Qarshi davlat universiteti international scientific and practical conference on algorithms and current problems of programming




Download 15,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet481/551
Sana15.05.2024
Hajmi15,84 Mb.
#234763
1   ...   477   478   479   480   481   482   483   484   ...   551
Bog'liq
Asosiy oxirgi 17.05.2023 18.20

Kalit so‘zlar:
ta’lim, axborot texnologiyalar, samaradorlik, texnologiya, tizim, interfaol, 
elektron ta’lim muhiti.
 
Bugungi kunda talabalarning mustaqil o‘quv faolligini shakllantirishning yagona usuli
ularning mustaqil o‘quv faoliyat bilan shug‘ullanishlarini tashkil etish va boshqarish 
hisoblanadi. Talabalarning ijodiy tayyorgarlik jarayonida mustaqil ta’limni tashkil yetish 
uzluksiz va uzviy amalga oshirilmog‘i lozim. Ta’lim jarayonida kompyuter texnologiyasidan 
foydalanish o‘qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyasi hisoblanib, bunda kompyuter 
yordamida ta’lim jarayonini turli usullarda tashkil qilish va talabalarning ko‘p holatlarini 
nazorat qilish mumkin bo‘ladi. 
Kompyuter texnologiyasidan foydalanib, oliy o‘quv yurtlarida ta’lim jarayonini tashkil 
qilish mobaynida turli axborotlarni yig‘ish va ularni qayta ishlash, zarur bo‘lganda kerakli 
ma’lumotlarni olish bilan talabalarni mustaqil ishlarini nazorat qilish imkonini beradi. 
Kompyuter yordamida nazorat qilinadigan parametrlar to‘plami keng bo‘lib, ulardan 
asosiylari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: 
- talabaning ma’lum bir vazifani bajarishda sarflagan vaqtini nazorat qilish; 
- savollarga talaba tomonidan berilgan javoblarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini tezlikda 
aniqlash; 
- savollarga javob berishda talabaning qo‘shimcha imkoniyatlariga va o‘tilgan 
mavzularga murojaatini aniqlash; 
-berilgan vazifani necha marta uringanliklarini aniqlash. 
Mustaqil ta’lim olish texnologiyasi o‘quv – tarbiya jarayoniga tayanadi. Optimal o‘quv 
jarayonida mustaqillik, erkinlik va ijodkorlik yaxshi rivojlanadi. Bunday sharoitda muhim 
intellektual ko‘nikmalar shakllanishi kerak. Ulardan eng asosiysi mustaqil o‘qish 
ko‘nikmasidir. Har qanday ta’lim oluvchi mustaqil ta’lim materiallaridan yaxshi 
foydalanishni bilavermaydilar. Shu bois o‘qituvchi oldida mas’ul vazifa turadi: qisqa 


