608
cognitive person in today’s Internet age, the Prevention of negative factors we first think
about the beginning of.
Key words:
Information Society, education, socio-cultural education education, Internet,
knowledge,lack of knowledge in the family, prevention of HAF, today’s measures.
Axborotlashgan jamiyatda inson shaxsining oilada shakllanishiga
ijtimoiy-madaniy
salbiy ta’sir etuvchi omillar bugungi kunda jamiyatimizda tobora ko‘p uchramoqda. Bugun
internet hayotimizga tobora chuqur kirib kelmoqda, shu bilan birga, internetning yaxshi va
yomon taraflari ham hayotimizni qamrab olmoqda.
Bugun mobil telefoni bilan internetga ulanmagan, ijtimoiy tarmoqlardan yiroq bo‘lgan
fuqarolar deyarli kamchilikni tashkil qiladi. Bundan ko‘rinib turibdiki,
axborotlashgan
jamiyat va uning tarixi bilan qisqacha shaklda tanishib chiqsak, maqsadga muvofiq bo‘lib,
o‘rganishlarimiz natijasida ijtimoiy-madaniy salbiy ta’sir etuvchi omillarning oldini oluvchi
ilmiy-amaliy choralarni ko‘rib chiqamiz.
Bugungi davrda axborotning tobora oshib borayotganligi va insonlar hayotida hamda
turli sohalarning ishlab chiqarishida keng qo‘llanilishi, rivojlanish asosini bilim, ilm-fan,
inson kapitali kabi nomoddiy intellektual resurslar tashkil etuvchi yangi turdagi jamiyat –
“axborotlashgan jamiyat”ning shakllanishiga olib keladi. “Axborotlashgan jamiyat”
tushunchasi XX asrning ikkinchi yarmida yuzaga kelgan bo‘lib, ilk marotaba 1966-yilda
Yaponiyada ilmiy-texnik va iqtisodiy yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqot
ishlarini yuritgan bir
guruh olimlarning ilmiy ma’ruzalarida qo‘llanilgan. Ma’ruzada axborotlashgan jamiyat
o‘zida yuqori sifatli axborotni mujassam etuvchi, uni saqlash, tarqatish va foydalanish
uchun zarur shart-sharoitlar yaratgan jamiyat sifatida aks etgan.
Axborotlashgan jamiyat mohiyatini o‘zida aks ettiruvchi uchta asosiy ilmiy-nazariy
yondashuv mavjud bo‘lib, ularning birinchisini amerikalik olimlar F.Maxlup M.Porat, D.Bell
larning ilmiy yondashuvlari aks ettiradi.
Ularning fikricha, axborotlashgan jamiyat
mavjudligini asoslovchi mezon – bu axborotlashgan (nomoddiy) sektorning YAIMdagi
ulushidir. Ikkinchi ilmiy yondashuv “axborotlashgan portlash” nazariyasiga asoslanadi. Bu
nazariyaga muvofiq, jamiyat qabul qila oladigan axborotning miqdoran oshishi iqtisodiyot
taraqqiyotining sifat ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va bu o‘z-o‘zidan
axborotlashgan jamiyatni
shakllantiradi. Uchinchi yondashuvga ko‘ra, axborotlashgan jamiyatning asosiy
xususiyatlaridan biri –bu AKTning barcha sohalarda keng tarqalishidir. Bunday nazariya
yеvropalik iqtisodchilar E.S.Daff, S.Norva A.Minkalarga tegishlidir [6]. Yaponiya
axborotlashgan jamiyat instituti asoschisi va prezidenti Yonedzi Ma’suda axborotlashgan
jamiyatni quyidagicha ta’riflaydi: Kompyuter texnologiyalari va kommunikatsiya
vositalarining yaratilishi natijasida kirib kelgan axborotlashgan davr sanoatlashgan
jamiyatga shunchaki ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan ta’sir qilibgina qolmay, katta o‘zgarishlar
natijasida tamomila yangi ko‘rinishdagi inson jamiyatini yaratadi. Ana shu jamiyat
axborotlashgan jamiyatdir.
