Qarshi davlat universiteti international scientific and practical conference on algorithms and current problems of programming




Download 15,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet347/551
Sana15.05.2024
Hajmi15,84 Mb.
#234763
1   ...   343   344   345   346   347   348   349   350   ...   551
Bog'liq
Asosiy oxirgi 17.05.2023 18.20

 
Ключевые слова:
цифровые технологии, цифровые технологии в образовании, 
облачные технологии, Интернет вещей (IoT); дополненная реальность (AR); 
виртуальная реальность (Виртуальная реальность, VR) 
ABSTRACT. 
Digital technology, cloud technologies, use of digital technology in 
education, digital technology education system tools, advantages of digital technology, 
Internet of Things (IoT), augmented reality (AR), virtual reality (Virtual reality, VR). 
Key words:
digital technology, digital technology in education, cloud technology, 
Internet of Things (IoT); augmented reality (AR); virtual reality (Virtual reality, VR) 
 
Kirish 
Raqamli ta`lim resurslari ta`lim berishda kompyuteni talab qiladigan esursdir. RTR.dan 
ta`lim samaradorligini oshirish uchun prinsipial jihatdan yangi imkoniyatlar yaratdi. RTR 
bu o‘qitishda vizualizisatsiyaning tezko vositasi, talabalarning amaliy ko‘nikmalarini 
rivojlantirishda, maktab o‘quvchilarini so‘rovi va monitoringini tashkil etish va o‘tkazishda, 
shuningdek uy vazifalarini kuzatish va baholashda, diagrammalar, jadvallar, grafiklar, 
belgilar bilan ishlashda yordamchi, matnlarni tahrirlash va talabalarning ijodiy ishlari 
xatolarni operativ vosita hisoblanadi. 
Dasturlashtirilgan o‘qitishning o‘ziga xos xususiyati bu o‘quv jarayonini faollashtirishga 
yordam beradigan bosqichma-bosqich mustaqil fa`oliyat, shuningdek, o‘qitishni 
individuallashtirish va differentsiallashtirish mumkin bo‘lgan tezkor aloqaning 
mavjudligidir. Ta`lim sohasida RTR dan foydalanish o‘qituvchilarga o‘qitishning metodini, 
tashkiliy shaklini va mazmunini sifatli o‘zgartirish imkonini beradi. Pedagogik fa’oliyat 
vositalari takomillashtirilmoqda, o‘qitish sifati va samaradorligi ortib bormoqda. Raqamli 
ta’lim resurslarining maqsadi axborot jamiyatida o‘quvchilarning intelektual 
imkoniyatlarini mustahkamlash, shuningdek ta`lim tizimining barcha bosqichlarida ta`lim 
sifatini oshirishdan iboratdir. 
Elektron kutubxona - elektron hujjatlarning turli xil to‘plamlarini ishonchli saqlash va 
samarali ishlatish imkonini beruvchi taqsimlangan axborot tizimi. 


