• 2. Atomda bo‘lishi mumkin bo‘lgan statsionar orbitalardan
  • Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti mmth yoʻnalishi 023-46 guruh talabasi Hafizov Asilbekning umumiy fizika fanidan mustaqil ish taqdimoti




    Download 1,61 Mb.
    bet2/4
    Sana21.05.2024
    Hajmi1,61 Mb.
    #247990
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Asilbek

    Nils Bor Rezerford tajribalarida kuzatilgan, lekin klassik fizika tushuntira olmaydigan natijalarni, qonuniyatlarni tushuntirishda o'zining vodorod atomi tuzilishi modelini taklif qildi(1913) Bor modeli vodorod atomi tuzilishining birinchi muvaffaqiyatli modeli bo‘lib, atom tuzilishi to‘g‘risidagi tasavvurlarning rivojlanishida muhim o‘rin tutdi. Bor modeli de-Broyl gipotezasining vujudga kelishida ham katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Atom nurlanishi spektridagi qonuniyatlar, atomdagi energetik sathlar birinchi marta Bor tomonidan tushuntirildi. Vodorod atomi tuzilishining Bor taklif qilgan modeli uning quyidagi postulatlarida asoslanadi:

    1. Atom uzoq vaqt statsionar holatlarda bo‘la oladi. Atom statsionar holatlarda energiyaning E1, E2,E3,...,En diskret qiymatlariga ega bo‘ladi. Atom statsionar holatlarda energiya nurlamaydi. Shuning uchun bunday holatlar statsionar holatlar deyiladi. Atomning statsionar holatlariga statsionar orbitalar mos keladi.

    2. Atomda bo‘lishi mumkin bo‘lgan statsionar orbitalardan

    elektronning impuls momenti

    L=mvr=n

    (n=1,2,3,...) (1) shartni qanoatlantiradigan statsionar orbitalargina mavjud bo‘ladi. Bunday orbitalar ijozat etilgan statsionar orbitalar deyiladi. Atomdagi statsionar orbitalar kvantlangan bo‘lib, diskret energetik sathlarni hosil qiladi.

    3. Elektron energiyasi Ei bo‘lgan orbitadan energiyasi Ef bo'lgan (Ei>Ef) orbitaga o‘tganda atom energiya chiqaradi. Chiqarilgan energiya har ikki orbita energiyalari farqiga teng bo‘ladi, ya’ni:

    hv=Ei-Ef (2)

    Bu formuladan foydalanib

    V=(Ei-Ef)/h (3).

    (3) formulada Ei-birinchi orbita energiyasi, Ef-ikkinchi orbita energiyasi va ν-chiqarilgan energiya chastotasi.

    Frank va Gers tomonidan 1913-yilda oʻtkazilgan tajribalar atom holatlarining diskret ekanligini tasdiqladi. Elektron bilan atom orasidagi noelastik toʻqnashuvlarda elektron o‘z energiyasini atomga beradi. Elektron istalgan qiymatdagi kinetik energiyaga ega boʻlishi mumkin. Agar atomning ichki energiyasi ham uzluksiz oʻzgarsa edi, atom elektron bilan noelastik toʻqnashganda atom elektrondan istalgan qiymatdagi energiyani qabul qilar edi. Lekin tajribada bunday hol kuzatilmadi. Tajribalar atom elektron bilan noelastik to‘qnashganda, atom elektrondan faqat aniq bir qiymatdagi energiyanigina qabul qila olishini koʻrsatdi. Atom qabul qilgan bu energiya qiymati atomning ikki statsionar holatlari energiyalari farqiga teng boʻladi. Demak, elektron bilan atom orasidagi noelastik toʻqnashuvlarda elektron atomga energiyaning faqat aniq bir qiymatdagi energiyanigina bera oladi. Elektronning atomga bergan energiyasi miqdorini oʻlchab, bu energiya ikki statsionar holatlar energiyalari farqiga teng ekanligini aniqlash mumkin. Frank va Gers tajribasining gʻoyasi ham shundan iborat edi.


    Ridberg doimiysi (R) — siyraklashtirilgan gaz yoki metall bugʻlari koʻrinishidagi izolyasiyalangan atomlarning nurlanish chastotalari va energiya satxlarini hisoblashda qoʻllanadigan formulalar tarkibiga kiruvchi asosiy fizik kattalik. R bilan belgilanadi. Agar atom yadrosining massasi elektron massasiga nisbatan cheksiz katta (yadro qoʻzgʻalmas holatda) deb olinsa, u qolda R—2n2mei/chi =(1,097373143±1O)1O7 m1, bunda ye va i — elektron zaryadi va massasi, s— yorugʻlikning vakuumdagi tezligi, h — Plank doimiysi. 1890-yilda shved fizigi I. Ridberg (1854— 1919) atom spektrlarini oʻrganayotganda shu birlikni fanga kiritgan.[1]

    Download 1,61 Mb.
    1   2   3   4




    Download 1,61 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti mmth yoʻnalishi 023-46 guruh talabasi Hafizov Asilbekning umumiy fizika fanidan mustaqil ish taqdimoti

    Download 1,61 Mb.