602
Abctract:
The article considers the main tasks and effectiveness of teaching the basics of
programming using non-traditional technologies.
Key words:
modern learning technologies, interactive technologies, interactive teaching
aids, non-traditional methods of learning the basics of programming, efficiency.
Bugungi kunda ta’lim tizimida dasturlash asoslari yuzasidan bilim va malakalarni
shakllantirish va uni rivojlantirish, mazkur jarayonga nisbatan tizimli, kompleks
yondashuvni taqozo etadi. Bo‘lajak kadrlarning chuqur bilimga, samarali faoliyat yurita
olish mahoratiga ega bo‘lishi ma’lum fan asoslari borasida unda yetarli nazariy hamda
amaliy bilimlarning, ta’lim jarayonida yangi innovatsion texnologiyalaridan unumli
foydalanish malakasining qanchalik shakllanganligiga bog‘liqdir. Dasturlash asoslarini
o‘rganish bo‘yicha mashg‘ulotlarni noan’anaviy texnologiyalar yordamida tashkil etishdan
asosiy maqsad - talabalarni axborot va jamiyat, axborot texnologiyalari va tizimlari,
ularning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati, kompyuterlarga xizmat ko‘rsatish, tamoyil va
uslublari bilan chuqur hamda har tomonlama amaliy jihatdan tanishtirishdan va
noan’anaviy usullardan foydalanish bilan bog‘liqdir. Biz quyida dasturlash asoslarini
o‘qitish jarayonida qo‘llash mumkin bo‘lgan ba’zi bir texnologiyalami bayon etishga
harakat qilamiz.