• Teri qoplamalarining rangi
  • Yurak genezi shishlari
  • Bolaning jismoniy va asabiy-ruhiy rivojlanishi




    Download 1,24 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet26/109
    Sana15.11.2023
    Hajmi1,24 Mb.
    #99164
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   109
    Bog'liq
    BKP 5 semestr

    Bolaning jismoniy va asabiy-ruhiy rivojlanishi: 
    – erta yoshdagi bolalarda rivojlanish to‘xtab qolishi te-tez uchraydigan alomat 
    hisoblanadi; kasallik qanchalik eski bo‘lsa, bola tanasining og‘irligi va bo‘yi 
    bo‘yicha shunchalik orqada qoladi;
    – gavda nomutanosibligi (disproporsiya) koarktatsiyaning ya’ni aorta torayishining 
    patognomonik alomatlaridan biri hisoblanadi va bunda maktab yoshidagi bolaning 


    boshi va yuqori qismilari (qo‘llari) yirik bo‘lib, tos va quyi qismi (oyoqlari) 
    yetarlicha rivojlanmagan bo‘ladi.
    Teri qoplamalarining rangi: 
    – rangi o‘chganligi (kollaps, yurak nuqsoni va arterio-venozli shunti; – sianoz — 
    sindromi gipoksemiya bilan ifodalanadi, biroq nafas organlari kasallanganda teri 
    rangining ko‘karishiga respirator holati sabab bo‘lsa, yurak-tomir tizimi 
    patologiyasida bunday ko‘karish sirkulyatorli genez sababli yuzaga keladi. Oxirgi 
    aytilgan holatda gemodinamika buzilishi sianozga olib keladi – vena-arterial 
    shuntli yurak nuqsoni uning klassik varianti hisoblanadi;
    • sianoz umumiy va mahalliy (lokal) bo‘ladi;
    • sianoz holatida terining rangi turli tusda bo‘lishi mumkin – binafsha, moviy rang 
    va h.k., va bu yurak nuqsoniga bog‘liq. Aorta koarktatsiyasi va torayish joyidan 
    pastroqdagi Botallov irmog‘i – bu sianoz paydo bo‘lishi misolidir; shunda vena 
    qoni yo‘lakdan aortaga quyiladi va bu tananing pastki qismiga aralashgan qon 
    kelib tushishi va teri sianozi paydo bo‘lishiga olib keladi. Terida paydo bo‘lgan 
    turli toshmalar – bu revmatik bezgak (isitma) alomatidir.
    ―Baraban tayoqchalari‖ va ―soat oynalari‖ belgilari – qon aylanishi surunkali 
    yetishmovchilining alomati hisoblanadi; 
    Yurak genezi shishlari: 
    – avval oyoq kaftlarida paydo bo‘ladi;
    – kichkina bolalar va og‘ir kasallarda yuzaga keladi, agar ular gorizontal holatda 
    bo‘lsalar, yana bel va dumg‘aza qismida ya’ni tananing quyidagi qismlarida paydo 
    bo‘ladi;
    – bolalarda – moyak xaltasi qismida;
    – aytib o‘tilgan joylardan tashqari, bemorning ahvoli yomonlashganda shishlar 
    boldir, sonda uchraydi, yuz biroz shishib qoladi, assit va gidrotoraks rivojlanadi: 
    anasarka – ya’ni butun tananing umumiy shishib qolishi yuzaga keladi;
    – shishlar joyi bemorning holatiga bog‘liq – agar bola ko‘p vaqt bir biqinida yotsa, 
    shishlar pastroq joylashgan tomonga ko‘chadi;
    – yurak bilan bog‘liq shishlarni buyrak shishlari bilan tabaqalashtirish lozim:


    • yurak shishlari teri sianozi bilan birikadi, jismoniy yuklanishda paydo bo‘ladi va 
    kuchayadi, kunning oxirida payqaladi va tunda uxlagandan keyin pasayadi; 
    shishlar zich bo‘ladi (bosganda paydo bo‘ladigan chuqurcha sekin tekislanadi): 
    tana holati o‘zgarmasa, shishlar ko‘chmaydi; bemorning ahvoli yomonlashganda 
    shishlar pastdan tepaga tarqaladi, ya’ni avval oyoq kaftlarida, so‘ng esa oyoqlar va 
    tanaga tarqaladi;
    • buyrak shishlari terining rangi o‘chgan sharoitlarda rivojlanadi, ko‘z qovoqlari 
    shishgan shakldagi ilk alomatlar ertalab paydo bo‘ladi, kun davomida pasayadi 
    yoki yo‘q bo‘lib ketadi; bunday shishlar yumshoq bo‘ladi (bosganda paydo 
    bo‘ladigan chuqurcha tezda tekislanadi): tana holati o‘zgardi – shishlar ko‘chdi: 
    bemor ahvoli yomonlashganda shishlar tepadan pastga tarqaladi, ya’ni qovoqlar 
    shishgandan keyin tana pastki qismlarining shishlari rivojlanadi.
    Yurak cho‘qqisining turtishi — bu har bir sistola vaqtida yurakning uchi ko‘krak 
    qafasi devorining kichik qismiga urib turishi. Yurak cho‘qqisining turtishi kuchsiz 
    pulsatsiya shaklida deyarli barcha bolalarda vizual (ko‘z bilan ko‘rib) aniqlanadi.
    Ba’zan qovurg‘alar oralig‘i tor bo‘lganda yoki teri ostidagi yog‘ qatlami 
    kletchatkasi ancha qalin bo‘lganda semiz bolalarda yurak cho‘qqisining turtishi 
    vizual yo‘l bilan aniqlanmaydi. Aksincha: gipotrofiyada va ozg‘inlikda, jismoniy 
    zo‘riqishdan keyin, emotsional ta’sirlanish holatida bunday turtish kuchli 
    pulsatsiya ko‘rinishida bo‘ladi.

    Download 1,24 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   109




    Download 1,24 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bolaning jismoniy va asabiy-ruhiy rivojlanishi

    Download 1,24 Mb.
    Pdf ko'rish