• Kasallikning anamnezi
  • Hayot anamnezi
  • Erta yoshdagi bolalar kasallanganda shikoyatlarni yig‘ishda ko‘p




    Download 1,24 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet24/109
    Sana15.11.2023
    Hajmi1,24 Mb.
    #99164
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   109
    Bog'liq
    BKP 5 semestr

    Erta yoshdagi bolalar kasallanganda shikoyatlarni yig‘ishda ko‘p 
    ma’lumot olinmaydi. E’tiborli ota-onalar quyidagi buzilishlarni ta’kidlashi 
    mumkin:
    – bola birdaniga qichqirishi, bezovtalanishi so‘ng bu holat tinchlanishga almashib 
    qolishi, davomli sustlik va rangi o‘chganlik kuzatilishi;
    – emish jarayoni buzilishi: chaqaloq ona ko‘kragini emishni boshlaydi, lekin 
    birozgina vaqt o‘tgach to‘xtaydi, u toliqanligi, nafasi siqilishi alomatlari paydo 
    bo‘ladi; biroz dam olgach yana emishni boshlaydi, lekin bu ham qisqa vaqt davom 
    etadi;
    – nafas siqilishi-sianotik xurujlar — birdaniga rangi o‘chishi, nafas yetishmasligi 
    va yig‘lash sianoz, xushini yo‘qotish, apnoe va talvasa bilan almashadi;
    – kuchli terlash, ba’zan tana harorati ko‘tarilishi;
    – teri qoplamalarining sianozi va rangi o‘chishi.
    Kasallikning anamnezi 
    Kasallik anamnezini yig‘ishda ota-onalardan uning rivojlanish dinamikasi 
    to‘g‘risida batafsil ma’lumot so‘rash lozim: ilk bor qachon va qanday alomatlar 
    paydo bo‘ldi, ular qanday o‘zgardi (masalan, agar ota-onalar shovqin borligini 
    bilsalar, ushbu alomatning xususiyatlarini qayd qilish kerak: paydo bo‘lish vaqti, 
    shovqini qanday, uning dinamikasi va h.k.) yuzaga kelgan qo‘shimcha alomatlar. 
    Bola qachon va qayerda davolanganligi, qanday dori vositalari qo‘llanilganligi, 
    ularning samaradorligi, dori qabul qilish davomiyligini aniq bilib olish kerak. 
    Bajarilgan tekshirishlar (EKG, FKG, UZI va h.k.) natijalarini diqqat bilan ko‘rib 
    chiqish, ularning dinamikasini solishtirish lozim.


    Hayot anamnezi 
    Yurak-tomir tizimi xastalanganda hayot anamnezini yig‘ish alohida 
    ahamiyatga ega. Bolalik yoshida yurak patologiyasi tug‘ma genezga ega bo‘lishi 
    yoki 
    miokardning 
    shikastlanishiga 
    olib 
    kelgan 
    ko‘pgina kasalliklar 
    murakkablashuvi shaklida rivojlanishi mumkin. Akusherlik anamnezini yig‘ish 
    jarayoni 
    juda 
    sinchiklab 
    o‘tkazilishi kerak: homiladorlik toksikozlari, 
    nefropatiyalar, toksoplazmoz, onaning yuqumli kasalliklari, kasbiy zararliklar – 
    bularning barchasi yurakning tug‘ma xastaliklariga sabab bo‘lishi mumkin. 
    Maktabgacha va maktab yoshida yurak-tomir tizimining patologiyasi o‘tkir va 
    surunkali infeksiyalar, allergik kasalliklar murakkablashuvlari shaklida rivojlanishi 
    mumkin. Maktab yoshidagi bolalarda revmatik bezgak (isitma) eng ko‘p 
    uchraydigan shikastlanish hisoblanadi. 

    Download 1,24 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   109




    Download 1,24 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Erta yoshdagi bolalar kasallanganda shikoyatlarni yig‘ishda ko‘p

    Download 1,24 Mb.
    Pdf ko'rish