• 2-mavzu: Homilada qon aylanishi. Tug‘ilgandan keyin qon aylanish jarayoni. Bolalarda yoshiga qarab gemodinamik ko‘rsatkichlari
  • Qarshi davlat universiteti tibbiyot fakulteti davolash va pediatriya ishi kafedrasi




    Download 1,24 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet19/109
    Sana15.11.2023
    Hajmi1,24 Mb.
    #99164
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   109
    Bog'liq
    BKP 5 semestr

    Bronxofoniya – ovozni bronxlardan ko‘krak qafasiga o‘tkazadi va auskultatsiya 
    yordamida aniqlanadi. Bronxofoniya albatta o‘pkaning simmetrik qismlari ustida 
    tekshiriladi. Shivirlab gapirishdan foydalanish mumkin va bu yanada ta’sirchan 
    usul hisoblanadi.
    Bronxofoniyani tekshirish uchun bemordan imkon qadar past ovozda (past tondagi 
    tovushlar yaxshiroq uzatiladi) ―sh va ―ch harflari mavjud bo‘lgan (masalan, 
    ―choy, ―shashka) oddiy va aniq so‘zlarni talaffuz qilish iltimos qilinadi. Normal 
    holatda so‘zlashuv nutqi aniq eshitilmaydi. Kuchli bronxofoniya o‘pka 
    zichlvshganda (pnevmoniya, sil), atelektazada kuzatiladi. Olib keluvchi bronx 
    bekilib qolmagan bo‘lsa, kavernalar va bronxoektatik bo‘shliqlar ustida ham 


    bronxofoniya metall tovushli baland tonda eshitiladi. O‘pka to‘qimasi 
    zichlashganda kuchli bronxofoniya tovush yaxshi o‘tkazilishi sababli, 
    bo‘shliqlarda esa – rezonans tufayli yaxshi eshitiladi. Xuddi shu sababli 
    bronxofoniya ochiq pnevmotoraksli bemorda ham kuchaygan bo‘lishi mumkin. 
    2-mavzu: Homilada qon aylanishi. 
    Tug‘ilgandan keyin qon aylanish jarayoni. Bolalarda yoshiga qarab 
    gemodinamik ko‘rsatkichlari 
    BOLALARNING YURAK-TOMIR TIZIMI EMBRIOGENEZ 
    Odam embrioni rivojlanishining 2-haftasi oxirida homila trofoblastining 
    mezodermal qatlamidan uning yuragi va qon tomirlariga asos solinadi. 3-haftaning 
    oxiridan boshlab ikkita endokardial naychalardan yagona ikki qatlamli yurak 
    naychasi (naychali yurak) shakllanib, uning ichki qatlamidan endokard, tashqi 
    qatlamidan esa –miokard va epikard hosil bo‘ladi. 4-haftaning o‘rtasiga kelib yurak 
    ikki kameraliga (yurak bo‘lmachasi va qorinchalar qismlari) aylanadi. Yurakning 
    o‘ng va chap tomonga bo‘linishi gestatsiyaning 3-haftasidan boshlanadi. Yurak 
    bo‘lmachasida birlamchi to‘siq paydo bo‘ladi, uning orqa tomonida esa oval 
    shaklidagi teshik mavjud. Qorinchalar orasidagi parda homila rivojlanishining 5-
    chi haftasida yurak uchidan boshlab umumiy yurak bo‘lmachasi-qorincha teshigi 
    yo‘nalishi tomon endokard va miokarddan shakllanadi. Ayni shu davrda yurak 
    bo‘lmachasi va vena sinusini ajratib qo‘yuvchi uchinchi parda shakllanadi. 
    7–8-haftaning oxirida to‘rt kameraliga aylanadi, shu vaqtning o‘zida 
    umumiy arterial stvol shakllanadi va u keyinchalik arterial bo‘g‘oz (proliv) orqali 
    ulangan aorta va o‘pka arteriyasining bosh stvoliga ajraladi. Klapanlar yurak 
    pardalari paydo bo‘lgandan keyin endokard duplikaturasi sifatida shakllanadi. 
    Yurak va magistral tomirlarning tarkibiy shakllanishi homila rivojlanishining 7–8-
    chi haftasida yakunlanadi. Sodda yurak gestatsiyaning 22-kunidan shakllana 
    boshlaydi. Embriogenezning dastlabki haftalarida yurakning o‘tkazuvchi tizimi 
    shakllana boshlaydi: sinus – yurak bo‘lmachasi tuguni (Kis – Flek), yurak 
    bo‘lmachasi – qorincha tuguni (Ashoff - Tavari), Gis tutami va Purkinye tolalari. 


    Embrional davrda ―qo‘shimcha tolalar ham kuzatilib, 02% holatlarda yangi 
    tug‘ilgan chaqaloqlarda saqlanib qoladi. Bular Kent tolalari (yurak bo‘lmachalari 
    va qorinchalari orasida), Jeyms bog‘lami (yurak bo‘lmachasini atrioventrikulyar 
    tugunining umumiy oyoqchasi bilan ulaydi). Maxaym bog‘lami – atrioventrikulyar 
    tugun va qorinchalar miokardlari orasida. 

    Download 1,24 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   109




    Download 1,24 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qarshi davlat universiteti tibbiyot fakulteti davolash va pediatriya ishi kafedrasi

    Download 1,24 Mb.
    Pdf ko'rish