412
sifatida aniqlash laboratoriyasini bajarishda olingan natijalarni taqqoslash va tahlil qilishda
ushbu dasturdan foydalanish mumkin. Quyosh kollektori quyosh radiasiyasini yutadi va
o‘zi hamda to‘ldirilgan suvni qizdiradi. Quyosh kollektorining effektivligi η suv yutgan
issiqlik energiyasining Δ
Q
kollektorga tushayotgan radiasion energiyaga ΔΕ nisbati bilan
o‘lchanadi:
𝜂=Δ𝑄/ΔΕ (1)
Tajribalarda quyosh kollektori issiqlik izolyasiyasi bilan hamda usiz qo‘llaniladi. Bunda
bakda suvning temperaturaviy xarakteristikalari o‘lchanadi. Talabalar tomonidan 30 minut
davomidagi har bir minut intervalidagi o‘rtacha haroratlar olinadi. Olingan natijalarni Excel
dasturiga kiritiladi yoki qo‘lda kiritsa ham bo‘ladi.
Excel dasturini OriginPro dasturiga yuklanadi va grafigni chizish paneli tanlanadi.
Shunda ekranda grafik hosil bo‘ladi. Quyida tajribada olingan natijalarning grafiklari
keltirilgan.
1-rasm. Bak temperaturasi vaqt funksiyasi sifatida
Grafikdan ko‘rinadiki,
issiqlik izolyasiyasiz holda bakdagi temperatura tezroq ortadi.
Issiqlik izolyasiyasi bilan holda radiasion energiyaning bir qismi akslanadi, ya’ni quyosh
kollektoriga tushayotgan radiasion energiya amalda kam bo‘ladi.
2 va 3 rasmlardagi grafiklardan ko‘rinadiki, o‘lchash vaqti
ortishi bilan temperatura
chiziqli ortadi. Oqim tezligi ortishi bilan temperatura tezroq ko‘tariladi, chunki bu holda
suv ko‘proq nur energiyasini oladi. Shunday qilib, bu holda nur energiyasidan suv olgan
issiqlik energiyasining ulushi ko‘proq. Oqimning past tezliklarida quyosh kollektorining
bevosita chiqishidagi temperatura yuqori bo‘ladi.
2-rasm. Temperaturaning vaqtga bog‘liqlik grafigi
413
3-rasm. Temperaturaning vaqtga bog‘liqlik grafigi.(qora-sekin, qizil-o‘rtacha va yashil-
katta oqim tezliklaridagi alohida-alohida olingan grafiklar)
Vakuumli diod-ichida vakuum hosil qilingan, germetik yopiq ikki elektrodni o‘z ichiga
olgan shisha lampadan iborat, o‘zidan elektronlar chiqaradigan
termoelektrik katod va
anoddan iborat qurilma. Agar lampaning katodi va anodi orasiga yetarlicha kuchlanish
qo‘yilsa shu ikki qutb o‘rtasida elektr toki vujudga keladi. Katod elektr toki yordamida
qiziydigan simdan iborat bo‘lib u elektr kuchlanishi ta’sirida elektronlarni ajratib chiqaradi.
Qizigan katod o‘zidan elektronlarni chiqaradi(termoelektron emissiya). Agar anod
potensiali katod potensialiga nisbatan musbat bo‘lsa, elektronlar anodga tomon tezlanish
oladi va anod toki hosil bo‘ladi. Anod tokining qiymati, boshqa narsalardan tashqari, anod
va katod o‘rtasidagi kuchlanishga (anod kuchlanishi) bog‘liq bo‘ladi. Grafikdan ko‘rinadiki,
anod tokining anod kuchlanishiga bog‘lanishi Om qonuniga bo‘ysunmaydi. Tok kuchi
petensialalar ayirmasining o‘sishi bilan dastlab sekin, keyin tezroq so‘ngra yana sekin orta
borib, kuchlanishning biron qiymatidan boshlab o‘zgarmay qoladi. Shu vaqtda tok kuchi
to‘yinish to‘ki deb ataladi. Tokning to‘yinishiga sabab katod elektrodi o‘zidan elektronlarni
chiqarmay qoladi(4-rasm).
4-rasm. Kuchlanishining uch har xil qiymati U
1
, U
2
va U
3
lar uchun anod toki I
A
ning anod
kuchlanishi U
A
dan bog‘liqligi.
Hajmiy zaryadlarning chegaralash sohasi va to‘yinish sohasi aniq ajralib turibdi.
Qizdirish kuchlanishining kattaroq bo‘lishi to‘yinish tokining kattaroq bo‘lishiga olib keladi.
Bu esa to‘yinish tokining katoddan ajralib chiqayotgan elektronlar soniga tog‘ri
proportsional bo‘lish faktini tasdiqlaydi.
414
5-rasm. Hajmiy zaryadlarning chegaralash sohasi
Grafikdan hajmiy zaryadlarning chegaralash sohasi:
anod
kuchlanishi U
A
ning
funksiyasi sifatida ko‘rishimiz mumkin.. Anod tokining katod kuchlanishiga bog‘liqligini
Lengmyur-Chayld tenglamasi yordamida ifodalanadi:
U
A
yoki I
A
(2)
Lengmyur-Chayld tenglamasiga asosan natija to‘g‘ri chiziqdan iborat bo‘ladi. Anod
potensiali barcha hollarda katod potensialidan katta bo‘lishi zarur, aks holda dioddan tok
o‘tmay qoladi. Diodning bu xossasi elektr tokining faqat bir tomonga o‘tish imkonini beradi
va shu sababli o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka tog‘rilashda ishlatiladi.
Xulosa qilib aytganda laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayonida olingan
natijalarni grafikli dasturlardan foydalanish talabalarning fizikaviy jarayonlarni
tushunishga, tahlil qilishga, taqqoslashga hamda fizik hodisalarning mohiyatini yanada
chuqurroq anglashga imkon beradi. Qolaversa, talabalarning fizik dunyoqarashlarini
kengayishiga xizmat qiladi.