83
lar nosozliklari intellektual tizimi” dasturiy vositasi yaratildi [3,4]. Dasturiy vosita kuyidagi
kurinishli interfeysidan boshkariladi (Rasm 1):
Rasm 1. Dasturiy vosita interfeysi
Interfeysning «Diagnostika» tugmasi aktivlashtirilganda foydalanuvchi
xoxishiga qarab
IT olamidagi mashxur diagnostika dasturlari ning (“Evirest” yoki “AIDA 64”) biri yuklanadi
(Rasm 2.).
Rasm 2. AIDA 64 dasturi interfeysi
Foydalanuvchi ushbu dasturlar ma’lumotlari asosida kompyuter uskunalari, dasturiy
vositalari va ularning xolatlari xaqida to‘lik ma’lumotga ega bo‘ladi. Agarda foydalanuvchi
bu ma’lumotlar asosida kompyuterdagi nosozliklarni aniqlab olsa ularni bartaraf etishi
uchun interfeysdagi «Nosozliklar» boshqaruv tugmasini aktivlashtirishi kerak bo‘ladi.
Natijada quyidagi ko‘rinishli yangi oyna xosil bo‘ladi (Rasm 3.):
84
Rasm 3. Nosozliklar va ularni bartaraf etish oynasi
Keltirilgan ro‘yxatdan xatolik nomini tanlaydi va «Mavzu kontenti» tugmasini bosish
orqali muayayan nosozlik va uni bartaraf etish xaqidagi to‘lik ma’lumotga ega bo‘ladi.
Har bir nosozlik va uni bartaraf etish ma’lumotlariga murojat etilganda intellektual tizim
bu xaqidagi xabarni saqlab boradi va ulardan bilimlar bazasi sifatida foydalanadi. U
quyidagicha foydalanuvchiga taqdim etiladi (Rasm 4.).
Rasm 4. Intellektual tizim xabarnomasi
Muayayan kompyuterning umumiy xolati (joriy vaqtgacha kompyuter necha marta
diagnostikadan o‘tkazilgan va uning umumiy xolati qanday), qaysi uskuna yoki qaysi
dasturiy vosita necha marta nosozliklarga duchor bo‘ldi va
ular qanday bartaraf etildi
degan savollarga dasturiy vosita interfeysidagi «Expert tizimi» boshqaruv tugmasini
aktivlashtirish orqali javob olasiz.