542
foydalanish ko‘rsatkichi ancha oshadi va turli maqsadlarda qo‘llash uchun sinflar
kutubxonasini yaratish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Obyektli yondashishga asoslangan dasturlash texnologiyalarining jadal rivojlanishi ko‘p
muammolarni hal etishga yordam berdi. Shu tariqa vizual dasturlashni ta’minlovchi
muhitlar yaratildi. Masalan, Delphi, C++, Builder, Visual C++ va h.k. Vizual muhitdan
foydalanganda dasturchida maxsus kutubxona komponentlarini qo‘shish va sozlash vizual
vositalarini qo‘llagan holda ba’zi qismlarni loyihalashtirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Masa-
lan, bo‘lajak mahsulot interfeyslari muvofiq kodlar kiritilgan loyihalashtirish natijasidir.
Obyektli yondashishdan foydalanish ko‘p afzalliklarga ega, ammo uning Pascal va C++
kabi dasturlashning obyektli mo‘ljallangan tillarda aniq amalga oshirilishi sezilarli
kamchiliklarga ega:
1. Dasturlashning hatto bir tili doirasida obyektlar kompilyatsiyasining ikkilik
natijalarini joylashtirish standartlari mavjud emas: C++ ning turli kompilyatorlari orqali
olingan obyektlarning joylashtirilishi muammosidir. Bu yuqori darajadagi dasturlash bitta
tilining hamda, bitta kompilyatorning vositalari va imkoniyatlaridan foydalangan holda
dasturiy ta’minotni ishlab chiqish zaruratiga olib keladi. Demak, klasslarning
foydalaniladigan kutubxonalari boshlang‘ich kodlarining bo‘linishini talab qiladi.
2. Dasturiy obyektlardan birining amalga oshirilishining o‘zgartirilishi, kamida tegishli
modulning qayta kompilyatsiyalanishi va ushbu obyektdan foydalanuvchi butun dasturiy
ta’minlashni qayta joylashtjrish bilan bog‘liq.