619
Sifatni nazorat qilish boʼlimi boshligʼi bichiqlarni bichuv sexiga olib tushib, aniqlangan
nuqsonlarni aytganida, bichuv sexi sifat nazoratchisi bichiqlarni tajriba sexidan berilgan
andozalar asosida tayyorlangani va ularning xatosi emasligini aytdi. Shundan soʼng,
bichiqlar tajriba sexiga olib kelinib, yuzaga kelgan muammolar aytildi.
Keys topshirigʼi. Yangi tikilayotgan kuylaklardagi mavjud muammolarni yuzaga
keltirgan sabablarni aniqlang. Ushbu vaziyatda 3- ta muammoni yechimini qanday hal
etgan boʼlar edingiz?
Mavzu yuzasidan amaliyotchilarga beriladigan koʼrsatmalar:
1. Keys (muammo) bilan tanishing.
2. Muammoning dolzarbligini baholang.
3. Muammoni yechish uchun barcha holatlarni oʼrganing, muqobil variyatlarni tahlil
qiling.
4. Keys (muammo)ni samarali yechish yoʼllarini aniqlang.
5. Keys (muammo)ning samarali yechimini kafolatlovchi farazlarni shaklantiring
6. Keys bilan ishlash natijalarini taqdimot yoki yozma axborot shaklida tayyorlang.
Mustaqil ta’limda Keys-stadidan unumli foydalanish talabalarni fikrlash va tahlil qilish
ko‘nikmasini shakllantirib, turli-tumanlik nuqtai nazarni hisobga olish hamda o‘z fikrini
asoslab berishga, tahliliy va baholash malakalarini takomillashtirishga hamda qo‘yilgan
muammoning eng ratsional yechimini topishga o‘rgatadi.
Har bir mustaqil ish mavzusi bo‘yicha o‘rganiladigan ma’lumotlarni ishlab chiqarish
muammolari bilan bogʼliq boʼlgan keys topshiriqlari asosida organish orqali, bolajak
mutaxasislarning muhandislik sifatlarini shakllantirishga imkon yaratiladi, ishlab chiqarish
muhitida muammolarni mustaqil yechish, qaror qabul qilish, oʼz fikrini bayon qilish hamda
asoslash kabi eng muhim kasbiy sifatlari rivojlanadi.
Talabalar mustaqil ishining samarali bo‘lishi fan o‘qituvchisining mustaqil ishni tashkil
etish bo‘yicha tavsiya etadigan metodlar, usullar va har bir mavzuni o‘rganish bo‘yicha
o‘quv-uslubiy ta’minot materiallarining qay darajada ishlab chiqilganiga bog‘liq. O‘qituvchi
mustaqil ishlarining shakli va hajmini belgilashda talabalarning o‘qish bosqichi, muayyan
fanning o‘ziga xos xususiyati va o‘zlashtirishdagi qiyinchilik darajasi, talabalarning
qobiliyati hamda nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasi, fanning axborot manbalari bilan
ta’minlanganlik holati, talabaning axborot manbalari bilan ishlay olish darajasini e’tiborga
olishi zarur. Shuningdek, fan o‘qituvchisining talaba tomonidan mustaqil ta’limni
belgilangan reja asosida bajarilishi ustidan nazorat olib borishi, zarur hollarda mustaqil
ishni bajarish yuzasidan talabaga maslahatlar berishi, yo‘l-yoriqlar ko‘rsatishi mavzu
mazmunini talabalar tomonidan samarali o‘zlashtirilishini hamda mustaqil ta’lim sifatini
mahsuldol bo‘lishini ta’minlaydi.
Xulosa qilib aytganda, oliy ta’lim tizimida mustaqil ta’limni fan mazmuni va
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda didaktik, o‘quv-uslubiy jihatdan zamonaviy
yondashuvlar asosida tashkil etish - bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy bilimlarini
rivojlantirishga, ularning malakali mutaxassis sifatida shakllanishiga zamin yaratadi.