|
Qarshi davlat universiteti psixologiya kafedrasi oilaviy nizolar psixologiyasi
|
bet | 57/97 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 3,74 Mb. | | #246640 |
Bog'liq Оилавий низолар психолгиясиO‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
PSIXOLOGIYA KAFEDRASI
OILAVIY NIZOLAR PSIXOLOGIYASI fanidan
GLOSSARIY
Qarshi-2022
Akademik litsey - o’quvchilarning imkoniyatlari va kizikishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi chukur, sohalashtirilgan, tabakalashtirilgan, kasbga yo’naltirilgan ta’lim olishlarini ta’minlash maqsadida davlat ta’lim standartlariga muvofik o’rta maxsus ta’lim beruvchi, yuridik makomga ega ta’lim muassasasi.
Akademiya - kadrlar tayyorlash va bilimlarning keng sohalari bo’yicha oliy va oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim dasturlarini amalga oshirishga imkon beruvchi, yuridik makomga ega ta’lim muassasasi.
Amaliy ishlar metodi – o’zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda ko’llash ko’nikmalarini shakllantiruvchi usul.
Anomaliya (yunoncha – anomal) - me’yordan, umumiy konuniyatlardan chetlanish, noto’gri rivojlanish.
Anomal bolalarni o’qitish , tarbiyalash va rivojlantirish- korrektsion pedagogi-psixologikning asosiy tushunchasi bo’lib, nuksonning darajasi va tuzilishiga mos keladigan metod hamda vositalar yordamida anomal bolalarni faol ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlash, ularda Fuqarolik sifatlarini shakllantirish.
Axloq (lotincha «moralis» - xulq-atvor ma’nosini bildiradi) - ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya kilinishi zarur bo’lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlari yigindisi.
Axloqiy ong – shaxga axloqiy me’yorlar va xulq-atvor qoidalari to’grisidagi nazariy bilimlarni berish asosida hosil kilinuvchi ong shakli.
Axloqiy tarbiya – muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya kilinishi zarur bo’lgan tartib, odob, o’zaro munosabat, mulokot va xulq-atvor qoidalari, mezonlarini o’quvchilar ongiga singdirish asosida ularda axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko’nikmalari va axloqiy madaniyatni shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy kismi.
Akliy tarbiya - shaxsga tabiat va jamiyat tarakkiyoti to’grisidagi bilimlarni berish, uning akliy (bilish) kobiliyati, tafakkuri va dunyokarashini shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy kismi.
Baynalminallik («inter» – orasida, o’rtasida, aro, «natio» – xalq)– o’zga millat va elatlarning hak-huquqlari, erki, urf-odatlari, an’analari, turmush tarzi, tili hamda vijdon erkinligini hurmat qilish, ularning manfaatlariga ziyon yetkazmaslikni ifoda etuvchi shaxsga xos ma’naviy-axloqiy fazilat.
Bakalavriat - mutaxassisliklar yo’nalishi bo’yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, ta’lim olish muddati kamida to’rt yil davom etadigan tayanch oliy ta’lim.
Bashoratlash - bo’lajak darsni tashkil etilishining turli varianlarini baholash va ulardan kabul kilingan mezonlarga muvofik eng ma’kulini tanlab olish.
Baho – ta’lim oluvchilarga ularning ta’lim olishi, bilimlarni o’zlashtirishga nisbatan ijodiy yondoshishini ragbatlantirish maqsadida ta’sir ko’rsatish vositasi.
|
| |