421 
Multimedia darsliklar - kompyuter yordamida yoki o‘qituvchi ishtirokida o‘quv kursini 
yoki uning katta qismini o‘zlashtirish imkoniyatini beruvchi dasturiy-uslubiy majmuadir. 
Virtual laboratoriyalar - o‘quv majmuasi bo‘lib, u ob’ektli tajribalarni, jumladan maktab 
sharoitida o‘tkazish qiyin, qo‘shimcha jixozlarni talab qiladigan yoki juda qimmatga 
tushadigan tajribalarni o‘tkazish imkonini beradi. 
Bugungi kunda raqamli texnologiyalar shiddat bilan rivojlanib bormoqda va guvoh 
bo‘lishimiz mumkinki har bir sohada zamon bilan hamqadam odimlashni taqazo etmoqda 
axborot olish va foydalanish tezligi juda yiriklashgan hozirgi davrda ta'lim tizimida raqamli 
texnologiyalardan foydalanish ta'lim sifatini oshirish va ijtimoiy faol yoshlarni 
tarbiyalashda katta ahamyatga ega. Biz ilgari ta'lim dasturlarini an'anaviy usuli ya'ni 
ma'ruzani yirik xajmli kitoblar va qollanmalar orqali amalga oshirilgan shaklida olib 
borganmiz. Bu esa o‘z navbatida ta'lim sifatining u qadar yuqori bo‘lishini ta'minlamagan. 
Hozirda ta'lim sifatini ko‘tarishda ta'limni raqamlashtirish jarayoni boshlangan. 
Ta'lim tizimining hozirgi holati noan'anaviy ta'lim texnologiyalarining roli ortib 
borayotgani bilan tavsiflanadi. Ta'lim oluvchi tomonidan ularning yordami bilan bilimlarni 
o‘zlashtirish an'anaviy texnologiyalarga qaraganda ancha tezdir. Ushbu texnologiyalar 
bilimlarni rivojlantirish, egallash va tarqatish xarakterini o‘zgartiradi, o‘rganilayotgan 
fanlarning mazmunini chuqurlashtirish va kengaytirish, uni tezda yangilash, samaraliroq 
o‘qitish usullarini qo‘llash, shuningdek, har bir kishi uchun ta'lim olish imkoniyatini 
sezilarli darajada kengaytirish imkonini beradi. 
Raqamli texnologiyani o‘zi nima degan savolga quyidagicha javob beramiz: bu - xo‘jalik 
yuritishning bir zamonaviy shakli bo‘lib. unda ishlab chiqarish va boshqarishning asosiy 
faktori sifatida raqamli ko‘rinishdagi katta ma'lumotlar majmui va ularni qayta ishlash 
jarayoni xizmat qiladi. Olingan natijalarni amaliyotda ishlatish esa an'anaviy ho‘jalik 
yuritish shakllariga nisbatan ancha katta samaradorlikka erishishga imkon beradi. Misol 
sifatida turli xildagi avtomatik ishlab chiqarish jarayonlarini, 3D-texnologiyasini, bulutli 
texnologiyalarni. masofaviy meditsina xizmatlari ko‘rsatishni, aqlli texnologiyalar 
yordamida mahsulot yetishtirish va uni yetkazib berishni, turli xildagi tovarlarm saqlash va 
ularni sotish jarayonlarini keltirish mumkin. Biz bu maqolada ta'lim tizimida 
raqamlashtirishni o‘rniga to‘xtalib o‘tamiz. 
Raqamli texnologiyalar orqali ta'lim berilsa ta'lim oluvchilarga ta'lim olish usullari 
osonlashmoqda. Bunda esa ta'lim tizimi vostilari rolini multimediyalar, kodoskop, 
kompyuter, noutbuk, internetga ulangan televizorlar, telefon liniyalar, smart doska, 
proyektorlar bajarib beradi. Ta'lim beruvchilarga bunday vositalar bilan dars mashg‘ulotlar 
o‘tkazish ta'lim sifatini oshirishni ta'minlaydi. Onlayn darslarda raqamli texnologiyalar 
qo‘llanilishi yaxshi samara berishi hammamizga ma'lum. Masalan, televideniya orqali berib 
borilgan onlayn darslar raqamli ta'lim olishning bir turi deb olsak bo‘ladi. 
Demak, raqamli ta'limda: 
- xohlagan joyida va xohlagan vaqtida ta'lim olish imkoniga ega; 
- internetdan axborot olish va undan foydalanish madaniyati shakllanadi; 
- ta'lim tizimini yangi bosqichga ko‘taradi; 
- vaqt va mablag‘ sarfini keskin kamaytiradi; 
-"raqamli dunyo"da yo‘qolib qolmaslik va yaxshi ish topishda ustunliklarga ega bo‘lishgi 
kabilar. 
Raqamli ta'lim tizimini yuksalishiga Wi-Fi zonalar IT parklar ochilishi katta xizmat 
qiladi. Ta'lim beruvchilarni raqamli texnologiyalar bilan ishlash qobiliyatini o‘stirish va 
internet orqali turli ochiq kurslar tashkil etish imkoniyati tug‘iladi. Bu esa o‘z navbatida 
ta'lim beruvchilarni oz ustida ko‘proq ishlashi va raqobat tufayli ta'lim sifatini yanada 
ortishiga xizmat qiladi. 
Bundan tashqari raqamli texnologiyalar yana sun'iy intellekt texnologiyasini joriy etish 
soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlarini aniqlash, firibgarliklarni oldini olish, 


