• Bilish
  • Boshlangich ta’lim pedagogi-psixologiksi
  • Vatanparvarlik
  • Verbal
  • Davlat ramzlari
  • Qarshi davlat universiteti psixologiya kafedrasi oilaviy nizolar psixologiyasi




    Download 3,74 Mb.
    bet58/97
    Sana20.05.2024
    Hajmi3,74 Mb.
    #246640
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   97
    Bog'liq
    Оилавий низолар психолгияси

    Bilim – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko’rinishida aks etuvchi borlik hakidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
    Bilim olish – borlikni idrok etish, o’rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko’nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni.
    Bilish - ob’ektiv borlikning inson ongida aks etish shakli; ilmiy bilimlarni o’zlashtirish jarayoni.
    Boshlangich ta’lim - o’quvchilarga murakkab bo’lmagan ilmiy bilimlarni berish asosida ularda o’qish, yozish va hisoblashga oid dastlabki bilim, ko’nikma hamda malakalarni shakllantirish asosida ularda shaxsiy gigiyena va soglom turmush tarzi elementlarini hosil qilish bosqichi.
    Boshlangich ta’lim pedagogi-psixologiksi – boshlangich sinflar o’quvchilarini tarbiyalash, ularga ta’lim berish, ularning o’ziga xos psixologik hamda fiziologik xususiyatlarini tadkik etish, shuningdek, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini o’rganadi.
    Vatanparvarlik (lotincha «patriotes» – vatandosh, «patris» – vatan, yurt) - shaxsning o’zi mansub bo’lgan millat, tugilib o’sgan vatani tarixidan gururlanishi, buguni to’grisida kaygurishi hamda uning porlok istikboliga bo’lgan ishonchini ifoda etuvchi yuksak insoniy fazilat.
    Verbal – bilim (ma’lumot, axborot)larni so’z yordamida (og`zaki) yetkazib berish, ifoda etish.
    Gnoseologiya (yunon tilidan gnosis – bilim, ong, o’rganish) – bilish, ilmiy bilimlarning shakllanishi, xususiyatlari, konuniyatlari, uslublari, ilmiy tafakkur shakllari, shuningdek, insonga xos bo’lgan borlikni anglash kobiliyati hakidagi nazariya, ta’limot.
    Davlat ramzlari - muayyan millat, elatning etnopsixologik xususiyatlari, karashlari, orzu-umidlari, intilishlari va maqsadi, hududiy, ijtimoiy-goyaviy birlik mohiyatini anglatishga xizmat kiluvchi tasviriy belgilar majmui.
    Davlat ta’lim standarti – 1) ta’lim olish shaklidan kat’iy nazar bitiruvchilar erishishlari zarur bo’lgan ta’lim darajasini belgilovchi asosiy hujjat; 2) o’quv fani bo’yicha ta’limning yakuniy natijalarini belgilovchi asosiy hujjat; 3) ta’lim dasturlari mazmunining minimumi, o’quvchilar tomonidan bajariladigan o’quv ishlarining maksimal hajmi, shuningdek, bitiruvchilarning tayyorgarlik darajalariga ko’yiluvchi talablar.

    Download 3,74 Mb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   97




    Download 3,74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qarshi davlat universiteti psixologiya kafedrasi oilaviy nizolar psixologiyasi

    Download 3,74 Mb.