|
Qarshi davlat universiteti psixologiya kafedrasi oilaviy nizolar psixologiyasi
|
bet | 64/97 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 3,74 Mb. | | #246640 |
Bog'liq Оилавий низолар психолгияси Maktabgacha ta’lim - bolaning soglom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlovchi, unda o’qishga intilish hissini uygotuvchi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlovchi hamda bola olti-etti yoshga yetguncha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari va oilalarda amalga oshiriluvchi ta’lim bosqichi.
Maktabgacha ta’lim pedagogi-psixologiksi – maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini o’rganadi.
Maktabdan tashkari ta’lim - madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshka yo’nalishlarda yo’lga ko’yiluvchi, bolalar hamda o’smirlarning ta’limga bo’lgan, yakka tartibdagi, ortib boruvchi talab-ehtiyojlarini qondirish, ularning bo’sh vakti va dam olishini tashkil etish maqsadida tashkil etiladigan ta’lim bosqichi.
Malaka – muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.
Materialni og`zaki bayon qilish metodlari – o’quv materiali mohiyatini ozgaki (hikoya, tushuntirish, maktab ma’ruzasi kabi shakllarda) yoritishda ko’llaniluvchi usullar.
Mafkura (arabcha «mafkura» - naktai nazar va e’tikodlar tizimi, majmui) – jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy karashlar, shuningdek, ma’naviy-axloqiy yuksaklish, ma’rifiy-tarbiyaviy ishlarning rivojini ta’minlovchi, ularning maqsad va yo’nalishlarini aniqlashda yetakchi o’rin tutuvchi goyalar tizimi.
Mashq va o’rgatish (faoliyatda mashqlantirish) metodlari- muayyan mashqyordamida bolalar faoliyatini okilona, maqsadga muvofik va har tomonlama puxta tashkil qilish, ularni axloq me’yorlari va xulq-atvor qoidalarini bajarishga odatlantirish usullari.
Ma’lumot – ta’lim-tarbiya natijasida o’zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil kilingan ko’nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyokarash majmui.
Ma’naviyat (arabcha «ma’naviyat» - ma’nolar majmui) – mohiyatiga ko’ra ijtimoiy tarakkiyotga ijobiy ta’sir o’tkazuvchi falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvur, tushuncha va goyalar majmui.
Ma’rifat – shaxs ongiga ilmiy bilim, axloq qoidalari hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy me’yorlarni singdirish, ta’lim-tarbiyani takomillashtirish, milliy meros va umuminsoniy kadriyatlarni o’rganish, ularni targib etish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar tizimi.
Ma’ruza – yirik hajmdagi o’quv materialini og`zaki bayon qilish shakli.
Menejment – mavjud minimal imkoniyatlardan maksimal natijalarga erishish uchun shaxs (xodim) yoki guruhga ta’sir o’tkazish asosida ularning faoliyatini tashkil etish tamoyillari, shakllari, metodlari va usullari.
|
| |