• Cho‘qqi turtishini baholashda quyidagi mezonlar aniqlanadi
  • Yurak turtkisini baholashda quyidagi mezonlar aniqlanadi
  • Qarshi davlat universiteti tibbiyot fakulteti davolash va pediatriya ishi kafedrasi




    Download 1,24 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet30/109
    Sana15.11.2023
    Hajmi1,24 Mb.
    #99164
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   109
    Bog'liq
    BKP 5 semestr

    Palpatsiya usuli:
    – bemor tepaga qarab yotgan holatda bo‘ladi;
    – shifokor bolaning o‘ng tomonida o‘tiradi;


    – o‘ng qo‘lining kafti butun yuzasi bilan ko‘krak qafasining chap yarmiga yurak 
    qismiga panjalar bilan ko‘krak suyagiga qarata, barmoqlar qovurg‘alar oralig‘i 
    bo‘ylab old tomon qo‘ltiqosti chizig‘i bo‘ylab qo‘yiladi; shu asnoda yurak turtkisi 
    aniqlanadi;
    – so‘ng yurak cho‘qqisi turtishini aniqlash uchun shu qo‘l barmoqlarining chekka 
    bo‘g‘imlari qovurg‘alar oraliqlari bo‘ylab tashqi tomondan ichki tomonga ko‘krak 
    suyagi tomon maksimal turtish aniqlanmagunga qadar yurgiziladi. Cho‘qqi turtishi 
    lokalizatsiyasi va uning to‘g‘risidagi ma’lumotlar 2–3 barmoqlar uchlari bilan 
    aniqlanadi.
    Cho‘qqi turtishini baholashda quyidagi mezonlar aniqlanadi:
    I) chuqqi turtishi lokalizatsiyasi – ushbu ko‘rsatkich bolaning yoshi hamda 
    bemorning holatiga bog‘liq bo‘ladi;
    2) tarqalganligi (maydoni) — cho‘qqi turtishining normal maydoni 1x1 sm, 
    kattaroq yoshdagi bolalarda - 2x2 sm; 
    3) cho‘qqi turtishi balandligi (miqdori) sistola vaqtida qovurg‘alar oraliqlari 
    tebranishi amplitudasi bo‘yicha baholanadi;
    4) cho‘qqi turtishi rezistentligi (kuchi) subyektiv jihatdan sistola vaqtida ko‘krak 
    qafasi devori bo‘rtib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ishlatish zarur bo‘lgan kuch 
    miqdori (yoki bu shifokor palpatsiya vaqtida barmog‘i bilan sezadigan bosim) 
    bilan aniqlanadi. 
    Yurak turtkisini baholashda quyidagi mezonlar aniqlanadi:
    – tarqalganligi — yurak qorinchalarining o‘lchamiga mos bo‘ladi;
    – kuch (cho‘qqi turtishi kuchini aniqlashda bo‘lgani kabi aniqlanadi).
    Shunday qilib, cho‘qqi turtishi – bu faqat yurakning cho‘qqisining (maydoni 
    kichik) ko‘krak qafasiga urishi, yurak turtkisi esa – bu yurak qorinchalarining 
    urishidir (maydoni kattaroq).
    Palpatsiya orqali vizual yo‘l bilan aniqlab bo‘lmaydigan yashirish yurak 
    shishlari aniqlanadi. Buning uchun ko‘rsatkich yoki o‘rta barmoq bilan boldirning 
    old yuzasi qismidagi teriga asta bosish va barmoqni olib qo‘yish kerak. Normal 
    holatda teri shu zahotiyoq tekislanadi. Agar bosish natijasida paydo bo‘lgan 


    chuqurcha bosish tugagandan keyin qandaydir vaqt davomida saqlanib tursa, bu 
    holat yashirish yurak shishlaridan darak beradi. Ikkilanadigan holatda shundan 
    so‘ng barmoq uchi bilan boldir terisi bo‘ylab yuqoridan pastga yurgizish lozim – 
    shunda his etiladigan chuqurcha ham shishlar mavjudligining alomati hisoblanadi.
    Perkussiya 
    Yurak perkussiyasi uning chegaralari va o‘lchamlarini aniqlashga imkon 
    beradi. Yurakning old yuzasining kichik ichki qismigina bevosita ko‘krak qafasiga 
    yopishibturadi. Ushbu zona chegaralari mutlaq yurak to‘mtoqligi chegarasi deb 
    nomlanadi. Yurakning old yuzasining qolgan qismi o‘pka bilan yopilgan. Ushbu 
    chegarani, ya’ni yurakning haqiqiy o‘lchamlarini aniqlash yurakning nisbiy 
    to‘mtoqligi chegarasini belgilashdan iborat. Erta yoshdagi bolalarda perkutor 
    jihatdan mutlaq yurak faoliyatining to‘mtoqligi ko‘p hollarda aniqlanmaydi, shu 
    bois amalda asosiy diagnostik ko‘rsatkich nisbiy yurak to‘mtoqligining chegaralari 
    hisoblanadi.

    Download 1,24 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   109




    Download 1,24 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qarshi davlat universiteti tibbiyot fakulteti davolash va pediatriya ishi kafedrasi

    Download 1,24 Mb.
    Pdf ko'rish