Oilaviy nizolarni tadqiq etishning nazariy-metodologik asoslari




Download 3,74 Mb.
bet5/97
Sana20.05.2024
Hajmi3,74 Mb.
#246640
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97
Bog'liq
Оилавий низолар психолгияси

Oilaviy nizolarni tadqiq etishning nazariy-metodologik asoslari
Yuqorida ta’kidlanganidek, oila va nikoh masalalarini o‘rganish bir tomondan oson, jo‘nga o‘xshasa, ikkinchi tomondan, o‘ta murakkab va nozikdir. Bu holat oila psixologiyasi bo‘yicha o‘tkaziladigan tadqiqotlarning o‘ziga xos metodologik jihatlarini ajratishni taqozo etadi. Avvalo, bu o‘rinda oila va nikoh tushunchalarining o‘ziga ilmiy ta’rif berish lozim. Eski falsafiy lug‘atlarda “Oila – bu jamiyatning yacheykasi (kichik ijtimoiy guruh), er-xotinlik hamda ota-onalik munosabatlarini tiklash orqali shaxsiy turmush tarzini tashkil etishning muayyan ko‘rinishi, ya’ni, bir yerda umumiy ho‘jalik yuritadigan er va xotin, ota-onalar va farzandlar, aka-ukalar va opa-singillar hamda boshqa qarindoshlarning birgalikda yashashini ifodalovchi muhim bo‘g‘in” deb ta’rif berilgan. Bu kabi ta’riflardan oilaning 4 ta muhim tavsifi kelib chiqadi:
Oila – jamiyatning bo‘g‘ini (kichik ijtimoiy guruh);
Oila – shaxsiy yashash tarzini tashkil etish shakli;
Oila – er-xotinlarning birlashuvi;
Oila – er-xotinlarning boshqa yaqin qarindosh: ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari, momolar va bobolar, farzandlar va ularning farzandlari bilan ko‘pqirrali munosabatlar o‘rnatish imkoniyati.
Tadqiqotlarda eng muhim metodologik tamoyil shundan iborat bo‘ladiki, oilani o‘rganayotgan shaxs uni oddiy oila a’zolari yig‘indisi sifatida emas, balki barcha oila a’zolari o‘rtasida murakkab va serqirra munosabatlar tizimi mavjudligini, ular har bir a’zoning berajak javoblarida aks etishini unutmaslik kerak. YA’ni, oila va undagi munosabatlar hamisha tashqi psixologik ta’siri komida bo‘ladi. Unga kichik ijtimoiy guruh sifatida qarash esa, kichik guruhga xos bo‘lgan deyarli barcha ijtimoiy-psixologik qonuniyatlarning borligi va ular har bir oila a’zosining maqomini belgilashini inobatga olishni taqozo etadi. Aslida umuman jamiyat miqyosida olib qaralganda, oila, ayrim olimlar (G.M.Andreyeva, A.I.Zaxarov, V.S.Toroxtiy, N.Y.Solovyeva va boshqalar) ning haqli e’tirof etishlari bo‘yicha, bu – birlamchi guruhdir. YA’ni, birlamchi guruhga xos bo‘lgan emotsionallilik, munosabatlarda rasmiylik va norasmiylikning uyg‘unlashuvi, ijtimoiy-psixologik muhitning insoniy munosabatlarga bog‘liqligi va h-zolar oilaviy munosabatlarga ham xosdir.
Shu bois ham oila yo‘nalishida o‘tkaziladigan tadqiqotlarda uning ijtimoiy guruh sifatida o‘zigagina xos bo‘lgan sifatlari, xususiyatlari borligini unutmaslik lozim. Bular quyidagilar:
bir emas, bir necha umumiy maqsadlarning bo‘lishi; ya’ni, agar mehnat jamoasida a’zolarni birlashtiruvchi yagona maqsad tan olinsa, oilada bunday maqsadlar bir nechta ham bo‘lishi mumkin va ular oilaviy hayot mobaynida o‘zgarib ham turadi. Masalan, yaxshi niyat bilan birgalikda yashash maqsadiga keyinchalik sog‘lom farzand ko‘rish, o‘g‘il bola bo‘lsa, sunnat to‘yi qilish, farzandni maktab ta’limiga tayyorlash, to‘y qilish, uylantirish kabi qator yirik maqsadlar va orzu-havaslar paydo bo‘laveradi, oilaviy hayotning mazmuni va uning jozibasi ham ana shu kabi maqsadlar va ularni amalga oshirishda er-xotin inoqligi, hamfikrligi bilan belgilanadi;