588 
muddat ichida ta’lim oluvchini o‘tilgan dars mazmuni va vazifalarni mustaqil tushunishga, 
zaruriy axborotni tanlay bilish, baholash, taqqoslash, tahlil etish, muammoli vaziyatni hal 
etishga o‘rgatish lozim. 
Ta’limning samaradorligini oshirish va bilimlarni to‘la egallashlariga erishish, shaxsning 
ta’lim diqqat markazida bo‘lishini va yoshlarning mustaqil bilim olishlarini ta’minlash 
uchun ta’lim muassasalariga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan va o‘z sohasidagi bilimlarni 
mustahkam egallashdan tashqari zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, interfaol usullarni 
biladigan, ulardan o‘quv va tarbiyaviy mashg‘ulotlarni tashkil etishda foydalana oladigan 
o‘qituvchilar kerak. 
Ta’lim tizimida fanlarni o‘qitishda elektron ta’lim resurslaridan samarali foydalanish 
uchun ma’lumotlar va bilimlar bazasini shakllantirish talab etiladi. Ta’lim mazmunini 
bosqichma-bosqich o‘zgartirib borish dolzarb masalalardan biri bo‘lib, elektron interfaol va 
multimedia majmualarining yangi avlodini ishlab chiqish hamda ulardan samarali 
foydalanish metodikalarini ta’minlash, shuningdek mustaqil bilim olishning yangi 
vositalarini ishlab chiqish va tarmoq texnologiyalari asosida o‘qitishning didaktik 
imkoniyatlaridan foydalanish davr talabi bo‘lib qolmoqda. 
O‘qituvchilar uchun axborot kommunikatsiya texnologiyalarining asosiy afzalliklari 
talabalar ishini samarali boshqarish, saqlash va olib borish hamda vaqtni tejashdan iborat. 
Vaqtni tejash mashg‘ulotlarga yaxshi tayyorlanish imkonini beradi. O‘qituvchilar axborot 
kommunikatsiya texnologiyalarining resurslaridan foydalangan holda nafaqat o‘z 
bilimlarini yangilaydilar, balki nazariy bilimlarini ham orttirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 
Fanlar bo‘yicha talabalar mustaqil ishini tashkil etishda talabaning akademik 
o‘zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish 
mumkin: 
- fanning ayrim mavzularini o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish, o‘quv 
manbalari bilan ishlash; 
- seminar mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rib borish; 
- belgilangan mavzular bo‘yicha ishlanmalar tayyorlash; 
- testlar yechish; 
- amaliyotdagi mavjud muammoning yechimini topish bo‘yicha keyslar yechish; 
- munozarali savollar va topshiriqlarga tayyorgarlik ko‘rish; 
- ko‘rgazmali vositalar tayyorlash
- axborot resurs markazida belgilangan mavzular bo‘yicha nazariy, amaliy va statistik 
ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va muayyan tizimga solish; 
- belgilangan mavzular bo‘yicha zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida taqdimot 
materiallari tayyorlash; 
- talabalar yotoqxonasidagi ma’naviyat xonasi, kutubxona, zamonaviy axborot 
texnologiyalar markazi imkoniyatlaridan foydalanilgan holda mustaqil o‘qish jarayonlarida 
ishtirok etish. 
Mustaqil ta’lim — o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirish, murakkablik darajasi turlicha 
bo‘lgan topshiriqlar, amaliy vazifalarni auditoriyada hamda auditoriyadan tashqarida ijodiy 
va mustaqil bajarish asosida nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga 
qaratilgan tizimli faoliyatdir. Mustaqil ishlar didaktik maqsadi, vazifasi, murakkablik 
darajasi, kimga (individual yoki jamoa uchun) mo‘ljallanganligiga qarab, bir-biridan farq 
qiladi. Mustaqil ta’lim jarayonida tanlangan mavzularning ilmiyligi, tizimliligi hamda o‘quv 
materiallarining qiziqarliligi, amaliyot bilan bog‘liqligi, fanlararo aloqadorligi, shuningdek 
beriladigan mustaqil ishlar va topshiriqlarning ijodiy xarakterga egaligi muhimdir. 
Talabalarning faol mustaqil ishi faqat jiddiy va mustahkam asoslargagina tayanadi. Eng 
kuchli asoslovchi omil - bu keyingi samarali kasbiy faoliyatga tayyorgarlikdir. 
Yaxshi tayyorgarlikka ega bo‘lgan iqtidorli talabalar ijodiy va izlanish xususiyatiga ega 
bo‘lgan murakkab topshiriqlarni bajaradilar. Kamroq tayyorgarlikka ega bo‘lgan talabalar, 


589 
soddaroq topshiriqlarni bajaradilar, biroq shunga qaramay, topshiriqlar ustida ishlash 
ularga umumiy masalani hal etishda guruh bilan birga ishlashga imkon beradi. 
Talabalarning mustaqil ta’lim olishlarini muvaffaqiyatli tashkil etish uchun fanni 
o‘rganishda uslubiy qo‘llanmalar zarur bo‘ladi. Uslubiy qo‘llanmalarda ishning batafsil 
algoritmi, muammoli bahslar uchun mavzular, mustaqil o‘rganish uchun adabiyotlar, 
topshiriqlar, kompyuter test va taqdimotlarni bajarish bo‘yicha maslahatlar, o‘z-o‘zini 
nazorat qilish uchun savol va testlar keltirilgan nazariy material, amaliy vazifalar, glossariy 
va h.k.lardan iborat bo‘lishi kerak. 
Zamonaviy axborot texnologiyalari talabalarga axborotni noan’anaviy manbalariga 
murojaat qilish imkoniyatini ochib beradi. Mustaqil ishlari samaradorligini oshiradi va 
ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanishlari uchun keng imkoniyat beradi. Bundan tashqari 
telekommunikatsiya 
tarmoqlaridan 
foydalanishga 
asoslangan 
yangi 
axborot 
texnologiyalarini qo‘llash natijasida talabalar o‘zini axborot bilan ta’minlanganlik 
darajalarini oshiribgina qolmay, balki deyarli butun dunyodagi hamkasblar bilan muloqot 
qilishdek ajoyib imkoniyatga ega bo‘ladi. 

Download 15,84 Mb.
1   ...   477   478   479   480   481   482   483   484   ...   551




Download 15,84 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qarshi davlat universiteti international scientific and practical conference on algorithms and current problems of programming

Download 15,84 Mb.
Pdf ko'rish