• O‘QUV JARAYONIDA GOOGLE CLASSROOM PLATFORMASINING IMKONIYATLARI Maxmudova Maloxat Axmatovna
  • Husanova Muslima Lutfullayevna Navoiy davlat pedagogika institutni magistranti E-mail: muslikhusanova95@gmail.com Tel:+998 90 665-10-19
  • Kalit so‘zlar: Google Classroom, online ta’lim, axborot texnologiyalar, LMS, Google, E- learning. vosita, samaradorlik, texnologiya, tizim, interfaol.
  • Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati




    Download 15,84 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet482/551
    Sana15.05.2024
    Hajmi15,84 Mb.
    #234763
    1   ...   478   479   480   481   482   483   484   485   ...   551
    Bog'liq
    Asosiy oxirgi 17.05.2023 18.20

    Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 
    1. Nishonaliyev U.N. Yangi pedagogik va axborot texnologiyalari: muammolar, yechimlar 
    // Pedagogik ta’lim. – Toshkent, 2001. – № 3. 
    2. Buga P., Karpov B. Texnologiya obucheniya v visshey shkole // Vestnik visshey shkoli. 
    – 1991. – № 11. – S. 19. 
    3. Abdullayeva K.M. Maxsus fanlarni o‘qitish jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy 
    bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishning metodik asoslari: p.f.n. ... dissertatsiya. – 
    Toshkent, 2006. – 86 b. 
    Maxmudova M.A., Husanova M.L. O‘quv jarayonida Google Classroom platformasining 
    imkoniyatlari 
    O‘QUV JARAYONIDA GOOGLE CLASSROOM PLATFORMASINING IMKONIYATLARI 
     
    Maxmudova Maloxat Axmatovna 
    Informatika kafedrasi, (PhD) Katta o‘qituvchi,
    Navoiy davlat pedagogika instituti 
    E-mail: maloxat_1977@mail.ru 
    tel. +99891-309-52-77 
    Husanova Muslima Lutfullayevna 
    Navoiy davlat pedagogika institutni magistranti 
    E-mail: muslikhusanova95@gmail.com 
    Tel:+998 90 665-10-19 
     
    Annotatsiya. 
    Ushbu maqolada o‘quv jarayonida Google Classroom platformasidan 
    foydalanish usullari
     
    va imkoniyatlari
     
    haqidagi ma’lumotlar yoritilgan. Bugungi ta’lim 
    tizimida innovatsion va pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali ta’lim sifatini, dars 
    samaradorligi oshishida eng yaxshi ko‘makchi vosita sifatida Google Classroom platformasi 
    hisoblanadi. 
    Kalit so‘zlar:
    Google Classroom, online ta’lim, axborot texnologiyalar, LMS, Google, E-
    learning. vosita, samaradorlik, texnologiya, tizim, interfaol.
     
    Bugungi shiddat bilan kirib kelayotgan raqamlashtirilgan jamiyatda o‘quv jarayoniga 
    zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish imkoniyati va zarurligini, shuningdek, 
    o‘qituvchilar o‘quv jarayonida ulardan foydalanishda metodik tayyorgarlik xolatlari tahlili 
    olib borilmoqda. 
    O‘zbekiston Respublikasida ta’lim jarayonini tizimili isloh qilishning ustuvor 
    yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega


    590 
    mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi 
    bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga 
    asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida 
    O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi 
    qabul qilindi. 
    Unda Ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish 
    bo‘yicha quyidagi tadbirlar amalga oshirish nazarda tutilgan: 

    zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ta’lim texnologiyalarining 
    mustahkam integratsiyasini ta’minlash, bu borada pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini 
    uzluksiz rivojlantirib borish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish; 

    ta’lim jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida individuallashtirish, masofaviy 
    ta’lim xizmatlarini rivojlantirish, vebinar, onlayn, «blended learning», «flipped classroom» 
    texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish

    zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida masofaviy ta’lim 
    dasturlarini tashkil etish; 

    ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar, seminarlarni onlayn kuzatish va o‘zlashtirish 
    imkonini beruvchi, shuningdek ularni elektron axborot saqlovchilarga yuklovchi «E-
    MINBAR» platformasini amaliyotga joriy etish, ta’lim jarayonlarida «bulutli 
    texnologiyalar»dan foydalanish. 
    Demak, ta’lim tizimida zamonaviy texnologiyalar asosida o‘qitishni sifat va 
    samaradorligini orttirishga, elektron ta’lim muhitidan foydalanib interaktiv tizimlarini 
    joriy etish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi. Axborot-texnologiyalar 
    barcha sohalarda shiddat bilan rivojlanib borishi natijasida axborotlashgan ma’lumotlar 
    almashinuvi optimallashib borimoqda. Shuningdek, ta’limning noan’anaviy tizimlashgan 
    shakli sifatida ta’lim jarayonining interaktiv texnologiyalar asosida tashkillashtirish 
    imkoniyatlari ortib bormoqda. 
    Rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, ta’lim jarayoniga “bulutli 
    hisoblash”ni joriy etish ta’limni raqamlashtirish muammolarini bartaraf etishga yordam 
    beradi. Hozirgi kunda ta’lim jarayonida keng ommalashib borayotgan “bulutli hisoblash” 
    atamasi IT sohasida 2008 yildan boshlab foydalanib kelinmoqda. Bunday 
    texnologiyalardan o‘quv jarayonida foydalanish ta’lim oluvchilarni IT sohasidagi bilimlarini 
    yuqori darajaga ko‘tarishda va ta’lim sifatini oshirishda yaxshi vosita hisoblanadi. 
    Ta’limni raqamlashtirish jarayonida “Teskari ta’lim”, “Aralash ta’lim” texnologiyasi 
    elementlarini Google Classroom imkoniyatlaridan samarali foydalanish orqali o‘quv 
    jarayonini faollashrishga, ta’lim oluvchilarni bilim, malaka va ko‘nikmalarini 
    rivojlantirishga imkon beradi. Ta’lim jarayonida o‘z-o‘zini o‘qitish makonini tashkil 
    qilishning samarali vositalaridan biri LMS – Learning Management System (ta’limni 
    boshqarish tizimi)ning imkoniyatlaridan foydalanishdir. Ko‘pgina LMSlar orasida keng 
    qo‘llaniladigan kontentlardan biri Google Classroomdir. Google Classroom – o‘quv 
    jarayonini tashkil qilishdagi bulutli platformadir. Platforma o‘qituvchi va o‘quvchi 
    (talaba)lar hamkorligiga asoslangan ta’lim jarayonini samarali tashkil qilish imkoniyatini 
    beradi. 

    Download 15,84 Mb.
    1   ...   478   479   480   481   482   483   484   485   ...   551




    Download 15,84 Mb.
    Pdf ko'rish