|
Media texnologiyalar kundalik hayotda 4-23-guruh talabasi usmonova yulduz
|
bet | 3/4 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,58 Mb. | | #243149 |
Bog'liq Media texnologiyalar kundalik hayotdaMUHOKAMA VA NATIJALAR Raqamli texnologiyalar orqali ta’lim berilsa ta’lim oluvchilarga ta’lim olish usullari osonlashmoqda. Bunda esa ta’lim tizimi vostilari rolini multimediyalar, kodoskop, kompyuter, noutbuk, internetga ulangan televizorlar, telefon liniyalar, smart doska, proyektorlar bajarib beradi. Ta’lim beruvchilarga bunday vositalar bilan dars mashg’ulotlar o’tkazish ta’lim sifatini oshirishni ta’minlaydi. Onlayn darslarda raqamli texnologiyalar qo`llanilishi yaxshi samara berishi xammamizga ma’lum. Masalan, televideniya orqali berib borilgan onlayn darslar raqamli ta’lim olishning bir turi deb olsak bo’ladi.
- xohlagan joyida va xohlagan vaqtida ta’lim olish imkoniga ega; - internetdan axborot olish va undan foydalanish madaniyati shakllanadi; - ta’lim tizimini yangi bosqichga ko`taradi; - vaqt va mablag` sarfini keskin kamaytiradi; -“raqamli dunyo”da yo`qolib qolmaslik va yaxshi ish topishda ustunliklarga ega bo`lishgi kabilar. Raqamli ta’lim tizimini yuksalishiga Wi-Fi zonalar IT parklar ochilishi kata xizmat qiladi. Ta’lim beruvchilarni raqamli texnologiyalar bilan ishlash qobiliyatini o`stirish va internet orqali turli ochiq kurslar tashkil etish imkoniyati tug’iladi. Bu esa o’z navbatida ta’lim beruvchilarni o`z ustida ko`proq ishlashi va raqobat tufayli ta’lim sifatini yanada ortishiga xizmat qiladi.
Bundan tashqari raqamli texnologiyalar yana sun’iy intellekt texnologiyasini joriy etish soliq to’lashdan bo’yin tovlash holatlarini aniqlash, firibgarliklarni oldini olish, ma’lumotlarni tahlil qilish va takrorlanuvchi jarayonlarni avtomatlashtirish hamda shaffoflikni oshirishda qo’l kelsa, katta hajmli ma’lumotlar — Big data esa soliq organlariga kelib tushadigan katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash, qayta ishlash, tushumlarni yanada yaxshiroq bashorat qilish hamda to’lovchilar va soliq organlari o’rtasidagi hujjat almashinuvini yaxshilash imkoniyatini beradi. Raqamli texnologiyalarni o’zlashtirish insoniyat tarixidagi boshqa innovatsiyalarga qaraganda tezroq sodir bo’lmoqda: bor-yo’g’i yigirma yil ichida raqamli texnologiyalar rivojlanayotgan mamlakatlar aholisining qariyb 50 foizini qamrab olishga va ularning yordami bilan jamiyatlarni o’zgartirishga muvaffaq bo’ldi. Masalan, sog’liqni saqlash sohasida sun’iy intellektdan foydalanishga asoslangan ilg’or texnologiyalar inson hayotini saqlab qolish, kasalliklarni aniqlash va umr ko’rish davomiyligini oshirishga xizmat qilmoqda. Ta’lim sohasida virtual o’quv muhiti va masofaviy ta’limning ta’minlanishi talabalarga boshqa imkoniyatga ega bo’lmagan dasturlarda qatnashish imkonini berdi
Bundan tashqari, blokcheynga asoslangan tizimlardan foydalanish orqali davlat xizmatlaridan foydalanish qulay bo’ladi, ularni ta’minlovchi institutlar mas’uliyatini oshiradi va sun’iy intellektdan foydalanish natijasida jarayonlar kamroq byurokratik bo’ladi. Katta ma’lumotlar, shuningdek, yanada moslashuvchan va aniq siyosat va dasturlarga olib kelishi mumkin. Quyida raqamli texnologiyalrni bazilariga to’xtalib o’tamiz: bulutili texnologiyalar –internet foydalanuvchisiga on-layn xizmat sifatida kompyuter resurslarini taqdim etiladigan ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyalaridir.
Raqamli texnologiyalar - narsalar interneti (Internet of Things, IoT). Raqamli axborotga asoslangan asosiy texnologiyalardan biri bu narsalar internetidir. Ko’pgina maishiy texnikaning elektr tarmog’iga ulanganligi odatiy holdir, lekin asta-sekin jismoniy dunyoning tobora ko’proq ob’ektlari Internetga ulanadi, bu esa ma’lumot to’plash va hatto ushbu ob’ektlarni masofadan turib boshqarish imkonini beradi. Darhaqiqat, Internetda ob’ekt va tashqi dunyoning turli parametrlarini o’z ichiga olgan va Internet orqali ob’ektni boshqarish imkonini beruvchi jismoniy ob’ektning virtual nusxasi paydo bo’ladi. Narsalar internetiga misol qilib, kinoteatrdagi proyektor kabi qurilma texnik qo’llab-quvvatlash xizmatiga aniqlangan nosozlik va rejadan tashqari ta’mirlash doirasida almashtirilishi kerak bo’lgan ehtiyot qismlar ro’yxati haqida signal yuboradi.
