ketidan keladi, lekin T tishigacha yetib bormaydi. Koronar sinusining ritmi
(maromi). Impulsatsiya manbai (peysmeker) o‘ng yurak bo‘lmachasining quyi
qismida, koronar sinus og‘zining yonida joylashgan.
EKG da R tishi QRS
kompleksidan oldin keladi,
lekin II, III, aVR tarmoqlarida musbat va aVL
tarmog‘ida manfiy bo‘ladi. R-Q intervali, odatdagidek, qisqargan bo‘ladi.
Ritm (marom) manbai migratsiyasi –
uning sinus tugunidan yurak
bo‘lmachasi-qorincha yo‘nalishi bo‘yicha, so‘ng yana orqaga ko‘chishi sinus
tugunining avtomatizmining
pasayishidan dalolat beradi, lekin parasimpatik asab
tizimi tonusi oshganda sog‘lom bolalarda ham kuzatilishi mumkin.