Axborotlashgan jamiyatimizdagi olialarning o‘tgan tarixi va bugungi kunigacha bo‘lgan
oila, oilaviy tarbiya haqidagi tarixiy manbalarni quyidagi bosqichlarga boʻlib oʻrganish
maqsadga muvofiq deb oʻylaymiz:
1-bosqich – Markaziy Osiyoga islom dini kirib kelgungacha mavjud boʻlgan ta’limotlar
(yahudiylik,zardushtiylik, buddaviylik, xristianlik);
2-bosqich – IХ-ХII asrlarda, ya’ni islom Uygʻonish davridagi ta’limotlar (Qur’oni karim,
hadislar,pandnomalar, mutafakkirlarning ta’limotlari: Forobiy, Beruniy, Ibn Sino va h.k.);
3-bosqich –
ХIV-ХV asrlar, ya’ni Amir Temur va temuriylar davrida mavjud boʻlgan
ta’limotlar;
4-bosqich – xonliklar davridagi ta’limotlar (ХVI-ХIХ asrlar);
609
5-bosqich – Markaziy Osiyo Chor Rossiyasi tomonidan bosib olingan davrdagi ta’limotlar
(ХIХ asr 60-yillarining oxiri va 1917-yilning oktabr inqilobi davrigacha mavjud boʻlgan
ta’limotlar);
6-bosqich – ittifoq davridagi ta’limotlar (1917-yil oktabr inqilobidan 1991-yil avgust
oyigacha mavjud boʻlgan ta’limotlar);
7-bosqich – Mustaqillik davri, ya’ni 1991-yilning sentabr oyidan hozirgi davrgacha.
Yuqoridagi davrlashtirilgan oila, oilaviy tarbiya kabi tushunchalar turli davrda turli
talqinda bo‘lganligi tarixdan bizga ma’lum. Shu sababli bizdan oldingi jamiyatlar hayotida
insonning oilada shakllanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-madaniy salbiy omillar yеtarlicha
bo‘lgan, ammo ta’sir doirasi kichik hajmda bo‘lib o‘tgan davr jamiyati hayotida oilaviy
tarzda
muammolar hal etilgan, mabodo, muammo kattaroq bo‘lsa,jamiyatdagi
barcha
ijtimoiy qatlamdagi oilalarning yordami bilan hal etilgani bizga tariximizdan ayon.
Bugungi zamonamizda, avvalo, internet asridagi bilim oluvchi insonning ta’lim tarbiyasi
bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonni qamrab oluvchi vosita bevosita internet bo‘lib qolmoqda
hamda salbiy ta’sir etuvchi omillarning ahamiyati ham sezilarli tarzda ortib bormoqda. Bu
jarayonga yеchim izlashda, avvalo, biz barcha choratadbirlarni qo‘llamoqdamiz, ta’limda
islohotlar qilinmoqda, yangi tizim, yangi imkoniyatlar internet orqali kirib kelishi masalani
biroz murakkablikka olib kelayotgandek, nazarimizda.Tariximizda, badiiy adabiyotimizda
o‘z aksini topgan muqaddas dinimiz ko‘rsatmalariga amal qilgan holda ta’lim-tarbiya
yanada uyg‘unlashmoqda. Shu o‘rinda tarbiya haqida adib Abdulla Avloniyning so‘ziga
to‘xtalishni lozim ko‘rdik: “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat,
yo saodat – yo falokat masalasidir”.Abdulla Avloniyning so‘zi
bugungi axborotlashgan
jamiyatimizda ham o‘z qiymatini aslo yo‘qotmasdan kelmoqda, avvalo bugungi kunda
dunyo hamjamiyatida ta’lim-tarbiyaga juda katta e’tibor qaratilayotganligi ayni haqiqat.
Axborotlashgan jamiyatda insonning oilada shakllanishiga ijtimoiy-madaniy salbiy ta’sir
etuvchi omillarning oldini oluvchi chora tadbirlarni bugun davlatimiz rahbari tomonidan
amalga oshirilayotgan ishlarda ham ko‘rishimiz mumkin. Axborotlashgan jamiyatimizda
bugungi kunda barcha tarmoqlar raqamlashtirilmoqda, shu bois “Raqamli iqtisodiyot”
mamlakatimiz taraqqiyotining asoslaridan biri sifatida belgilangan.
Shu maqsadda
“Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish boshlandi. Jumladan,uning
doirasida hududlarda 89 ta, tarmoqlarda 200 dan ortiq loyiha hayotga tatbiq etildi.
Davlatimizda, axborotlashayotgan jamiyatimizda, oilalarimizda, hayotimizda ta’limga,
tarbiyaga, diniy qadriyatlarga, ilmga, zamonaviy ta’limga etibor qaratsak, barcha
muammolarni bartaraf etgan bo‘lamiz.Axborotlashgan jamiyatda bolaning oilada
shakllanishiga ijtimoiy-madaniy salbiy ta’sir etuvchi omillarning oldini oluvchi ilmiy-
amaliy asoslari zamonaviy ta’imda o‘z aksini topmoqda.