614
texnologiyalaridan foydalanishga bag‘ishlangan bir qator fundamental tadqiqotlar paydo
bo‘ladi. Bizni OTM larimiz o‘quv jarayoniga ta'limning barcha shakllari (kunduzgi, sirtqi va
kechki) bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etish uchun elektron ta'lim va MOODLE
platformalarini joriy qila boshladilar.
Ta'limni modernizatsiya qilish va axborotlashtirishning asosiy o‘zgarishlari, xususan,
lingvistik ta'limni modernizatsiya qilishga ta'sir ko‘rsatdi. So‘nggi
yillarda xorijiy tillarni
o‘qitish boyicha olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari paydo bo‘lib bormoqda, unda mualliflar
tilning aspektlarini, nutq faoliyati turlarini o‘qitish usullarini, shuningdek innovatsion
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida ijtimoiy-madaniy va madaniyatlararo
kompetentsiyalarni shakllantirishni ishlab chiqdilar.
2023 yil 22 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida
raqamlashtirish bo‘yicha 2023-yilgi vazifalar va rejalarga bag‘ishlangan videoselektor
yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Davlatimiz rahbari yoshlarni ITga o‘qitish, ularga ishlashi uchun
sharoit va mahsuloti uchun bozor yaratish zarurligini ta’kidladi.
Shuningdek, har bir
oliygoh bitiruvchilari o‘z yo‘nalishlaridagi IT dasturlarda ishlashni o‘rganishi kerakligini
qayd etildi. Misol uchun, qurilish loyihalari uchun chizmalar chizish, smetalar tuzish,
infratuzilmani yaratish ixtisoslashtirilgan dasturlar asosida 1-2 oyda yakuniga yetkazish
mumkin. Xorijda yoshlar bunday dasturlarni oliygohda o‘rganib chiqishi ko‘rsatib o‘tildi.
Shu munosabat bilan Oliy ta’lim va Raqamlashtirish vazirliklariga:
– qurilish,
geologiya,
mashinasozlik, transport kabi yo‘nalishlarda muhandis-
texnologlarni tayyorlash uchun zamonaviy dasturiy mahsulotlarni o‘rganib, yangi o‘quv
yilidan oliygohlarda joriy qilish;
– IT park va uning filiallarini bunday oliygohlarga bog‘lab, o‘qituvchi va talabalarni yangi
dasturlarda ishlashga o‘rgatish topshirildi. Shu munosabat bilan aynan xorijiy tilni
o‘rganishda ham axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish dolzarb masala
bo‘lib turmoqda. Aynan qurilish, geologiya, mashinasozlik, transport kabi yo‘nalishlarda
muhandis-texnologlarni tayyorlash uchun zamonaviy dasturiy mahsulotlarni o‘rganish
uchun xorijiy tilni mustaqil o‘rganib borish maqsadga muvofiqdir. Bo‘lajak mutaxassislar
AKT texnologiyalaridan foydalangan holda, xususan mobil texnologiyalar yordamida xorijiy
tilni o‘rganib borishi jaxon mexnat bozorida bemalol raqobatlasha oladigan kadr bo‘lib
yetishihsiga asos bo‘la oladi.
Hozirgi vaqtda mobil texnologiyalar yordamida chet tilini o‘rganish usuli yangi
innovatsion vositalaridan biridir. Mobil texnologiyalar deganda mobil ilovalar va
Internetga ulangan ko‘chma qurilmalar tushunilishi kerak, bu o‘rganuvchilarga istalgan
vaqtda istalgan joyda o‘quv va axborot-ma'lumot materiallaridan foydalanish imkoniyatini
beradi, shuningdek, chet tilidagi kommunikativ kompetentsiya
jihatlarini shakllantirish
maqsadida o‘quv jarayoni ishtirokchilari (talabalar va o‘qituvchilar) o‘rtasida tarmoq
aloqasini tashkil qiladi.
Ilmiy ishlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, xorijiy tilni o‘qitish bo‘yicha bir qancha muammolar
o‘rganilmaganligini ko‘rsatdi [2]:
1) chet tilini o‘qitish metodikasiga nisbatan mobil texnologiyalarning didaktik
xususiyatlari, didaktik funktsiyalari va uslubiy funktsiyalari o‘rganilmagan;
2) mobil texnologiyalar asosida shakllantirilgan nomutaxassis talabalar uchun nutq
qobiliyatlari va til ko‘nikmalarining nomenklaturasi aniqlanmagan;
3) mobil texnologiyalar asosida chet tilini o‘qitishning psixologik va pedagogik shartlari
aniqlanmagan;
4) mobil texnologiyalar asosida chet tilini o‘qitishning uslubiy tizimi ishlab chiqilmagan;
5) mobil texnologiyalar asosida chet tilini o‘qitish texnologiyasi ishlab chiqilmagan.
