585
-rassom, adabiy va badiiy muxarrir, dizayner (bezakchi).
Keyin har bir guruh, vakili
o‘qituvchi stolidan topshiriqlar yozilgan kartochkalar ichidan bittasini tanlab oladi.
Topshiriqlar quyidagicha bo‘lishi mumkin:
- devoriy gazeta (biron mavzuga, bayramga yoki yubileyga bag‘ishlangan yoki hazil-
mutoyibali, satirik yoki o‘quv fani yoki gurux faoliyatiga bag‘ishlangan yoki monitoring
ekrani kabi)
eskizini tayyorlash;
- bayram (yoki biror-bir tadbir)ga chorlovchi afishaning (masalan, e’lon, tashviqot,
taklifnoma) eskizini
tayyorlash;
- turli tadbirlar (masalan, bayram)ga bag‘ishlangan taklifnoma pattalarining eskizi va
maketini tayyorlash;
- tabrik otkritkalarining maketlarini tayyorlash;
- biror tadbir o‘tkaziladigan joyni bezatish eskizlarini tayyorlash;
- ikebana tayyorlash.
Kichik guruxlarga topshiriqni bajarib taqdimot qilishlari uchun tayyorlanishlariga 30
daqiqa vaqt beriladi. Tayyorgarlik vaqti tugagach, taqdimot boshlanadi. Taqdimot vaqtida
guruhlar o‘zlari tayyorlagan eskiz va maketlari bilan barchani tanishtiradilar,
namoyish
etadilar va asoslaydilar, jamoaviy ijodiy faoliyatdagi o‘z variantlarini himoya qiladilar.
Taqdimot tugagach, umumiy muhokama boshlanadi. Muhokama jarayonida talaba (yoki
o‘quvchi)lar bezatilgan, tayyorlangan ishlarga tegishli
talablarni aniqlaydilar,
o‘qituvchining o‘zi yoki alohida tuzilgan ijodiy gurux, esa talabalar tomonidan bildirilgan
fikr va takliflarni maxsus xona taxtasiga yoki vatman kog‘oziga yozib boradi.
Mashg‘ulot oxirida o‘qituvchi talaba (yoki o‘quvchi)larga yuqorida berilgan turli
topshiriqlar bo‘yicha bir necha namunaviy eskizlardan tarqatadi.
Quyida “