85
Alijonov I.A. Tabiiy tildan qayta foydalangan holda mijozlarga xizmat ko‘rsatishni
avtomatlashtirish
TABIIY TILDAN QAYTA FOYDALANGAN HOLDA MIJOZLARGA XIZMAT
KO‘RSATISHNI AVTOMATLASHTIRISH
Alijonov Isroiljon Akramjon o‘g‘li
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU, magistr,
isroiljon.alijonov@gmail.com
Annotatsiya:
Mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasida, avtomatlashtirishning ahamiyati
muhimdir.
Bu jarayon, xizmatni sifatli va tezlik bilan ko‘rsatishga yordam beradi va
mijozlarga qulaylik tug‘diradi. Ushbu ishda tabiiy tildan qayta foydalangan holda
mijozlarga xizmat ko‘rsatishni avtomatlashtirish uchun bir qancha tavsiyalar keltirilgan.
Kalit so‘zlar: mijoz, avtomatlashtirish, axborot tizimlari, tabiiy tildan qayta
foydalanish
(Natural Language Processing (NLP)), xizmat ko‘rsatish.
Аннотация
: В сфере обслуживания клиентов большое значение имеет
автоматизация. Этот процесс помогает обеспечить качественное и быстрое
обслуживание и создает удобство для клиентов. В этой статье представлено
несколько рекомендаций по автоматизации
обслуживания клиентов путем
повторного использования естественного языка.
Ключевые слова: заказчик, автоматизация, информационные системы, обработка
естественного языка (NLP), сервис.
Abstract
: In the field of customer service, automation is of great importance. This
process helps to provide quality and fast service and creates convenience for customers.
This article provides several best practices for automating customer service through
natural language reuse.
Key words:
customer, automation,
information systems, natural language processing
(NLP), service.
Avtomatlashtirilgan tashkiliy boshqaruv tizimida mijozlarga xizmat ko‘rsatish va
qarorlar qabul qilish, asosan, texnik vositalarni qo‘llab orqali amalga oshiriladi. Qarorlar
qabul qilishning
murakkabligi shundaki, mutaxassis koʻplab mumkin bo‘lgan yechimdan
eng qulay, resurslarni (vaqt, mehnat, material va shu kabilarni) minimal yo‘qotishlarga olib
keluvchisini izlashi kerak. Shunday vaqitlarda xizmat ko‘rsatishni avtomatlashtirishni
qo‘llash ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonini tezlashtiradi,
shuningdek, foydalanuvchi
bilan hisoblash tizimi o‘rtasidagi muloqot jarayonida avtomatlashtirilgan optimal
yechimlar ishlab chiqishga o‘tishni ta’minlaydi. Buni amalga oshirishga yangi texnologiya
ekspert tizimlari yordam beradi.
Avtomatlashtirish darajasiga ko‘ra qo‘l
mehnatiga asoslangan, avtomatlashtirilgan va
avtomatlashgan axborot tizimlariga ajratiladi.