Shunday qilib, nomutaxassis talabalariga chet tilini mobil texnologiyalar asosida o‘qitish
bo‘yicha aniqlangan muammolardan kelib chiqib, ishning dolzarbligini inobatga olib
615
maqolamiz mavzusini “Mobil texnologiyalar yordamida nomutaxassis yo‘nalishdagi
talabalarga chet tilini o‘qitish” deb nomladik.
Chet tilini o‘qitishda asosan mobil aloqa vositalaridan (smartfonlar, planshet
kompyuterlar va boshqalar) foydalangan holda o‘quv va
nazorat jarayonini tashkil
etishning shunday shakli bo‘lib, unda talabalar istalgan joyda va istalgan vaqtda til
ko‘nikmalarini
shakllantirishlari
va
takomillashtirishlari,
nutq
ko‘nikmalarini
rivojlantirishlari mumkin.
Mobil texnologiyalar asosida talabalarning lingvistik bo‘lmagan ta'lim yo‘nalish
talabalarida (B1-B2 darajalari bo‘yicha) quyidagi ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish
mumkin [3]:
gapirish qobiliyati (mavzu bo‘yicha muhim ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan
xabarlarni yuborish);
qabul qilgan ma'lumotlar mazmunini qisqacha yetkaza olish;
talaba o‘zi, atrofidagi bo‘lib o‘tayotgan voqealar, kelgusi rejalari va uni amalga
oshirish bo‘yicha belgilab olingan vazifalar haqida gapira olish;
faktlar va hodisalar haqida mulohaza yuritish,
misollar, dalillar, xulosalar
chiqarish;
o‘z mamlakatingiz va o‘rganayotgan til mamlakatining hayoti va madaniyatini
ta’riflash;
o‘qilgan (tinglangan) matnning mazmuni bilan o‘zaro fikr almashish;
nutq odob-axloq qoidalariga rioya qilish, agar kerak bo‘lsa, biror narsani
so‘rash, aniqlashtirish;
replikatsiyalarni
yaratish
(savollarga
javoblar,
sharhlar,
sharhlar,
replikatsiyalarga munosabatni ifodalash);
tinglash qobiliyati va qisqartirilgan leksik va grammatik shakllarni o‘rganish;
muayyan mavzu bo‘yicha so‘z boyligini aniqlash;
audio matndagi kalit so‘zlarni aniqlash va kontekstdan notanish so‘zlarning
ma'nosini aniqlash;
audio matndagi bog‘lovchi so‘zlarni aniqlash va audio matnning maqsadini,
mavzusini tushunish;
•
turli xil tovush tezligiga ega bo‘lgan audio
matnni eshitib idrok etish;
kalit so‘zlarning ma'nosini taxmin qilish va to‘siqsiz mutaxassislikka oid
bo‘lmagan so‘zlarni chetlab o‘tish
yozish qobiliyati (shakllarni to‘ldirish (ism, familiya, jins, yoshni ko‘rsatish,
fuqarolik, manzil);
o‘zi haqida ma'lumotni o‘rganilayotgan til mamlakatida qabul qilingan shaklda
taqdim etish (avtobiografiya / rezyume); maqola va tezislar yozish.
Mobil texnologiyalar asosida quyidagi leksik nutq ko‘nikmalarini shakllantirish mumkin:
1) to‘g‘ri professional atamalar va polisemantik so‘zlarni tanlash;
2) yangi atamalarni ilgari o‘rganilgan leksik birliklar bilan birlashtirish;
3) professional atamalar va polisemantik so‘zlarni tanib olish va tushunish;
4) polisemantik so‘zlarning ma'nolarini farqlash;
5) ovoz/grafik xususiyatlariga tayangan holda atamalarning ma'nosini tushunush;
5) og‘zaki va yozma matnlarning grammatikasini farqlash;
Agar mobil texnologiyalar asosida chet tilini o‘rganish yo‘lga qo‘yilsa quyidagi psixologik
va pedagogik talablarga e’tibor qaratilsa samarali bo‘ladi:
1) talabalarni chet tilini o‘rganishda mobil texnologiyalardan foydalanishga undash;
2) o‘qituvchilarning mobil texnologiyalar asosida ta'lim berishga tayyorligi;
3) talabalarining AKT bo‘yicha malakasi.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, nomutaxassis yo‘nalishdagi talabalarga xorijiy
tilni o‘qitishda mustaqil ta’limni amalga oshirish uchun mobil texnologiyalardan