• Kuchli nafas olish quyidagi holatlarda kuzatiladi
  • Dag‘al nafas
  • Nafasning patologik o‘zgarishlari




    Download 1,24 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet18/109
    Sana15.11.2023
    Hajmi1,24 Mb.
    #99164
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   109
    Bog'liq
    BKP 5 semestr

    Nafasning patologik o‘zgarishlari
    Sust nafas quyidagi holatlarda kuzatiladi:
    – nafas olishning umumiy harakati kuchsizlanganda va alveolalarga havo kelishi 
    kamayganda (hiqildoq, traxeya kuchli torayishi, nafas mushaklarining parezi va 
    h.k.);
    – bekilib (to‘silib) qolishi (begona jism bilan) yoki bronx bosilib qolishi (shish 
    sababli va h.k.) - atelektaz natijasida tilcha qismining ma’lum qismiga yoki 
    tilchaning o‘ziga havo o‘ta olmay qolishi;
    – bronxlar kuchli siqilishi, bronxlar shishib qolishi va ularning oralig‘ida 
    shilimshiq to‘planib qolishi sababli yuzaga kelgan obstruksiya sindromi;
    – o‘pkaning bir qismi bir nima bilan surib qo‘yilganda – plevrada suyuqlik 
    to‘planib qolganda (ekssudativ plevrit), havo to‘planib qolganda (pnevmotoraks); 
    shunda o‘pka ichkariga kirib qoladi, nafas olayotganda alveolalar yozilmay qoladi;
    – alveolalar devorlari rigidligi (kam harakat) holatida (emfizema) o‘pka to‘qimasi 
    elastikligini yo‘qotadi;


    – infiltratsiya va zichlatishsiz o‘pka alveolalarining faqat elastik funksiyalari 
    buzilganda o‘pkada yallig‘lanish jarayoni boshlang‘ich yoki yakuniy bosqichda 
    bo‘lganda;
    – plevra (ekssudat shimilib ketganda) yoki ko‘krak qafasining tashqi qatlamlari 
    kuchli qalinlashganda (semirish).
    Kuchli nafas olish quyidagi holatlarda kuzatiladi:
    – mayda va eng mayda bronxlar yallig‘langanda yoki siqilganda (astma xuruji, 
    bronxiolit) ular toraygan holatda (nafas kuchayishi nafas chiqarish hisobiga ro‘y 
    beradi);
    – sog‘lom o‘pka tomonida kompensatorli kuchayish holatidagi isitma (alahlash) 
    bilan kechadigan kasalliklarda, boshqa tomondagi o‘pkada patologik o‘zgarishlar 
    yuzaga kelganda.
    Dag‘al nafas – bu nafas chiqarish jarayoni uzaygan dag‘al vezikulyar nafas. 
    Odatda bu mayda bronxlar shikastlanganligidan darak beradi va bronxit
    bronxopnevmoniyaga chalingan holatda kuzatiladi. Bunday xastaliklarda 
    yallig‘lanish ekssudati bronxlar oralig‘ini toraytiradi, bu esa o‘z navbatida shu 
    turdagi nafasni yuzaga keltiradi. Patologik holatlarda bronxial nafas faqat o‘pka 
    to‘qimasi (segmentari lobar pnevmoniyalari, o‘pka abssessi) zichlashgan 
    holatlardagina eshitiladi.
    Bronxial nafas kuchsizlangan (o‘pka ekssudat bilan bosib qolinganda) va xuddi 
    uzoqdan eshitilayotgandek bo‘lishi mumkin. Zichlanish o‘choqlari o‘pka 
    to‘qimasiga chuqur joylashganda va va shu to‘qima bilan yopilganda, birmuncha 
    dag‘alroq va bronxial nafasga yaqinlashadigan uzun nafas chiqarish (bronxial 
    tusdagi nafas) eshitiladi. Bronxial nafas amforik turda bo‘lishi mumkin (devorlari 
    silliq bo‘shliqlar – kavernalar, bronxoektazlar va h.k.).
    O‘pkadagi xirillash qo‘shimcha shovqinlar hisoblanadi va sekret, qon, shilimshiq, 
    shish suyuqligi va shu kabilarning havo o‘tadigan bo‘shliqlarida harakatlanishda 
    yoki tebranishda paydo bo‘ladi. Xirillashlar quruq va nam bo‘ladi. Quruq 
    xirillashlar: g‘uvildoq – diskantli, yuqori va bas, past tonli, birmuncha musiqali 
    bo‘ladi. Oldin aytilganlari bronxlar, ayniqsa maydalari, torayganda ko‘proq 


