• Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi
  • Hisobga olish
  • Huquqiy ong
  • Huquqiy ta’lim
  • O’quvchilarning o’z-o’zini boshkarishi




    Download 3,74 Mb.
    bet73/97
    Sana20.05.2024
    Hajmi3,74 Mb.
    #246640
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   97
    Bog'liq
    Оилавий низолар психолгияси

    O’quvchilarning o’z-o’zini boshkarishi - o’quvchilarning jamoa faoliyatini uyushtirish va boshkarishdagi faol ishtiroklari.
    O’quv qo’llanmasi – 1) ma’lum o’quv fanlari bo’yicha metodik materiallar, tushuntirishlar, tavsiyalarni yorituvchi hamda o’qituvchi yoki o’quvchilar uchun mo’ljallangan manba; 2) muayyan fan bo’yicha tayyorlangan hamda metodik jihatidan o’quv-tarbiyaviy jarayonda bevosita foydalanish imkonini beruvchi ko’shimcha o’quv materiallari.
    Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi - yoshlarni vatan himoyasi hamda harbiy mudofaaga tayyorlash, ularda favkulotda holatlarda harbiy mudofaani tashkil etish ko’nikma va malakalarini shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon.
    Hikoya – o’qituvchi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa va vokealarning yaxlit yoki kismlarga bo’lib, tasviriy vositalar yordamida obrazli tasvirlash yo’li bilan ixcham, kiska va izchil bayon kilinishi.
    Hisobga olish – ta’limning muayyan davrida o’quvchilar va o’qituvchi faoliyatini umumlashtirish, xulosalash.
    Huquqiy madaniyat – shaxs tomonidan huquqiy bilimlarning o’zlashtirilishi hamda huquqiy faoliyatni tashkil etish darajasining sifat ko’rsatkichi.
    Huquqiy ong - muayyan jamiyatning moddiy hayot tarzi bilan belgilanadigan tasavvur, idrok, tafakkur va e’tikodlar tizimi bo’lib, ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida murakkab tuzilishga ega.
    Huquqiy tarbiya - shaxs tomonidan o’zlashtirilgan nazariy-huquqiy bilimlar negizida huquqiy faoliyatni tashkil etish ko’nikma va malakalarini hosil qilish, unda ijobiy huquqiy sifatlarni karor toptirish va huquqiy madaniyatni shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon.
    Huquqiy ta’lim - o’quvchilarga huquqiy me’yorlar, konunlar hamda ijtimoiy-huquqiy munosabatlar mohiyati to’grisidagi tizimlangan bilimlarni berish, ularda huquqiy bilimlarni egallashga bo’lgan ehtiyojni yuzaga keltirish, huquqiy ongni shakllantirish jarayoni.
    Huquqiy faoliyat - huquqiy me’yorlar, konunlar talablariga nisbatan ongli yondashish, ularga kat’iy va ogishmay amal qilish, konunlarni hurmat qilish, ularni shaxs erkini himoya qilish kafolati sifatida e’tirof etish, huquqiy munosabatlar jarayonidagi faol ishtirokni tashkil etishga yo’naltirilgan amaliy xatti–harakatlar majmui.

    Download 3,74 Mb.
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   97




    Download 3,74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’quvchilarning o’z-o’zini boshkarishi

    Download 3,74 Mb.