• Ijodiy fikrlash
  • Qarshi davlat universiteti international scientific and practical conference on algorithms and current problems of programming




    Download 15,84 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet441/551
    Sana15.05.2024
    Hajmi15,84 Mb.
    #234763
    1   ...   437   438   439   440   441   442   443   444   ...   551
    Bog'liq
    Asosiy oxirgi 17.05.2023 18.20

    , mustaqil 
    bilim olishni 
    individuallashtirish hamda distansion ta’lim tizimi texnologiyasi va 
    vositalarini ishlab chiqish va o‘zlashtirish” talab etiladi. [1] 
    O‘quvchilarga «ijodiy fikrlashni» o‘rgatish ularning «tasavvurini» rivojlantirishdan 
    boshlanadi. Hech qanday ijodiy mahsulot tasavvursiz bo‘la olmaydi degan edi L.S.Vigotskiy. 
    [2] 
    L. V. Zankov grafik vizuallashtirishdan foydalanishning talabalar tafakkurini 
    rivojlantirish va ularning nazariy bilimlarni egallashiga ta’sirini, vizuallashtirish va 
    o‘qituvchining so‘zlarini birlashtirish usullarini o‘rganib chiqdi va talabalarning aqliy 
    faoliyatini faollashtirish uchun ulardan eng samaralilarini aniqladi. 
    Zorina sxematik ko‘rinishni qo‘llash va talabalar bilimlarining tizimli tabiati o‘rtasidagi 
    bog‘liqlikni ochib berdi. N. S. Rojdestvenskiy va T. G. Ramsayeva sxemalar, jadvallardan 
    keng foydalanish, til materialini shrift, rang, maxsus piktogrammalar bilan ajratib 
    ko‘rsatish ta’limning barcha bosqichlarida va ayniqsa umumlashtirishda katta ahamiyatga 
    ega ekanligini o‘rganishdi. 
    Ta’lim jarayonida talabalarning ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish muammolari 
    xorijiy mamlakatlar olimlari tomonidan ko‘p vaqtlardan buyon o‘rganib kelingan, lekin ular 
    o‘z ilmiy-tadqiqot ishlarida auiditoriydan tashqari topshiriqlarda, jumladan mustaqil 
    ta’limni tashkil etish jarayonida ta’lim oluvchilarning tasavvur va nostandart fikrlashini 
    rivojlantirishda intellekt xaritadan foydalaniib vizuallashtirish o‘rganilmagan. 


    533 
    Ijodiy fikrlash
    – muammoning yechimini topish, yangi narsani yaratish maqsadidagi 
    fikrlashdir. Dj.Gilfordning fikricha, ijodiy fikrlash uchun yangilikni ko‘ra bilish va idrokning 
    moslashuvchanligi muhimdir. [3] 
    Intellekt xarita
    (aqliy xarita, bog‘lanish diagrammasi, fikrlar xaritasi, assotsiativ xarita, 
    aql xaritasi) — bu g‘oyalar, tushunchalar, ma’lumotlarni asosiy va ikkilamchi mavzulardan 
    tashkil topgan xarita sifatida taqdim etishning grafik usuli. 
    Mahalliy va xorijiy tajribalar shuni ko‘rsatadiki, talabalarning mustaqil ishlarini tashkil 
    etish o‘quv maqsadlarini yanada to‘liq amalga oshirishga, mutaxassis shaxsining kasbiy 
    ahamiyatga ega sifatlarini shakllantirishga va ta’lim tizimini har tomonlama innovatsion 
    rivojlantirishga qaratilgan. Binobarin, talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etishni 
    takomillashtirish, mustaqil ta’lim faoliyati ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘qituvchidan 
    uslubiy yordam va nazoratni ta’minlash, o‘quv materialini o‘zlashtirish jarayoni natijalarini 
    tahlil qilish usullarini topish, talabalarning mustaqil ishlash shakllarini diversifikatsiya 
    qilish. 
    F.A.Disterveg o‘quvchilarni aqliy kuchlarini rivojlantirish g‘oyasini ko‘rib chiqib, shuni 
    ta’kidlab: “Rivojlanish va ta’lim hech bir insonga berilishi va yetkazilishi mumkin emas. Har 
    kim bunga shaxsiy faoliyati bilan erishishi kerak. Inson o‘zining mustaqil yo‘l bilan 
    egallamagani - uniki hisoblanmaydi”, – deb fikr bildirgan. 
    Buyuk mutafakkirimiz Abdulla Avloniyning fikricha, - “Fikr tarbiyasi eng kerakli, ko‘p 
    zamonlardan taqdir (orzu) qilib kelingan, muallimlarning diqqatlariga suyalgan va 
    vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifadir. Fikr insonni sharofatlik, g‘ayratlik 
    bo‘lishiga sabab bo‘lur”- deb yozadi o‘zining “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida. Yana 
    shu asarida badan tarbiyasi bilan bir qatorda fikr tarbiyasiga ham alohida ahamiyat beradi. 
    Uning takidlashicha, fikr tarbiyasi “ muallimning yordamiga so‘ng darajada muxtojdir” va 
    inson hayotida muhim ahamiyatga ega: “Fikr agar yaxshi tarbiyat topsa, Xanjar olmosdan 
    bo‘lur o‘tkur. Fikrning oynasi olursa zang, Ruhiravshan zamir o‘lur benur” deb aytib 
    o‘tganlar. 
    L.V.Golish va D.M.Fayzullayevalar o‘zining olib borgan ilmiy tadqiqot ishlarida ta’lim 
    oluvchilar tomonidan mustaqil ishni bajarishda ularning faoliyati tizimida ko‘rsatilgan har 
    bir elementlarning muvaffaqiyatli rejalashtirish, tashkillashtirish, monitoring va baholash 
    zarur ekanligini asoslab berishgan. M.Barakayevning ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlarini 
    o‘rganib, “Mustaqil ta’lim – ta’lim tizimida ta’limning shunday bir shaklidirki, bunda 
    talabalarning o‘quv faoliyati pedagog tomonidan boshqarilib, topshiriqlar beriladi
    maslahatlar uyushtiriladi va bajarilishi nazorat qilinadi” deb ta’kidlaydi.[4] 
    Oliy ta’lim muassasasi ishchi dasturi(sillabus)da auditoriyadan tashqari vaqtda 
    bajariladigan mustaqil ishlar quyidagi turlarda amalga oshirilishi tavsiya etiladi: 
    - esse – dolzarb mavzu bo‘yicha shaxsiy fikrini tanqid, publitsistik va boshqa janrlarda 
    yozma bayon qilish; 
    - dokladlar tayyorlash; 
    - kurs ishi yozish; 
    - konspekt yozish; 
    - glossariy tuzish; 
    - individual va guruhiy o‘quv loyihasi; 
    - keys-topshiriqlarini bajarish; 
    - mavzuli portfoliolar tuzish; 
    - axborot-tahliliy materiallar bilan ishlash; 
    - manbalar bilan ishlash; 
    - infografika tuzish; 
    - chizma-tasviriy modellar (intellekt-kart, freym, mantiqiy graf va h.k.) yaratish; 
    - multimediali taqdimotlar yaratish
    - darslarning metodik ishlanmalarini tayyorlash; 