422 
ma'lumotlarni tahlil qilish va takrorlanuvchi jarayonlarni avtomatlashtirish hamda 
shaffoflikni oshirishda qo‘l kelsa, katta hajmli ma'lumotlar — Big data esa soliq organlariga 
kelib tushadigan katta hajmdagi ma'lumotlarni saqlash, qayta ishlash, tushumlarni yanada 
yaxshiroq bashorat qilish hamda to‘lovchilar va soliq organlari o‘rtasidagi hujjat 
almashinuvini yaxshilash imkoniyatini beradi. 
Raqamli texnologiyalarni o‘zlashtirish insoniyat tarixidagi boshqa innovatsiyalarga 
qaraganda tezroq sodir bo‘lmoqda: bor-yo‘g‘i yigirma yil ichida raqamli texnologiyalar 
rivojlanayotgan mamlakatlar aholisining qariyb 50 foizini qamrab olishga va ularning 
yordami bilan jamiyatlarni o‘zgartirishga muvaffaq. 
Masalan, sog‘liqni saqlash sohasida sun'iy intellektdan foydalanishga asoslangan ilg‘or 
texnologiyalar inson hayotini saqlab qolish, kasalliklarni aniqlash va umr ko‘rish 
davomiyligini oshirishga xizmat qilmoqda. Ta'lim sohasida virtual o‘quv muhiti va 
masofaviy ta'limning ta'minlanishi talabalarga boshqa imkoniyatga ega bo‘lmagan 
dasturlarda qatnashish imkonini berdi. Bundan tashqari, blokcheynga asoslangan 
tizimlardan foydalanish orqali davlat xizmatlaridan foydalanish qulay bo‘ladi, ularni 
ta'minlovchi institutlar mas'uliyatini oshiradi va sun'iy intellektdan foydalanish natijasida 
jarayonlar kamroq byurokratik bo‘ladi. Katta ma'lumotlar, shuningdek, yanada 
moslashuvchan va aniq siyosat va dasturlarga olib kelishi mumkin. 
Quyida raqamli texnologiyalrni bazilariga to‘xtalib o‘tamiz: bulutili texnologiyalar -
internet foydalanuvchisiga on-layn xizmat sifatida kompyuter resurslarini taqdim 
etiladigan ma'lumotlarni qayta ishlash texnologiyalaridir. 
Raqamli texnologiyalar - narsalar interneti (Internet of Things, IoT). Raqamli axborotga 
asoslangan asosiy texnologiyalardan biri bu narsalar internetidir. Ko‘pgina maishiy 
texnikaning elektr tarmog‘iga ulanganligi odatiy holdir, lekin asta-sekin jismoniy 
dunyoning tobora ko‘proq ob'ektlari Internetga ulanadi, bu esa ma'lumot to‘plash va hatto 
ushbu ob'ektlarni masofadan turib boshqarish imkonini beradi. Darhaqiqat, Internetda 
ob'ekt va tashqi dunyoning turli parametrlarini o‘z ichiga olgan va Internet orqali ob'ektni 
boshqarish imkonini beruvchi jismoniy obyektning virtual nusxasi paydo bo‘ladi. Narsalar 
internetiga misol qilib, kinoteatrdagi proyektor kabi qurilma texnik qo‘llab-quvvatlash 
xizmatiga aniqlangan nosozlik va rejadan tashqari ta'mirlash doirasida almashtirilishi 
kerak bo‘lgan ehtiyot qismlar ro‘yxati haqida signal yuboradi. 
Raqamli texnologiyalar - kengaytirilgan haqiqat (AR). Eng istiqbolli - bu virtual 
dunyodan real dunyoga ob'ektlarni qo‘shish imkonini beruvchi to‘ldirilgan reallik 
texnologiyasi. Tasavvur qiling-a, ko‘chada yurib, atrofingizdagi narsalar va odamlar haqida 
qo‘shimcha ma'lumotni ko‘rasiz. Kengaytirilgan haqiqat misollari allaqachon mavjud va 
faol qo‘llanilmoqda, ba'zi istiroxat bog‘larida siz jismoniy dunyodagi ob'ekt va virtual 
dunyo o‘rtasidagi aloqalarni ko‘rsatadigan belgilarni allaqachon ko‘rishingiz mumkin. 
To‘ldirilgan reallik elementlariga ega o‘yinlar faol tarqalmoqda, kiyim-kechak sotiladigan 
do‘konlarda virtual oyna va jihozlash xonalari mavjud, to‘ldirilgan reallik allaqachon 
avtomobillarda sinovdan o‘tkazilmoqda. Shu bilan birga, to‘ldirilgan reallik 
texnologiyalaridan faol foydalanish yo‘lida hal qilinishi kerak bo‘lgan masalalar ham 
mavjud. Masalan, geopozitsiyani aniqlash vositalarining aniqligi hali ham etarli emas yoki 
jismoniy dunyo ob’ektlarini ularning virtual nusxalari bilan bog‘lash uchun kompyuterda 
ko‘rish texnologiyalari nomukammal. Biroq, ishonch bilan aytish mumkinki, yaqin 
kelajakda ushbu texnologiya yutuq bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. 
Raqamli texnologiyalar - virtual haqiqat (Virtual haqiqat, VR). Insonning virtual 
haqiqatda bo‘lishiga imkon beruvchi texnik qurilmalarning paydo bo‘lishi ushbu 
texnologiyani ko‘ngilochar sohada talabga aylantirdi. Virtual haqiqatning dubulg‘alari va 
kostyumlari, ixtisoslashtirilgan xonalar sizga noma'lum dunyoga kirishga imkon beradi, bu 
sizning barcha harakatlaringiz virtual olamdan javob berish uchun dasturlashtirilgan. 


423 
Ta'lim sohasida VR o‘quvchilarning bilim olish uslubini o‘zgartiradi. Sinf xonalarida VR 
dan foydalanish o‘quvchilarga bilimlarni yaxshiroq o‘zlashtirish va qiyin tushunchalarni 
tasavvur qilish orqali o‘rganishga yordam beradi. 
Xulosa sifatida aytish mumkinki, raqamli texnologiyalarni turli sohalarga nafaqat ta'lim 
tizimiga joriy etilishi mamlakat ta'lim tizimini modernizatsiya qilishda katta rol o‘ynaydi. 
Zamonaviy ta'limni tashkil etish va ta'lim samaradorligini ortishiga xizmat qiladi. 

Download 15,84 Mb.
1   ...   343   344   345   346   347   348   349   350   ...   551




Download 15,84 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qarshi davlat universiteti international scientific and practical conference on algorithms and current problems of programming

Download 15,84 Mb.
Pdf ko'rish