545
Energiya monitoring.
Sun’iy intellektga asoslangan monitoring tizimlari turbinalar va
generatorlarni kuzatib boradi, uskunaning ishdan chiqishi sabablarini aniqlaydi, quvurlar
va elektr tarmoqlari kabi aktivlarni nazorat qiladi va energiya talablarini aniq bashorat
qiladi.
Qishloq xo‘jaligi monitoringi tizimi.
Sun’iy intellektga asoslangan monitoring tizimlari
ekinlarning sog‘lig‘ini nazorat qiladi, tuproq namligini aniqlaydi, zararkunandalar hujumini
bashorat qilish uchun ob-havo sharoitlarini kuzatib boradi va ekish va yig‘ish jadvallarini
optimallashtiradi.[4]
Umumman olganda monitoring tizimlarida sun’iy intellektning qo‘llanilishi quyidagi
imkoniyatlarni beradi:
biznesdagi o‘zgacha holatlarni osongina aniqlash va biznes xatarlarini kamaytirish
bilan birga yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlarni oldindan aniqlash mumkin.
sun’iy intellektga asoslangan monitoring tizimi ma’lumotlarni himoya qilish
qoidalari va boshqa davlat slyosatlariga rioya qilish imkonini beradi, ma’lumotlar
buzilishini kamaytiradi.
maxsus sun’iy intellekt monitoringi tizimi o‘g‘irlik, firibgarlik, ortiqcha jarayonlar va
to‘liq foydalanilmagan resurslarni aniqlaydi, bu xarajatlarni tejash va foydani oshirishga
yordam beradi.
tahdidlarni aniqlashdan tortib tarixiy ma’lumotlarni tahlil qilish va kelajakdagi
natijalarni bashorat qilishgacha, sun’iy intellekt monitoring tizimi biznes uchun hamma
narsani avtomatlashtiradi.