• Ikkinchi bosqich dasturlashga tarkibiy yondashish
  • Qarshi davlat universiteti international scientific and practical conference on algorithms and current problems of programming




    Download 15,84 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet448/551
    Sana15.05.2024
    Hajmi15,84 Mb.
    #234763
    1   ...   444   445   446   447   448   449   450   451   ...   551
    Bog'liq
    Asosiy oxirgi 17.05.2023 18.20

    Birinchi bosqich
    — «stixiyali» dasturlash. Bu bosqich dastlabki hisoblash 
    mashinalarining paydo bo‘lishi paytidan boshlab, XX asrning 60-yillarigacha bo‘lgan davrni 
    qamrab oladi. Bu davrda tuzilgan texnologiyalar yo‘q bo‘lib, dasturlash asosan san’at 
    darajasida edi. Dastlabki dasturlar sodda tuzilishga ega bo‘lgan. Ular mashina tilidagi 
    dasturdan va u ishlov beradigan ma’lumotlardan iborat [2]. 
    Mashina kodlaridagi dasturlarning murakkabligi dasturchi- ning bir vaqtning o‘zida 


    541 
    bajarilayotgan operatsiyalarning ketma-ketligini va dasturlashdagi ma’lumotlarning 
    joylashishini fikran kuzatish qobiliyati bilan chegaralangan. 
    Assemblerning paydo bo‘lishi ikkilik yoki o‘n oltilik kodlar o‘rniga ma’lumotlarning 
    ramziy nomlari va operatsiyalar kodlarining mnemonikasidan foydalanish imkonini berdi. 
    Natijada dasturlar yanada «o‘qitiladigan» bo‘ldi. 
    XX asrning 60-yillari boshida «dasturlash inqirozi» yuz berdi. U operatsion tizimlar kabi 
    murakkab dasturiy ta’minotni ishlab chiqishga uringan firmalar loyihalarni tugallashning 
    barcha muddatlaridan kechikkan edi. Loyiha joriy etilishidan oldinroq eskirib qolar, uning 
    qiymati ortib borar va natijada ko‘pgina loyihalar shu tariqa tugallanmay qolib ketar edi. 
    Ikkinchi bosqich dasturlashga tarkibiy yondashish 
    (XX-asrning 60—70-yillari). 
    Dasturlashga tarkibiy yondashish
    dasturiy ta’minlashni ishlab chiqishning barcha 
    bosqichlarining bajarilishini qamrab oluvchi tavsiya etilayotgan texnologik usullar 
    majmuasidan iborat. Tarkibiy yondashish asosida uncha katta bo‘lmagan (40-50 
    operatorgacha) alohida kichik dasturlar ko‘rinishida keyingi amalga oshirish maqsadida 
    murakkab tizimlar 
    dekompozitsiyasi
    (qismlarga bo‘laklash) yotadi. Dekompozitsiya boshqa 
    tamoyillari (obyektli, mantiqiy va h.) ning paydo bo‘lishidan keyin ushbu usul protsedurali 
    dekompozitsiya deb ataladi. 
    Ilgariroq foydalanilgan dekompozitsiyaga protsedurali yondashishdan farqli ravishda 
    tarkibiy yondashish eng sodda tuzilishdagi kichik masalalar iyerarxiyasi ko‘rinishida 
    masalaning taqdim etilishini talab qilar edi. Loyihalashtirish, shu tariqa «quyidan 
    yuqoriga» amalga oshirilib, kichik dasturlar interfeyslarining ishlab chiqilishini ta’minlagan 
    holda umumiy g‘oyaning amalga oshirilishini ko‘zda tutgan edi. Bir vaqtning o‘zida 
    algoritmlar konstruksiyasiga cheklashlar kiritilar, ular ta’rifining formal modellari, 
    shuningdek, algoritmlarni loyihalashtirishning maxsus usuli — qadam-baqadam 
    detallashtirish usuli tavsiya etilgan edi. 
    Tarkibiy dasturlash tamoyillarini ta'minlash dasturlashning 
    protsedurali
    tillari asosiga 
    kiritilgan. Qoidaga ko‘ra, ular boshqaruvni uzatishning asosiy «tarkibiy» operatorlarini, 
    kichik dasturlar kiritilishi, lokallashtirish va ma’lumotlar sohasining «ko‘rinishliligi»ning 
    chegaralanishini ta’minlar edi. Bu guruhning eng ma’lum tillaridan PL/1, ALGOL-68, Pascal, 
    С ni misol qilib ko‘rsatish mumkin. 

    Download 15,84 Mb.
    1   ...   444   445   446   447   448   449   450   451   ...   551




    Download 15,84 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qarshi davlat universiteti international scientific and practical conference on algorithms and current problems of programming

    Download 15,84 Mb.
    Pdf ko'rish