89
To‘xtayeva M.Sh. Signallarni raqamli qayta ishlash masalalrining parallel
yechimlari
SIGNALLARNI RAQAMLI QAYTA ISHLASH MASALALRINING PARALLEL YECHIMLARI
To‘xtayeva Marg‘uba Shuxrat qizi
(Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti
Samarqand filiali, Dasturiy injiniringi kafedrasi assistenti)
Kalit so‘zlar:
Raqamli qayta ishlash, parallellashtirish,
Furye tahlili, algoritmli
parallellashtirish, dasturiy parallellashtirish, private va reduction operatori.
Annotatsiya.
Signallarni raqamli qayta ishlash usullari va algoritmlariga qo‘yiladigan
asosiy talab hisob-kitoblar tezligini oshirishdan iborat. Spektral sohada signalni qayta
ishlashda
raqamli usullardan, Furye tahlilidan va signal spektrini qayta ishlashdan
foydalanib amalga oshiriladi. Signallarni raqamli qayta ishlash muammosida ishlov berish
tezligini oshirishning asosiy usuli parallel ishlov berish algoritmlarini qo‘llashdir.
Аннотация.
Основным требованием к методам и алгоритмом цифровой
обработки сигналов является повышение скорости вычислений. Обработка
сигналов в спектральное области
использует численное методы, Фурье-анализ и
обработку спектр сигнала. Основным способом повышения скорости обработки в
задача с ЦОС является применение алгоритмов параллельной обработки.
Siganllarni raqamli qayta ishlash jarayonini parallellashtirishdan asosiy mohiyat
signallar qayta ishlanish jarayonida protsessor yadrolarining
baravar ishlanishini
ta’minlashdan iborat. Ko‘p yadroli protsessor strukturasi yadrolar soni, kesh xotira, doimiy
xotira, boshqaruv qurilmasi, arifmetik mantiqiy qurilma va kiritish chiqarish portlari bilan
bog‘liq ravishda ish jarayonini tashkil etadi.
Signallarni raqamli qayta ishlashda ikki bosqich parallellashtiriladi:
1.
Algoritmli parallellashtirish.
2.
Dasturiy parallellashtirish.