• Nazorat
  • Nafosat ongi
  • Oila
  • Oila tarbiyasi
  • Oliy ta’lim
  • Metod - yunoncha tarjimasi «tadqiqot, usul, maqsadga erishish yo’li» kabi ma’nolarni anglatadi. Metodika




    Download 3,74 Mb.
    bet65/97
    Sana20.05.2024
    Hajmi3,74 Mb.
    #246640
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   97
    Bog'liq
    Оилавий низолар психолгияси

    Metod - yunoncha tarjimasi «tadqiqot, usul, maqsadga erishish yo’li» kabi ma’nolarni anglatadi.
    Metodika (fan sifatida)– xususiy fanlarni o’qitish ning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganadi.
    Mehnat tarbiyasi - shaxsga mehnatning mohiyatini chukur anglatish, ularda mehnatga ongli munosabat, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat yoki kasbiy ko’nikma va malakalarini shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni; ijtimoiy tarbiyaning tarkibiy kismi.
    Munozara (tarbiya metodi sifatida) - tarbiyalanuvchilarga hissiy-og`zaki ta’sir ko’rsatish asosida ularda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga yo’naltirilgan bahs-munozara usuli.
    Nazorat (ta’lim jarayonida) – ta’lim oluvchining bilim, ko’nikma va malakalari darajasini aniqlash, o’lchash va baholash jarayoni.
    Nafosat didi - shaxsning buyum yoki hodisaga nisbatan munosabat bildirish turi, ob’ektiv nafosat o’lchovi.
    Nafosat madaniyati - go’zallikni his etish, undan zavklanish, mavjud go’zalliklarni asrash va boyitish yo’lida o’zlashtirilgan bilim hamda amalga oshiriladigan nafosat faoliyatini tashkil etish darajasining sifat ko’rsatkichi.
    Nafosat ongi - go’zallik, go’zallikni his etish, uning mohiyatini anglash, nafosat his-tuygusi, nafosat didi kabi tushunchalarning ongda aks etishi.
    Nafosat tarbiyasi (estetik tarbiya- lotincha «estezio» go’zallikni his kilaman) - o’quvchilarni vokelik, tabiat, ijtimoiy va mehnat munosabatlari va turmush go’zalliklarini anglash, idrok etish va to’gri tushunishga o’rgatish, ularning badiiy didini o’stirish, ularda go’zallikka muhabbat uygotish, ular tomonidan go’zallikni yaratish kobiliyatlarini tarbiyalashga yo’naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy kismi.
    Oila – kishilarning nikoh yoki kon-karindoshlik rishtalari, umumiy turmush tarzi, axloqiy mas’uliyat hamda o’zaro yordamga asoslanuvchi kichik guruhi.
    Oilaviy munosabatlar – ota-onalar (yoki bolaning kamoloti uchun mas’ul bo’lgan shaxslar) hamda farzandlar o’rtasida turli yo’nalishlarda tashkil etiluvchi munosabatlar.
    Oila tarbiyasi – ota-onalar (yoki bola kamoloti uchun mas’ul shaxslar) tomonidan tashkil etiluvchi hamda farzandlarni har tomonlama yetuk, soglom etib tarbiyalashga yo’naltirilgan pedagogik jarayon.
    Oligofreniya (yunoncha «olygos» – kam, «phren» - akl) - bu natal (tugilish payti) yoki postnatal (hayotiy rivojlanishning erta bosqichi) davrlarda markaziy nerv tizimining zararlanishi natijasida yuzaga keladigan akliy yoki psixik rivojlanmaslik.
    Oliy ta’lim - o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi negiziga asoslanib, ikki bosqich (bakalavriyat hamda magistratura)da tashkil etiladigan hamda mutaxassisliklar yo’nalishlari bo’yicha xalq xo’jaligining turli sohalariga oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlab beruvchi ta’lim bosqichi.

    Download 3,74 Mb.
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   97




    Download 3,74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Metod - yunoncha tarjimasi «tadqiqot, usul, maqsadga erishish yo’li» kabi ma’nolarni anglatadi. Metodika

    Download 3,74 Mb.