|
O’z-o’zini tahlil (nazorat) qilish
|
bet | 72/97 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 3,74 Mb. | | #246640 |
Bog'liq Оилавий низолар психолгияси O’z-o’zini tahlil (nazorat) qilish - o’z shaxsi, mavjud fazilatlari, xatti-harakati, xulq-atvorini tahlil qilish, mavjud sifatlarni boyitish yoki salbiy odatlarni bartaraf etishga karatilgan faoliyat usuli.
O’z-o’zini kayta tarbiyalash – shaxsning o’zidagi salbiy odatlar, xarakteridagi zararli sifatlarni yo’kotish, ularni bartaraf etishga karatilgan ichki faoliyati jarayoni.
O’zlashtirish –ta’lim jarayonida ustuvor o’rin tutuvchi ijtimoiy talablarga muvofik shaxs tomonidan muayyan xatti-harakat va xulq usullarining egallanishi.
O’rgatish - tarbiyalanuvchilar ijtimoiy xulq-atvor ko’nikmalari, odatlarini shakllantirish maqsadida rejali va izchil tashkil kilinadigan turli harakatlar, amaliy ishlar.
O’qituvchi (pedagog) – pedagogik, psixologik va mutaxassislik yo’nalishlari bo’yicha maxsus ma’lumot, kasbiy tayyorgarlik va ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega hamda ta’lim muassasalarida faoliyat ko’rsatuvchi shaxs.
Oqish – ma’lum usullar yordamida tashkil etilgan bilimlarni o’rganish jarayoni; o’quvchilar tomonidan o’quv faoliyati usullarini egallab olishga yo’naltirilgan faoliyat.
O’quv dasturi – muayyan o’quv fani bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalar mazmuni, umumiy vaktning mavzularni o’rganilishi bo’yicha taksimlanishi, mavzularning ketma-ketligini belgilash hamda ularning o’rganilish darajasini yorituvchi me’yoriy hujjat.
O’quv rejasi – ta’lim muassasida o’kitiladigan o’quv fanlarining tartibi, ularning o’quv yili bo’yicha taksimlanishi, har bir o’quv faniga ajratiladigan haftalik va yillik o’quv soatlari, shuningdek, o’quv yili tuzilishini belgilovchi me’yoriy hujjat.
O’quv fani – ta’lim muassasalarida o’quvchilarning yosh, idrok etish imkoniyatlariga muvofik ularga muayyan fan sohasi bo’yicha umumiy yoki mutaxassislik bilimlarini berish, ko’nikma va malakalarni shakllantirishni ta’minlovchi manba.
O’quvchilar jamoasi – ijtimoiy-foydali ahamiyat kasb etuvchi umumiy maqsad va birgalikdagi faoliyatga asosan jipslashgan o’quvchilar birlashmasi, guruhi.
|
| |