|
Topshiriq - o’quvchilarda mehnat, ijtimoiy xulq va hayotiy tajriba ko’nikmalarini shakllantirish maqsadida ko’llaniladigan usul.
Tushuntirish
|
bet | 70/97 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 3,74 Mb. | | #246640 |
Bog'liq Оилавий низолар психолгияси Topshiriq - o’quvchilarda mehnat, ijtimoiy xulq va hayotiy tajriba ko’nikmalarini shakllantirish maqsadida ko’llaniladigan usul.
Tushuntirish - o’quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma, takkoslash asosida bayon qilish.
To’garak - o’quvchilarning kizikish va kobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida sinfdan yoki maktabdan tashkari sharoitda uyushtiriluvchi ko’shimcha ta’lim shakli.
Umumiy pedagogi-psixologik – maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish masalalarini o’rganadi.
Umumiy o’rta ta’lim - o’quvchilarning fan asoslari bo’yicha muntazam bilim olishlarini, ularda bilim o’zlashtirish ehtiyojini, asosiy o’quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy va umumbashariy kadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlarni, mehnat ko’nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatda bo’lishni va kasb tanlash ko’nikmalarini shakllantirish bosqichi.
Universitet - kadrlar tayyorlash va bilimlarning keng sohalari bo’yicha oliy va oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi, yuridik makomga ega ta’lim muassasasi.
Usul - muayyan o’quv materialini o’zlashtirishda ko’llanilayotgan asosiy ta’lim metodi bilan birga ikkinchi bir ta’lim metodining ayrim elementlaridan foydalanish.
Faoliyat - shaxs tomonidan tabiiy va ijtimoiy maqsadga muvofik tashkil etiluvchi kundalik, ijtimoiy yoki kasbiy harakatlarning muayyan shakli, ko’rinishi.
Fuqaro – Fuqaroligi huquqiy jihatdan e’tirof etilgan hamda muayyan jamiyat (davlat) a’zosi bo’lgan shaxs.
Fuqarolik – huquqiy va axloqiy me’yorlarga ongli rioya etish, ma’lum huquqlardan foydalanish hamda burchlarni bajarishga mas’ullik bilan yondoshuv, mehnat jarayoni va jamoadagi faollik, ma’naviy yetuklik asosida muayyan davlatga mansublik.
Fuqarolik tarbiyasi – Fuqarolik tushunchasining mohiyatini anglatish orkali o’quvchilarda yuksak darajadagi Fuqarolik madaniyatini shakllantirish, ularni xalq, Vatan, jamiyat uchun fidoiy Fuqarolar etib tarbiyalashdan iborat.
SHaxs - psixologik jihatdan tarakkiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshkalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyokarashga ega bo’lgan jamiyat a’zosi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Topshiriq - o’quvchilarda mehnat, ijtimoiy xulq va hayotiy tajriba ko’nikmalarini shakllantirish maqsadida ko’llaniladigan usul.
Tushuntirish
|