Raqamli texnologiyalar - kengaytirilgan haqiqat (AR). Eng istiqbolli - bu virtual dunyodan real dunyoga ob’ektlarni qo’shish imkonini beruvchi to’ldirilgan reallik texnologiyasi. Tasavvur qiling-a, ko’chada yurib, atrofingizdagi narsalar va odamlar haqida qo’shimcha ma’lumotni ko’rasiz. Kengaytirilgan haqiqat misollari allaqachon mavjud va faol qo’llanilmoqda, ba’zi istiroxat bog’larida siz jismoniy dunyodagi ob’ekt va virtual dunyo o’rtasidagi aloqalarni ko’rsatadigan belgilarni allaqachon ko’rishingiz mumkin. Toʻldirilgan reallik elementlariga ega oʻyinlar faol tarqalmoqda, kiyim-kechak sotiladigan doʻkonlarda virtual oyna va jihozlash xonalari mavjud, toʻldirilgan reallik allaqachon avtomobillarda sinovdan oʻtkazilmoqda. Shu bilan birga, toʻldirilgan reallik texnologiyalaridan faol foydalanish yoʻlida hal qilinishi kerak boʻlgan masalalar ham mavjud. Masalan, geopozitsiyani aniqlash vositalarining aniqligi hali ham etarli emas yoki jismoniy dunyo ob’ektlarini ularning virtual nusxalari bilan bog’lash uchun kompyuterda ko’rish texnologiyalari nomukammal. Biroq, ishonch bilan aytish mumkinki, yaqin kelajakda ushbu texnologiya yutuq bilan bog’liq bo’lishi mumkin.
Yurtimizdagi nufuzli xususiy o'quv markazlari ham zamon talabidan kelib chiqqan holda onlayn ta`limni yo'lga qo'ymoqda. Bu jarayonning o'zi ham mamlakatimiz ta`lim tizimida yangi bosqich boshlanganini anglatadi. Ta`lim tizimi bugungi kunda raqamli texnologiyalarga singib ketayotgani shunchaki hayratlanarli emas, chunki, bugungi kunda axborot makonida taklif etilayotgan ko'plab narsalarni jiddiy tahlil qilish va pedagogik asoslash uchun asos bo'lib xizmat qiladi. So'nggi yillarda ta`limni “raqamlashtirish” muammolari, uning shakllanishiga ta`siri bo'yicha birorbir davlat loyihasi yoki so'rovnoma asosida tadqiqotlar o'tkazilmaganligi ham muhimdir. Shu bilan birga, Internet tizimidagi muhitning yoshlar ongiga ta`sirining ahamiyati hukumatning, zamonaviy ommaviy axborot vositalarining ma`ruzalarida, pedagogik jamoatchilik muhokamalarida, magistrant va tadqiqotchilarning izlanishlarida ham ko'rishimiz mumkin. Shuni alohida ta`kidlash kerakki, oldin raqamli texnologiyalarni barcha sohalarda, ya`ni, sanoat, iqtisodiyot, bank va boshqa sohalarda joriy etish bilan cheklanib qolgan edik. Bugungi kunda esa raqamli iqtisodiyot shiddat bilan rivojlanib borayotganini e`tiborga olib, raqamli rivojlanish bo'yicha barcha soha rahbarlarining o'rinbosarlari lavozim tarkibiga kiritilmoqda
Ta`limda raqamli texnologiyalarni o'qitish sifatini saqlab qolgan holda samarali qo'llash uchun nimalar qilish kerak? Birinchidan, albatta mamlakatimizda Internet infratuzilmasini yaxshilashimiz, mobil` operatorlar tomonidan ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishimiz va eng muhiki aholining, ayniqsa talaba yoshlarni zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalarining so'ngi yutuqlarini o'zlashtirishga shartsharoitlar hamda imkoniyatlar yaratib berishimiz lozim. Ikkinchidan, o'quv jarayonini tashkil etishda raqamli texnologiyalardan foydalanish ko'lamini kengaytirish va axborot resurslari, o'qitish vositalari va masofaviy o'qitish texnologiyalarini rivojlantirish, ijodkor talabalarni universitetni raqamlashtirish loyihalariga jalb qilish bilan oliy ta`lim muassasalari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga o'zgartirish kiritish bo'yicha vakolatli organlarga takliflar berish, yuqori samaradorlikka ega raqamli qurilmalar bilan jihozlangan tuzilmalar, o'quv xonalari, laboratoriyalar, mediastudiyalar vaboshqalarni o'z ichiga olgan markazlarni tashkil etish qo'llash.
|
| |