|
SOHALARDA KOMPYUTERLI MODELLASHTIRISH VA DASTURLASHNING DOLZARB Pdf ko'rish
|
bet | 542/551 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 15,84 Mb. | | #234763 |
Bog'liq Asosiy oxirgi 17.05.2023 18.20SOHALARDA KOMPYUTERLI MODELLASHTIRISH VA DASTURLASHNING DOLZARB
MOMMOLARI
Xoliqulov Abdinur Muxammat o‘g‘li
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universtiteti Jizzax filiali talabasi.
Tel:+998945760850
.
e-mail:elyorjonxoliqulov@gmail.com
Annotatsiya:
Maqolani tahlil qilishda siz asosan sohalarda kompyuter ilmlarini yanada
chuqur o‘rgatish va o‘sib kelayotgan yosh avlodni kelajak kasblariga yo‘naltirish yani
dasturlash sohasini mukammal darajada o‘rganish va shu yusunda ilmiy faolyat yuritish
kabi chuqur mulohazalar aks etganiga guvoh bo‘lasiz.
Kalit so‘zlar:
Modil va modillashtirish,so‘niy intelekt,elektiron ta’lim,texnik-
texnologiyalar,ta’lim darajasi.
Abstract
: In the analysis of the article, you will see that deep considerations are
reflected in the fields of more in-depth teaching of computer science and directing the
growing young generation to future professions, i.e., learning the field of programming at a
perfect level and conducting scientific activities in this regard.
Key words:
Model and modeling, artificial intelligence, e-learning, technical -
technologies, level of education.
675
Комментарий:
При анализе статьи глубокие размышления о направлениях
дополнительного образования в области информатики и ориентации молодого
поколения на будущие профессии, то есть отличная учеба и подготовка в области
программирования, подтверждаются комментариями. научной деятельности в этом
направлении.
Ключевые слова:
Модель и моделирование, искусственный интеллект,
электронное обучение, технические - технологии, уровень образования.
Sohalarda kompyuter modellashtirish haqida so‘z ketar ekan avvalo har qanday sohada
texnik-texnologiyalar va albatta kompyuter dasturlari qo‘llanilib ularning ishlarini bir
necha marotaba yengillashtirib samaradorligini bir necha marotabaga oshirmoqda.Shu
bilan birgalikda ayrim sohalarda inson aralshuvisiz ya’ni suniy intilekt dasturi orqali turili
yumush va vazifalarni bajarib,ularni tez va sifatli eng asossiysi mukammal holda ish
ko‘lamini bajarmoqda. XX asrning o‘rtalarida elektron-hisoblash mashinalari (EHM)ning
yaratilishini,o‘z ahamyatiga ko‘ra insonyat tarixida erishilgan eng buyuk texnik
kashfiyotlardan biriga taqqoslash mumkin.Agar oddiy mashinalar insonning mehnat
faolyati jarayonida jismoniy imkonyatlarini
kengaytirsa, EHM esa ularning intellektual
yordamchilari bo‘lib xizmat qiladi. EHM asosida matematik usullarning keng qo‘llanilishi
real olam qonunlarini bilishning yangi samarador usullarining yaratilishiga va ularning
amaliy faoliyatda qo‘llanilishiga olib keldi. Hisoblash mashinalari mehnat unumdorligini
oshirishning,
ishlab
chiqarishni
yanada
rivojlantirishning,
boshqarishni
takomillashtirishning yangi imkoniyatlarini ochib berdi.
Fan, texnika, iqtisodiyotni matematikalashtirish jarayoni EHM ning qo‘llanilish
texnologiyasini chuqur tushunadigan, ularning ulkan va hali oxirigacha o‘rganilmagan
imkoniyatlaridan foydalana biladigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni talab
etadi.
Bugungi kunda sohalarda kompyuterli modellashtirish fan-texnika taraqqiyotining
hal qiluvchi omillaridan biridir. Ularning qo‘llanilishi xalq xo‘jaligining yetakchi
tarmoqlarining taraqqiyotini jadallashtirishga yordam beradi, murakkab sistemalarni
ishlab chiqish va ishlab chiqarishga tatbiq etish uchun juda kam vaqt sarflab loyihalashning
jiddiy yangi imkoniyatlarini ochib beradi, ishlab chiqarish-texnologik jarayonlarning
optimal rejimlarini tanlashni ta'minlaydi, boshqarishni takomillashtirish va mehnat
unumdorligini oshirish uchun shart- sharoitlar yaratadi.
Sohalarda kompyuterli modellashtirish jamiyatning bevosita ishlab chiqaruvchi kuchiga
aylantiruvchi omillardan biridir. Ularsiz ko‘pgina yirik ilmiy-texnik loyihalarning (kosmik
tadqiqotlar, atom energetikasi, tovushdan tez aviatsiya va h. k.) bunyod bo‘lishi mumkin
emas edi. Insoniyatni farovon hayot shart sharoitlarini yaratish, tabiiy ofatlarni oldindan
aniqlash muammolari qadimdan qiziqtirib kelgan. Shuning uchun ham insoniyat tashqi
dunyoning turli hodisalarini o‘rganishi tabiiy holdir. Aniq fan sohasi mutaxassislari u yoki
bu jarayonning faqat ularni qiziqtirgan xossalarinigina o‘rganadi.Shu qatorda ularning
moduli tuziladi va ilmiy o‘rganiladi. Hozirgi kunda Kompyuterda modellashtirish
texnologiyasini o‘zlashtirish kompyuter tizimlarini (vositachi qurilma sifatida) yaxshi
bilishni va unda modellash texnologiyalarini ishlata olishni talab qiladi.
Shu qatorda kompyuter tilini bilish ham talab qilinadi ya’ni dasturlash tilini. Bundan
ko‘rinib turibdiki dasturlash tili bu kompyuter mikroprotsesori uchun turli buyruqlar
berish,qachon,qayerda nimani o‘zgartirish va nimalarni kiritish yoki chiqarish haqidagi
buyruqlarni berish hisoblanadi. Darhaqiqat kompyuter dunyosida ko‘plab dasturlash tilari
mavjud bo‘lib , dasturlash va unga qiziquvchilar soni ortib bormoqda.Lekin shunday
bo‘lsada hali mamlakatimizda u darajada mukammal dasturchilar va dasturlarni yaratishga
ta’lim sifati yaratilmagan.Shu qatorda davlatimiz jahon davlatlarining dasturchilari bilan
tenglasha oladigan darajada rivojlanmagan.Bu sohani rivojlantirib ya’ni sohalarda
676
kompyuterli modellashtirish va dasturlashni yanada chuqur bilim va ko‘nikmalarini
o‘rgatish bu bizni kelajakka yetaklaydi.
Xulosa:
Bu maqolada asosan kelajakka intilib zamon bilan hamnafas bo‘lish ko‘zda
tutilgan.Yuqorida aks etgan so‘zlardan shuni xulosa qilib aytish mumkinki hozirgi
qilayotgan ishimiz bu yangi kunimizga qo‘yilayotgan birinchi qadamdir.Unda har qanday
soha mutaxasislari o‘z ishlarini mukammal darajada yangi texnik va texnologiyalar asosida
olib bormoqda.Bularga esa asosan XX asr kashfiyoti bo‘lmish dasturlash tillari muhum
poydevor vazifasini bajaradi.Ko‘rinib turibdiki sohalarda kompyuter modellashtirish va
kerakli dasturlarni yaratish bu o‘z soha egalarini har taraflama yuksaklikka yetishtiradi.
|
| |