591
Ta’lim jarayonida Google Classroom platformasidan foydalanish o‘quv mazmunini
yangicha
yondashishga, pedagogik usullarni rivojlantirishga, raqamlashtirilgan o‘qitish
tizimini joriy etishga hamda, masofaviy o‘qitishni tashkil etishga yordam beradi.
Google texnologiyasining asosiy imkoniyatlari ta’lim oluvchilarni iste’molchi
sifatida
emas, balki ularni faol ijodkor ishtirokchisi sifatida pedagogik jarayonning markazida
bo‘lishiga yordam beradi. Google ilovalariga Internetga ulangan har qanday brauzerdan
kirish, ko‘plab dasturlar xizmatlaridan fodalanishni taqdim etadi.
Hozirgi kunda ta’lim sohasida keng foydalaniladigan Google ilovalar quyidagilar:
Shuningdek, ko‘plab Google ilovalari ta’lim jarayonida foydalanib kelinmoqda: Google
Assistant, Google tarjimon, Google gruhlar,
Google kalendar, Google taqdimot, Google
chizmalar, Google jadval, Google Forms, Google Jambord va h.k.
Ta’limda Google xizmatlaridan foydalanishning asosiy afzalliklari:
• Texnik ta’minotga minimal talablar (birgina talab − Internet tarmog‘iga ulanish);
• Google texnologiyasi maxsus dasturlarni sotib olish va ularga xizmat ko‘rsatish
xarajatlarini
talab qilmaydi;
• Google barcha operatsion tizimlar va mijoz dasturlarini qo‘llab quvvatlaydi;
• Googlening barcha ilovalari bepul;
Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo‘yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va
jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir.
Qisqa vaqt
orasida muayyan nazariy bilimlarni o‘quvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat
yuzasidan ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek ta’lim oluvchilar faoliyatini
sezirarli darajada
yuqori natijalarga erishish, ular tomonidan egallagan bilim, malakalar
darajasini baholash o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahoratni talab etadi.