503
4. Бозорова И. Ж. ПРИНЯТИЕ РЕШЕНИЙ В СФЕРЕ ФИНАНСОВ В УСЛОВИЯХ
ЦИФРОВОЙ ТРАНСФОРМАЦИИ //Экономика и социум. – 2023. – №. 1-2 (104). – С. 603-
606.
5. Даминова Б. Э. СРАВНИТЕЛЬНЫЙ АНАЛИЗ
СОСТОЯНИЯ ОРГАНИЗАЦИИ
МНОГОУРОВНЕВЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ПРОЦЕССОВ //Экономика и социум. – 2023.
– №. 1-2 (104). – С. 611-614.
Yuldoshev I.A., Yaxshiyev G‘.O. Ijarada yashovchi talabalarning geoinformatsion tizimini
yaratish masalalari
IJARADA YASHOVCHI TALABALARNING GEOINFORMATSION TIZIMINI YARATISH
MASALALARI
I.A.Yuldoshev, G‘.O.Yaxshiyev
Qarshi DU
Yoshlar bilan ishlash tizimini
yangi darajaga olib chiqish, ularni ijtimoiy-huquqiy va
psixologik qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga o‘rgatish va bandligini ta’minlash ishlarini
samarali tashkil etish borasida respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalarida sezilarli
darajada ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, xotin-qizlar va yoshlarning ijtimoiy himoyaga
muhtoj, turmush sharoiti og‘ir, ishsiz va kasb-hunarga ega bo‘lmagan, huquqiy va ma’naviy-
psixologik qo‘llab-quvvatlashga zarurati bo‘lgan fuqarolarga davlat tomonidan manzilli
ko‘maklashish bo‘yicha mutlaqo yangicha tizim joriy qilindi [1, 2]. Shuningdek, so‘ngi
yillarda respublika oliy ta’lim muassasalarida ijarada va yaqin qarindoshlarning uyida
yashovchi talabalar bilan ishlash mavzusiga kunning dolzarb masalalaridan biri bo‘lib
qolmoqda. Bu borada talabalar yashash sharoiti va harakatlanishi monitoringini tahlil etish
borasida geoinformatsion tizim yaratish zaruriyati tug‘ilmoqda [3, 5].
Avvalo geoinformatsion tizim haqida so‘z
ketganda, har doim jismoniy obyektlarning
fazoviy yo‘nalishi yoki oddiy qilib aytganda, ularning geografik joylashuvi haqidagi bilimlar
insonlar uchun juda muhim bo‘lgan. Masalan, ibtidoiy ovchilar har doim o‘z o‘ljasining
joylashishini bilishgan va ularning hayoti yoki o‘limi bevosita ularning geografiya
bilimlariga bog‘liq bo‘lgan. Xuddi shunday, zamonaviy
jamiyat kim va qayerda
joylashganligi haqidagi ma’lumotlarga asoslanib yashaydi, ishlaydi va hamkorlik qiladi.
Xaritalar va koinot haqidagi ma’lumotlar ko‘rinishidagi amaliy geografiya kashfiyotlar
qilishga yordam berdi, savdo-sotiqni rivojlantirdi, kamida oxirgi 3000 yil davomida inson
hayoti xavfsizligini oshirdi va xaritalar bizning sivilizatsiyamiz tarixidan hikoya qiluvchi
hujjatlardan biriga aylandi [4].
Ko‘pincha, geografiya bo‘yicha bilimlarimiz kundalik ishlarga qo‘llaniladi, masalan,
notanish shaharda to‘g‘ri ko‘chani topish yoki ish joyimizga
eng qisqa yurish masofasini
hisoblash. Shuning uchun geoinformatsion tizim yaratish orqali isharada yashovchi
talabalarning yashash joyi statusi aniqlash bo‘yicha loyiha yaratish orqali uning modelini
qurish lozim.
Odatda geoinformatsion tizimning dasturiy ta’minotini ishlab chiqish olti bosqichdan
iborat [4]:
1. Geoinformatsion tizimning dasturiy ta’minoti talablarini
tahlil qilish;
2. Spetsifikatsiyalar ta’rifi;
3. Tizim dizayni tanlash;
4. Algoritmik tilni tanlash;
5. Dasturiy tizimni sinovdan o‘tkazish;
6. Foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatish masalari.