537
Bugungi kunda yoshlarimizning sportga bo‘lgan qiziqishlari juda kuchli, ularning yoshlik
paytidan boshlab sog‘lom hayotga o‘rgatish asosiy masaladir. Maktabgacha ta’lim yoshidagi
bolalarga tonggi badantarbiya mashqlarini o‘rgatishda axborot texnologiyalarini qo‘llash
juda ham samarali vositadir. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning qiziqishlari va
ularning fikrlash qobiliyatlaridan kelib chiqib, ularning kundalik badantarbiya mashqlarini
mustaqil ravishda bajarishlari uchun mobil ilovalar yaratilishi ko‘pgina imkoniyatlarga olib
keladi. Bunday mobil ilovalar maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga kattalarning
yordamisiz tonggi badantarbiya va sportning ba’zi turlari bilan shug‘ullanish imkonini
beradi. Mobil ilova faqatgina bolani jismoniy tomondan o‘sishiga yordam berishi, balki
uning ma’naviy tomondan ham rag‘batlantirishni rejalashtiradi. Bunday ilovalar orqali biz
maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda Sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yish va ularni
mustaqil harakat qilishlariga yo‘l ochib beramiz va quyidagi imkoniyatlarni yaratamiz:
-
Bolalarning mustaqil ravishda mashqlarni bajara olishi;
-
Ilova bepul va oflayn rejimda ishlashi;
-
Bolaga mumkin bo‘lmagan ma’lumotlarning yo‘qligi;
-
Ilovada bola ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan rang va rasmlar jamlanmasi
mavjudligi;
-
Mashqlar bilan uydan chiqmagan holda shug‘ulla olishi;
-
Ilovadagi mashqlarni bajarish uchun ortiqcha buyumlar talab qilinmasligi;
Axborot texnologiyalarini bugungi kunda maktabgacha ta’limda qo‘llash bu ta’lim
tizimida balki oilalar hayotida ham muhim o‘rin kasb etadi. Yosh bolalarning o‘qituvchilar
va ota-onalar yordamisiz ham erta tongdan mashqlar bajarishi ajoyib holatdir. Hozirgi
kunda ota-onalarimiz farzandlariga kam vaqt ajratishadi.Bolalarga telefondan foydalanish
imkoniyatini berganimizda har xil keraksiz o‘yinlar o‘ynashadi. Biz bu o‘yinlarning o‘rnini
kerakli mobil ilovalarga almashtirishimiz zarur. Maktabgacha ta’lim muassasasida ham
axborot texnologiyalari orqali bolalarga tonggi badantarbiya mashqlarini o‘rgatish, bola
ruhiyati va atrofdagilar uchun ham juda samarali.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, axborot texnologiyalari ta’lim tizimida balki barcha
jabhada bizni qamrab oldi. Ta’lim tizimida axborot texnologiyalaridan foydalanishning
asosiy maqsadi, ta’lim tizimi samaradorligini oshirishdir. Kelgusi rejalarimizni mustaqil va
keng omma oldiga olib chiqish uchun ham axborot texnologiyalarini chuqur o‘rganishimiz
shart. Axborot texnologiyalari orqali maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga tonggi
badantarbiya mashqlarini o‘rgatish, bola ruhiyati va atrofdagilar uchun ham juda muhim.
Axborot texnologiyalaridan foydalanib ta’lim tizimi samaradorligini oshirish asosiy
maqsadlarimizdan biridir.