• YURAK-TOMIR TIZIMINI TEKSHIRISH USULI Shikoyatlarni yig‘ish.
  • Qarshi davlat universiteti tibbiyot fakulteti davolash va pediatriya ishi kafedrasi




    Download 1,24 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet23/109
    Sana15.11.2023
    Hajmi1,24 Mb.
    #99164
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   109
    Bog'liq
    BKP 5 semestr

    Arterial bosim. Bir yoshli bolalarda yurakning qon haydash kuchi katta 
    bo‘lmaganligi, qon tomirlarining kesimi birmuncha kengligi va arteriyalar 
    devorlari juda moslashuvchanligi sababli, arterial bosim darajasi nisbatan past 


    bo‘ladi. Arterial bosim darajasi ko‘pincha Korotkov tovushli usuli bilan tonometr 
    yordamida aniqlanadi. Shunda bolaning yoshiga mos bo‘lgan manjetkalar 
    qo‘llaniladi: bir yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun manjetkaning o‘lchami 3,5x7 sm 
    bo‘lishi kerak. Yangi tug‘ilgan chaqaloqda qon bosimining maksimal darajasi o‘rta 
    hisobda simob ustunining 66–76 mm ga, minimal darajasi simob ustunining 34–36 
    mm ga teng. Bola bir yoshli bo‘lgunicha maksimal qon bosimi darajsi har oyda 
    o‘rta hisobda simob ustunining 1 mm gacha o‘sib boradi. Bola umrining bu 
    davrida maksimal qon bosimi darajasini taxminan baholash uchun quyidagi 
    formuladan (V.I.Molchanov bo‘yicha) foydalanish mumkin: X=70+P, bunda X – 
    bu maksimal bosim, 70 – yangi tug‘ilgan chaqaloqning o‘rta hisobdagi maksimal 
    qon bosimi darajasi, P – bolaning oylar hisobidagi yoshi. Minimal bosim darajasi 
    maksimal darajaning 1/2–2/3 qismini tashkil qiladi.
    YURAK-TOMIR TIZIMINI TEKSHIRISH USULI 
    Shikoyatlarni yig‘ish.
    Katta yoshdagi bola quyidagilar yuzasidan shikoyat qiladi: - yurak qismida 
    og‘riqlar mavjud. Bu holatda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:
    • og‘riqlar xususiyati — o‘tkir, zirqiragan, achchiq, sanchiqli;
    • paydo bo‘lishi vaqti — tunda, kunduzi yoki doimo, asabiy-ruhiy, jismoniy 
    zo‘riqish yoki xotirjam holatda;
    • og‘riqlar bemorning holatiga boqligi — turayotganda, chap tomonda yoki o‘ng 
    tomonda yotganda og‘riq o‘zgaradi;
    • og‘riqning irradiatsiyasi — ayniqsa chap qo‘lga;
    • dori vositalarini qabul qilganda o‘zgarish ehtimoli mavjudligi va h.k.;
    – bemor yuqoriga harakatlanayotganda og‘ir nafas olish orqali namoyon 
    bo‘ladigan yurak va nafas siqilishi kuzatilishi, ingrash (inglizchada moan, groan) 
    bilan kechishi mumkin;
    – seziladigan (inglizchada perceptible) yurak urishi (xotirjam holatda yoki 
    jismoniy yuklanma mavjudligida);
    – rangi o‘chgan, teri qoplamalari sianozi; ular qanday sharoitlarda paydo bo‘lishi, 
    ularning xususiyatlarini aniqlash lozim; 


    – yirik va mayda bo‘g‘imlar qismidagi og‘riqlar;
    – pastki qismlar (oyoqlar) va tananing boshqa qismlari shishi;
    – arterial bosim (AB) oshganda o‘tkir bosh og‘rishi, bosh aylanishi, ko‘ngil 
    aynishi, qayd qilish.
    Umumiy xususiyatlarga ega bo‘lgan shikoyatlar: tana harorati ko‘tarilishi, 
    toliqish, bemadorlik, bosh og‘rishi, xotira buzilishi, ishtaha pasayishi, tana 
    og‘irligining kamayishi va h.k.

    Download 1,24 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   109




    Download 1,24 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qarshi davlat universiteti tibbiyot fakulteti davolash va pediatriya ishi kafedrasi

    Download 1,24 Mb.
    Pdf ko'rish