• Foydalanilgan adabiyotlar
  • Media texnologiyalar kundalik hayotda 4-23-guruh talabasi usmonova yulduz




    Download 1,58 Mb.
    bet4/4
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,58 Mb.
    #243149
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Media texnologiyalar kundalik hayotda

    Uchinchidan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ta`lim texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini ta`minlash, bu borada pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini uzluksiz rivojlantirib borish uchun qo'shimcha sharoitlar yaratish. To'rtinchidan, interfaol taqdimot tizimlaridan foydalanish, ma`ruza va seminar darslari uchun internet bilan bog'liq holda interfaol va mul`timediali taqdimotlarni ishlab chiqish kabi mavzular bo'yicha o'qituvchilarning malakasini oshirish uchun kurslarni tashkil qilish va o'tkazish. Beshinchidan, real vaqt rejimida interfaol taqdimot tizimlari, videokonferentsaloqa tizimlari, virtual zallar, elektron resurslardan foydalanib istalgan vaqtda masofaviy o'qitish jarayonini amalga oshirish. Oltinchidan, bulutli texnologiyalar, virtual voqelik, kengaytirilgan voqelikdan foydalanish hamda didaktik materiallar va tajriba dizaynlarini ishlab chiqishda 3D printerini qo'llash, raqamli didaktika va raqamli ta`lim modellarini qo'llash, o'qituvchilar va talabalar uchun loyihalar, diplom ishlari, ilmiy izlanishlar va boshqalarini muhokama qilish uchun ilmiy veb-saytlar ishlab chiqish lozim.
    Shundagina, biz raqamli texnologiyalardan foydalanib ta`lim sifatini tushirmagan holda talaba-yoshlarga bugungi kun talabi darajasida bilim olishlariga erishamiz. Alohida ta`kidlash kerakki, bugungi kunda hayotimiz har jihatdan texnika va texnologiyalar bilan bog'liq, ya`ni ertalab soat bongidan boshlab to kun rejasini tuzish va o'qish bilan yakunlashgacha. Biz ta`lim sifatini oshirish va rivojlantirish uchun texnologiyalardan manfaatli foydalanish imkoniyatini yaratishni istadik. Qachonki, planshet ta`lim olishning bir elementiga aylansa, bolalar o'qish jarayoniga katta qiziqish bilan kirishadi. Bu o'yin bilan klassik ta`limni birlashtirishga tengdir. Natijada o'qish jarayoni yaxshilanadi, o'zlashtirish, ta`lim darajasi va kadrlarni tayyorlash samaradorligi oshadi. Bilimli avlod, professional kadrlar - bu jamiyatning keng miqyosda rivojlanishining garovidir.
    XULOSA Raqamli texnologiyalar - virtual haqiqat (Virtual haqiqat, VR). Insonning virtual haqiqatda bo’lishiga imkon beruvchi texnik qurilmalarning paydo bo’lishi ushbu texnologiyani ko’ngilochar sohada talabga aylantirdi. Virtual haqiqatning dubulg’alari va kostyumlari, ixtisoslashtirilgan xonalar sizga noma’lum dunyoga kirishga imkon beradi, bu sizning barcha harakatlaringiz virtual olamdan javob berish uchun dasturlashtirilgan, bu sizga o’zingizni 100% ga cho’mish imkonini beradi. Ta’lim sohasida VR o’quvchilarning bilim olish uslubini o’zgartiradi. Sinf xonalarida VR dan foydalanish o’quvchilarga bilimlarni yaxshiroq o’zlashtirish va qiyin tushunchalarni tasavvur qilish orqali o’rganishga yordam beradi Xulosa sifatida aytish mumkinki raqamli texnologiyalarni turli sohalarga nafaqat ta’lim tizimiga joriy etilishi mamlakat ta’lim tizimini modernizatsiya qilishda katta rol o`ynaydi. Zamonaviy ta’limni tashkil etish va ta’lim samaradorligini ortishiga xizmat qiladi.
    Foydalanilgan adabiyotlar: 1.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga yo'llagan Murojaatnomasi. 2020 y. 2. Abdullayev M., Saidahror, G., & Ayupov, R. Raqamli iqtisodiyot - kadrlar tayyorlashning dolzarb yo'nalishlari. 2020 y. 3.Norboeva N Erkinovna, Khashimova D Pakhritdinovna. The role of the digital economy in the development of information and communication technologies // ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal 10 (3), 25-31.
    Download 1,58 Mb.
    1   2   3   4




    Download 1,58 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Media texnologiyalar kundalik hayotda 4-23-guruh talabasi usmonova yulduz

    Download 1,58 Mb.