar o‘rnida shuni aytish joizki, Rivojlanish uchun insoniyat hayotining 
yengil darajaga keltirishni maqsad qilgan holda amalga oshirilsagina aniq bir rejani qo‘llasa 
bo‘ladi. Insoniyat taraqqiyotining hozirgi davri va yaqin istiqbolida iqtisodiyot tarmoqlari, 
ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimining sifat jihatdan rivojlanishi raqamli 
texnologiyalarni keng joriy etish bilan bevosita bog‘liq bo‘lib bormoqda. Mamlakatimiz 
taraqqiyotining istiqboli ham raqamli iqtisodiyot rivojlanishi va raqamli texnologiyalarning 
qamrov darajasiga tayanadi. 

Download 15,84 Mb.
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   ...   551




Download 15,84 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qarshi davlat universiteti international scientific and practical conference on algorithms and current problems of programming

Download 15,84 Mb.
Pdf ko'rish