Qarshi davlat universiteti international scientific and practical conference on algorithms and current problems of programming




Download 15,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet503/551
Sana15.05.2024
Hajmi15,84 Mb.
#234763
1   ...   499   500   501   502   503   504   505   506   ...   551
Bog'liq
Asosiy oxirgi 17.05.2023 18.20

Ключевое слово:
непрерывное образование, атомная физика, фотоэффект, 
эффект Комптона, Phet-симулятор. 
Abstract:
a visual explanation to students of the processes occurring with a complex 
atom using the Interactive Physics software package, Phet simulator, cracodil Physics. 
Key words: 
continuing education, atomic physics, photo effect, Compton effect, Phet 
simulator. 
Ta’limning sifati nafaqat pedagogik salohiyatga balki texnologiyalarga ham uzviy bog‘liq 
bo‘ladi. Uzluksiz ta’limning umumiy o‘rta ta’limidan boshlab to oliy ta’limgacha bo‘lgan 
bo‘g‘inida fizika fani o‘qitiladi. Fanning murakkabligi hamda tushuntirish jarayonining 
mikroobyektlarda qiyinligini hisobga oladigan bo‘lsak, nazariy ta’lim bilan birgalikda 
laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar olib boriladi. 
XXI asr siyavilizatsiya rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ilm, fan texnikaning 
jadal rivojlanish davri sifatida xarakterlanadi. Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev 
«Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega 
bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar 
bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va 
imkoniyatlarini safarbar etamiz» deb aytib o‘tgan edi. Shuning uchun ham yurtimizda ilm 
fan va ilmiy pedogogik kadrlar tayyorlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda 
fizika - texnika, texnologiyalar asrida umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilariga atom 
tuzilishi, atom energiyasidan foydalanishni o‘rgatish fizika va texnologiya fanlarining 
asosiy vazifalaridan biri, uning mazmun mohiyatini fan va texnikaning hozirgi davrdagi 
rivojlanish darajasiga ko‘tarishdan iborat. 
Atom fizikasi mikrozarralar ya’ni atom tuzilishi, xossalari va ularning muhitlar bilan 
o‘zaro ta’sirda yuzaga keltiradigan jarayonlarni o‘rganadi. Masalan atomlarning 
elektromagnit nurlanishlar bilan o‘zaro ta’siri dualistik xususiyatdan kelib chiqib, 
fotoeffekt hamda kompton effektlarini yuzaga keltirish mumkin. Bu effektlarni bevosita 
kuzatish imkoniyati yo‘qligidan virtual kuzatishimiz mumkin. Fizika fanining rivojlanishiga 
hissa qo‘shadigan murakkab fizikaviy hodisalarni zamonaviy axborot texnologiyalari 
yordamida xususan, Interactive Physics dastur paketi, Phet simmulyatori, cracodil Physics 


621 
foydalanib talabalarga ko‘rgazmali tushuntirish o‘qituvchilar uchun ham katta imkoniyatlar 
yaratib beradi. Phet simmulyatoridan foydalanib, atomlarning o‘zaro ta’sir kuchlarini 
hisoblash dasturi yordamida atomlarning tarkibi ularning o‘zaro ta’siri o‘lchovi ekanligini 
tushuntirishda asosiy vosita bo‘ladi. 
1-расм. Phet simmulyatoridan foydalanib, atomlarning o‘zaro ta’sir kuchlarini hisoblash 
dasturi 
Phet simmulyatorida keltirilgan virtual laboratoriya ishlaridan foydalanib talabalar 
fizikaviy jarayonlarning yuz berish shartlarini o‘zgartirish orqali natijalarni o‘zgartirib 
hisob-kitob qilish imkonityati mavjud. Olingan natijalar asosida mavjud qonuniyatlarning 
to‘g‘riligi tekshiriladi. Mikrosistemalarda yuz beradigan jarayonlar kvant tabiatiga ega 
bo‘ladi. Masalan fotoeffekt jarayonini o‘rganishda yorug‘lik chastotasining o‘zgarishi kvant 
energiyasini o‘zgartirishini bu esa energiya miqdorini o‘zgartirishi hamda energiya 
o‘zgarishi modda bilan yorug‘lik o‘zaro ta’sir jarayoning to‘lqiniy yoki zarra xususiyatlari 
yaqqol bo‘lishiga ta’sir etuvchi asosiy omil ekanligini tekshirish imkoniyatini beradi. 
2-расм. Phet simmulyatoridan foydalanib fotoeffekt jarayonini o‘rganish 
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, uzluksiz ta’limda fizika fanini o‘qitishda 
dasturiy vositalarni dars samaradorligini oshirishda asosiy vosita sifatida foydalanish 
natijani samaradorligini oshiradi. 

Download 15,84 Mb.
1   ...   499   500   501   502   503   504   505   506   ...   551




Download 15,84 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qarshi davlat universiteti international scientific and practical conference on algorithms and current problems of programming

Download 15,84 Mb.
Pdf ko'rish