oila a’zolari manfaatlari, qiziqishlari va intilishlari muayyan tafovutlar va kelishmovchiliklarning tabiiy holat ekanligi; ayniqsa, bu oilada katta avlod vakillari ustanovkalari bilan ularning farzandlari o‘rtasidagi ziddiyatlarda ham ifoda etadi (avlodlararo ziddiyat), ko‘p holatlarda bu kabi tafovut yoki ziddiyatlar konstruktiv xarakter ham kasb etadi;
alohida yashaydigan oilada er-xotin munosabatlarining boshqa munosabatlarga sezilarli ta’siri, masalan, farzandlarning tarbiyalanganlik darajasiga;
oilaviy murosa yoki hamjihatlikka boshqa qarindoshlar, masalan, keksalarning ta’siri;
oila a’zolari o‘rtasida hamkorlik faoliyati va uning samrasi unchalik sezilmasligi, masalan, oilada erning o‘z o‘rni va mashg‘ulotlari, ayolning o‘z o‘rni va vazifalarining bo‘lishi va har doim ham birga bir ishni qo‘shilib ketmaslik. Oilaviy xasharlar yoki boshqa tadbirlar bundan iste’sno;
muomala va o‘zaro hurmat normalarining katta ahamiyatga ega ekanligi, hamisha bir-birining ko‘ngliga qarashning oila mutahkamligi omili ekanligi;
oilada o‘zaro sir, yashirin, xufyona ishlarning oialviy munosabatlarga salbiy ta’siri.
Yuqorida ta’kidlangan holatlar oila tadqiqotlarini o‘tkazuvchilarni sof ijtimoiy guruhlarda o‘tkaziladigan izlanishlarga qo‘llaniladigan tamoyillardan biroz chekinishlarini talab qiladi. YA’ni, oila o‘ziga xos insoniy munosabatlar mujassam bo‘lgan noyob maskandir.
Nikoh esa er-xotin va boshqa yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga soladigan ijtimoiy institut bo‘lib, O‘zbekistonda nikoh munosabatlari 1998 yilda Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan “Oila Kodeksi” bilan reglamentatsiya qilinadi. Bevosita nikoh borasida tadqiqot olib boruvchilar va ushbu sohada o‘zgarishlar qilishni niyat qilganlar. Avvalo, ushbu qonun hujjatini yaxshi bilishlari va uning milliy qonunchiligimiz normalari doirasida amal qilinishini tahlil eta olishi zarur. Qonuniy nikoh FXDYO bo‘limlariorqali rasman qayd qilingan taqdirdagina er va xotin va ularning farzandlari o‘rtasida serqirra o‘zaro munosabatlar tartibga solingan, xotinning va u tuqqan farzandning barcha huquqlari, jumladan, mol-mulk va moddiy ne’matlarga nisbatan munosabatlarlari qonuniylashtirilgan hisoblanadi. Ayna shu ma’noda oila a’zolarining hayotiy maqomlari va munosabatlarini quyidagi sxemada tasavvur etish va tahlil etish mumkin:
Ichki nazorat – tashqi nazorat;
Egoizm – sotsiotsentrizm (xudbin yoki sahovatlilik);
Ijtimoiy normalarga bo‘ysunuvchan – faqat o‘zini o‘ylaydigan;
Ziddiyat va qarama qarshiliklarga nisbatan murosasozlik – ularni rad etish;
O‘ziga ishonch – ishonchning yo‘qligi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, oila-nikoh munosabatlarini o‘rganganda ushbu tamoyillarni nazariy-metodologik asos sifatida qabul qilish mumkin.



Download 3,74 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97




Download 3,74 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oilaviy nizolarni tadqiq etishning nazariy-metodologik asoslari

Download 3,74 Mb.