    534 
    - darsdan tashqari mashg‘ulotlar ishlanmalarini tayyorlash; 
    - ta’lim yo‘nalishi(mutaxassislik)ning xususiyatidan kelib chiqqan holda mustaqil 
    ishlarning boshqa turlaridan foydalanish mumkin. 
    Mustaqil topshiriqlarni tashkil etishda intellekt xarita(chizma-tasviriy modellar)dan 
    foydalanish talabalarning mantiqiy fikrlash, tasavvurni rivojlarish, IT texnologiylarga 
    qiziqishini ortishi hamda ma’lumotlarni vizuallashtirish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Bu 
    esa talabalarning ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini oshiradi. 
    Informatikada kompyuter savodxonligini oshirish uchun foydalanuvchi ko‘proq 
    “Kompyuter dasturlari”dan foydalanadi. Kompyuter dasturlarini talab quyidagi 
    ko‘rinishdagi intellekt xarita yordamida ifodalab bersa uning bu mavzuni mukammal 
    darajada o‘zlashtirganini anglashimiz mumkin. Chunki mavzuni “Intellekt xarita” 
    metodidan foydalanishi talabaning tasavvur qilish qobiliyatini oshirib ijodkorlikka 
    undaydi. 
    Quyida biz “Amaliy dasturlar va ulardan foydalanish” mavzusidan mustaqil ta’lim tashkil 
    etishda axborotlani qabul qilishini “Ms Office dasturlari” nomli intellekt xaritamizni taqdim 
    etish orqali inson ko‘rish orqali ijodiy fikrlash ko‘nikmasini shakllantirishi va tasavvur 
    qilishini keltirib o‘tamiz. 
    Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, talabalar mustaqil ta’lim topshiriqlarni intellekt 
    xaritalar yordamida topshirishi tashkil etishi ularning tasvvur qilish qobiliyatini hamda 
    ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Chunki intellekt xarita: 
    -
    Muammoga aniqlik kiritadi
    -
    Muammoni yechish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni tartibga soladi; 


    535 
    -
    Vaziyatni to‘la tasavvur qilishga va tasvirlashga yordam beradi; 
    -
    Barcha zarur ma’lumotlarni saqlash vositasiga aylanadi; 
    -
    G‘ayrioddiy yechimlarni rag‘batlantiradi.[5] 

    Download 15,84 Mb.
    1   ...   437   438   439   440   441   442   443   444   ...   551




    Download 15,84 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qarshi davlat universiteti international scientific and practical conference on algorithms and current problems of programming

    Download 15,84 Mb.
    Pdf ko'rish