|
Media texnologiyalar kundalik hayotda 4-23-guruh talabasi usmonova yulduz
|
bet | 1/4 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,58 Mb. | | #243149 |
Bog'liq Media texnologiyalar kundalik hayotda
“MAKTABGACHA TA’LIM ”
YO’NALISHI
SHAHRISABZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI “PEDAGOGIKA” FAKULTETI
MAVZU: Media texnologiyalar kundalik hayotda
4-23-GURUH TALABASI
USMONOVA YULDUZ
R e j a : I.Kirish . II.Asosiy qism: 1.Media texnologiyalar kundalik hayotda 2.Raqamli texnologiyalarning ahamiyati III.Xulosa. KIRISH Bugungi kunda raqamli texnologiyalar hayotning barcha sohalarida faol qo'llanilmoqda. iqtisodiyot, bank, xizmat sektori shuningdek ta`lim jarayonini ham tez sur`atlarda rivojlanishiga xizmat qilmoqda. Mamlakatimizda yashayotgan barcha fuqarolar, jumladan yosh bolalardan tortib nafaqaxo'rlarning ham ongida raqamli texnologiyalar orqali jamiyatdagi barcha muammolarni hal qilish mumkin degan fikrni shakllantirmoqda. Bundan tashqari, ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarining robotlashtirilishi, masalan bank sektorida, robotlar va ishchilar o'rtasidagi raqobat masalasi ham ko'tarilmoqda. Raqamlardan foydalanishga asoslangan hamda joriy etilgan texnologiyalarning so'zsiz foydasi bilan axloqiy, shaxsiy ma`lumotlarni himoya qilish, robotlar va tashkilotlar xodimlari o'rtasidagi raqobatning huquqiy jihatlari bilan bog'liq masalalar tobora ko'proq e`tiborga olinmoqda. Axborot bu insonni, uning harakatlarini, jamoat tashkilotlari faoliyatini, davlat hokimiyati organlarini, texnik tizimlarni boshqarish vositasidir. Axborot muloqoti shaxsni tarbiyalash, ta’lim berish va shakllantirishning asosini hosil qiladi. Axborot insonga ijtimoiy va texnik me’yorlarning mazmunini yetkazish, uni ushbu me’yorlarga amal qilmaslikning bo‘lg‘usi salbiy oqibatlari haqida ogohlantirishning yagona vositasi hisoblanadi. jahonda sodir bo‘layotgan dolzarb mavzular, hodisalar, voqealarni eng birinchi OAV orqali kuzatamiz. Bu borada auditoriyaga tezkorlik, xolislik, aniqlik kabi tamoyillar birlamchi ahamiyatga ega. Hozirgi kunda axborot olish va axborot tarqatish maydoni sifatida internetning hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Global tarmoq, globallashuv axborot va ommaviy axborot vositalari tushunchasini ham tubdan o‘zgartirib yubordi.
|
| |