|
Qarshi davlat universiteti psixologiya kafedrasi oilaviy nizolar psixologiyasi
|
bet | 68/97 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 3,74 Mb. | | #246640 |
Bog'liq Оилавий низолар психолгияси Tarbiya jarayoni - o’qituvchi va o’quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o’rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo’naltirilgan samarali hamkorlik jarayoni.
Tarbiya mazmuni - shaxsning shakllanishiga ko’yiluvchi ijtimoiy talablar mohiyati.
Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» – yo’l) – tarbiya maqsadiga erishish yo’li; tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuygulari va xulqiga ta’sir etish usullari.
Tarbiya nazariyasi – pedagogi-psixologikning muhim tarkibiy kismi; tarbiyaviy jarayon mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari hamda uni tashkil etish muammolarini o’rganadi.
Tafakkur (ijtimoiy vokea-hodisalarning ongda to’lakonli aks etishi, inson akliy faoliyatining yuksak shakli).
Tashhis –didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilash.
Ta’lim – o’quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirish, ularning bilish kobiliyatlarini o’stirish va dunyokarashlarini tarbiyalashga yo’naltirilgan jarayon.
Ta’lim va tarbiya mazmuni – shaxsning akliy va jismoniy kobiliyatini har tomonlama rivojlantirish, dunyokarashi, odobi, xulqi, ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlik darajasini shakllantirish jarayonining mohiyati.
Ta’lim vositalari – ta’lim samaradorligini ta’minlovchi ob’ektiv (darslik, o’quv qo’llanmalari, o’quv kurollari, xarita, diagramma, plakat, rasm, chizma, dioproyektor, magnitafon, videomagnitafon, uskuna, televizor, radio, kompyuter va boshkalar) va sub’ektiv (o’qituvchining nutki, namunasi, muayyan shaxs hayoti va faoliyatiga oid misollar va hokazolar) omillar.
Ta’lim jarayoni – o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni o’zlashtirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon.
Ta’lim menejeri – ta’lim muassasasi faoliyatini zamonaviy menejment konuniyatlariga muvofik boshkaruvchi mutaxassis.
Ta’lim metodlari – ta’lim jarayonidako’llanilib, uning samarasini ta’minlovchi usullar majmui.
|
| |