– apparat stol, karavot ustida shunday joylashtiriladiki, bolaning yuragi, qo‘li,
shkalaning ―nol‖ ko‘rsatkichi va manjetkasi bir xil gorizontal sathda bo‘ladi
(elektron tonometrdan foydalanganda oxirgi aytib o‘tilgan 2 ta ko‘rsatkich
majburiy emas);
– manjetka havodan butunlay bo‘shaydi, tirsak chuqurchasidan 2 sm yuqoriroq
yelkaga shunday yotqiziladiki, uning ostiga 1–2 barmoqni olib borish mumkin
bo‘ladi;
– bolaning qo‘li stol ustida kafti bilan tepaga qarab yotadi, mushaklari bo‘shashgan
holatda;
– palpatsiya usulida yelka arteriyasining tirsak chuqurchasidagi lokalizatsiyasi
aniqlanadi;
– yelka arteriyasi o‘rniga fonendoskop rastrubi bosib qo‘yiladi va manjetkaga
arteriya pulsatsiyasi to‘xtab qolgan sathdan simob ustunining 40–50 mm ga
yuqoriroq sathgacha havo to‘ldiriladi;
– so‘ng manjetkada bosim asta-sekin pasayadi – uskultativ va visual ravishda
simob ustunida baland ovozli, kuchli tonlar paydo bo‘lishi va yo‘q bo‘lishi
tegishligicha sistolik va diastolik bosim) vaqti qayd qilinadi.
Tananing pastqi qismida (oyoqlarda) AB ni o‘lchash usuli yuqorida
ta’riflanganga o‘xshash, faqat bola qornida yotgan holatda rastrub tizzaosti
arteriyaga bosib qo‘yiladi. Normal holatda yangi tug‘ilgan chaqaloqda tananing
tepa va past qismlarida (qo‘llarda va oyoqlarda) bosim simob ustunining 70/35 mm
ga teng.
12 oylik sog‘lom bolada tananing tepa qismida (qo‘llarida) AB normal
holatda: sistolik bosim – simob ustunining 90 mm ga teng;
diastolik bosim — simob ustunining 60 mm ga teng (yoki sistolik bosimning 1/2–
2/3 qismi).
Shunday qilib, bu holat shunday ko‘rinishda yoziladi: AB = 90/60 mm rt. st.
Katta yoshdagi bolalarda tananing yuqori qismida (qo‘llarda): sistolik bosim = 90
+ 2p, diastolik bosim = 60 + p, bunda p — bolaning yoshi (15 yoshgacha).