    uchraydi, ikkinchi aytilganlari quyuq balg‘am ayniqsa rezonans beruvchi yirik 
    bronxlarda tebranishi natijasida hosil bo‘ladi. Ular paydo bo‘lishida suyuqlik katta 
    rol o‘ynamasligi uchun bunday xirillashlar quruq deyiladi. Ular beqarorligi va 
    o‘zgaruvchanligi bilan ajralib turadi, laringit, faringit, bronxit, astma kasalliklarida 
    uchraydi. Laringeal va traxeal xirillashlar xususiyatlari shundan iboratki, ular bir 
    kalibrli, xuddi quloq ostida bo‘layotgandek eshitiladi va ikkala tomondan ham 
    eshita olish mumkin. Nam xirillashlar havo suyuqlik orqali o‘tganida paydo 
    bo‘ladi. Xirillashlar paydo bo‘ladigan joyning bronx kalibriga qarab, ular mayda 
    puffakchali, o‘rta pufakchali va yirik pufakchali bo‘ladi. Ularni jarangdor va 
    bo‘g‘iqlarga ajratish muhim ahamiyatga ega. Jarangdor xirillashlar bronx yonidagi 
    o‘pka to‘qimasi zichlashganda eshitiladi va bu pnevmoniya holatlarida kuzatiladi. 
    Shuningdek ular bo‘shliqlarda (kavernalar, bronxoektazlar) paydo bo‘lishi 
    mumkin. Bo‘g‘iq xirillashlar bronxiolit, bronxit, o‘pka shishganda va atelektazalar 
    holatlarida uchratiladi. Xirillashlardan bronxiollarning terminal bo‘limlari ko‘chib 
    qolganda paydo bo‘ladigan krepitatsiyani ajratish lozim. Bunday holatlarda 
    bronxiolalar devorlari nafas chiqarishda yopishib qoladi, keyingi nafas olishda esa 
    bir-biridan ko‘chib, ana shunday tovush hosil qiladi. O‘pka zardob yig‘ib 
    yallig‘lanishida xastalikka chalinganlikning 1–3 kunida quyilish bosqichida paydo 
    bo‘ladigan crepitatio indux – krepitatsiyani va xastalikning 7–10 kunida 
    pnevmoniya hal etilishi, ekssudat shimilib ketishi bosqichida yuzaga keladigan 
    crepitatio redux – xirillashlarni ajratishadi.
    Umrining ilk oylarida chaqaloqlarda ko‘krak qafasining ekskursiyasi sust 
    bo‘lganligi sababli ularda xirillashlarni eshitish qiyin bo‘ladi. Plevra ishqalanishi 
    shovqini plevraning visseral va pariyetal barglari ishqalanayotganda paydo bo‘ladi 
    va faqat quyida keltirilgan patologik holatlardagina eshitiladi:
    – plevra yallig‘langanida, shunda u fibrin bilan qoplanib qoladi yoki uning ustida 
    infiltratsiya o‘choqlari shakllanadi, bu esa plevra yuzasida notekisliklar va g‘adir-
    budurlar paydo bo‘lishiga olib keladi;
    – yallig‘lanish natijasida plevraning nozik ulanishlari paydo bo‘lganda; – plevrada 
    shish paydo bo‘lganda, plevra sil kasaliga chalinganda;


    – organizm birdan suvsizlanganda (koli–infeksiya, vabo va h.k.).
    Bir qo‘lni quloq ustiga zich qo‘yib, boshqa qo‘lning barmog‘i bilan esa quloq 
    ustiga qo‘yilgan qo‘lning orqa tomonidan yurgizganda plevra ishqalanishining 
    shovqinini paydo qilish mumkin. Ba’zan plevra ishqalanishi shovqini shu qadar 
    intensiv bo‘ladiki, uni palpatsiya qilish jarayonida ham his etish mumkin. Uning 
    intensivligi nafas harakatlarining kuchiga bog‘liq, shu bois u o‘pka harakatlari 
    ayniqsa faol bo‘lgan qo‘ltiqosti joylarida birmuncha yaxshiroq eshitiladi. Ko‘p 
    hollarda plevra ishqalanishining shovqini krepitatsiyaga o‘xshab ketadi. Plevra 
    ishqalanishining shovqini krepitatsiya va mayda pufakchali xirillashlardan 
    quyidagi alomatlari bilan farqlanib turadi:
    – xirillashlar ko‘pincha ozroq yo‘talgandan keyin yo‘q bo‘lib ketadi, plevra 
    ishqalanishi shovqini esa qoladi;
    – plevra ishqalanishi shovqini nafas olishning ikkala fazasida ham eshitiladi, 
    krepitatsiya esa faqat nafas olish balandligida eshitiladi;
    – nafas olish harakatlarida og‘iz va burun yopiq holatlarida xirillash paydo 
    bo‘lmaydi, plevra ishqalanishi shovqinining eshitilishi esa davom etadi;
    – fonendoskop bilan ko‘krak qafasiga bosganda plevral shovqinlari kuchayadi, 
    krepitatsiya esa o‘zgarmay qolaveradi;
    – plevral shovqinlar o‘pkaning chuqur ichida paydo bo‘ladigan mayda pufakchali 
    xirillashlarga nisbatan birmuncha yuzakiroq eshitiladi.

    Download 1,24 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   109




    Download 1,24 Mb.
    Pdf ko'rish