• Perkussiya tartibi.
  • Qarshi davlat universiteti tibbiyot fakulteti davolash va pediatriya ishi kafedrasi




    Download 1,24 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet16/109
    Sana15.11.2023
    Hajmi1,24 Mb.
    #99164
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   109
    Bog'liq
    BKP 5 semestr

    Traubening yarimoy bo‘shlig‘i deb ataladigan qismida timpanik tovush 
    eshitiladi. Timpanik tovush quyidagilar sababli yuzaga keladi: 
    – yallig‘lanish (o‘pka silidagi kaverna, abssess), shishlar (parchalanish), kista 
    (o‘sma) natijasidagi o‘pka to‘qimalari parchalanishida havo mavjud bo‘lgan 
    bo‘shliqlar; diafragmali churra va kistalar pnevmatizatsiyasida;
    plevra bo‘shlig‘ida gaz, havo to‘planganda (o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladigan 
    pnevmotoraks, sun’iy) hosil bo‘ladi. 
    – o‘pka to‘qimalarining egiluvchanlik xususiyatlari (emfizema) pasayganligi, 
    suyuqlik joylashgan joydan teparoqda o‘pka siqilishi (ekssudativ plevrit va 
    atelektazaning boshqa shakllari) sababli o‘pka to‘qimasi biroz bo‘shashib qolishi;
    – o‘pka shishganda, yallig‘lanishi boshlanganda, alveolalarda yallig‘lanuvchi 
    ekssudat suyuqlashib qolganda alveolalar havoga to‘lishi va bir vaqtning o‘zida 
    ularning ichida suyuqlik mavjud bo‘lishi. 
    Ushbu bo‘shliq yuqoridagi, havo bilan to‘ldirilgan oshqozon bo‘limiga muvofiq.
    Bo‘shliqning chegaralari quyidagicha:
    o‘ng tomonda – jigarning chap chegarasi;
    tepada – yurak va chap o‘pkaning chegarasi;


    chap tomonda – qorataloq;
    pastda – qovurg‘a yoyi. 
    Maqsadi o‘pka chegarasini aniqlashdan iborat bo‘lgan topografik perkussiyaning 
    qoidalari va tartibi quyidagicha: 
    – barmoq-plessimetr izlangan chegaraga parallel ravishda joylashadi va
    aniq o‘pkali tovushdan past tovushgacha yurgiziladi: past tovush ilk
    eshitilgan zahotiyoq perkussiya tugatiladi; 
    – chegara aniq tovush tomon qaratilgan plessimetr tomonidan
    belgilanadi. 
    Perkussiya tartibi. 
    1. 5 yoshdan katta bolalarda o‘pka cho‘qqisi perkussiyasida o‘pkaning old va orqa 
    tomondagi chegarasi hamda Krenig maydonlarining kengligi aniqlanadi. 
    O‘pkaning tepa chegarasi, bolalarning yoshiga qarab, turlicha bo‘ladi. 
    Maktabgacha yoshdagi bolalarda ushbu chegara aniqlanmaydi, chunki ularda o‘pka 
    cho‘qqilari o‘mrov tashqarisiga chiqmaydi. O‘pka cho‘qqisining balandligini 
    aniqlash old tomondan boshlanadi. Barmoq-plessimetr o‘mrov ustiga eng keyingi 
    falanga (barmoq suyagi) bilan ko‘krak-o‘mrov-bo‘yin teri ostidagi mushakning 
    tashqi chetiga tegizib turgan holatda qo‘yiladi. Barmoq-plessimetrni qisqargan 
    tovush paydo bo‘lmagunicha tepa tomon surib, perkussiya amali bajariladi. Normal 
    holatda ushbu joy o‘mrov o‘rtasidan 2–4 sm masofada joylashgan bo‘ladi. 
    Chegarasi aniq tovush tomon qaratilgan barmoq-plessimetr tomoni bo‘yicha 
    belgilanadi. Orqa tomondan o‘pka cho‘qqilari perkussiyasi spina scapulae dan VII 
    bo‘yin umurtqa suyagining qiltiqli o‘simtasi tomon olib boriladi. Bu jarayonda 
    qisqa perkutor tovush paydo bo‘lishi zahotiyoq perkussiya qilish to‘xtatiladi. 
    Normal holatda o‘pka cho‘qqilari orqa tomondan VII bo‘yin umurtqasi qiltiqli 
    o‘simtasining sathida bo‘lishi aniqlanadi.
    Krenig maydonlari kengligini aniqlash jarayoni perkussiya vositasi yordamida 
    aniqlanadi. Barmoq-plessimetr trapetsiyasimon mushakning tepa cheti o‘rtasiga 
    qo‘yiladi. Ushbu nuqtadan boshlab perkussiya navbatma- navbat bo‘yin va yelka 
    yo‘nalishi tomon ovozi pasaygunicha bajariladi. Topilgan eng uzoq ikkita nuqta 


    orasidagi masofa Krenig maydonlarining kengligini ifodalaydi va normal holatda 
    3–5 sm ga teng bo‘ladi. 
    O‘pkaning quyi chegaralari bolalarda 3 chiziq bo‘yicha aniqlanadi: o‘rta-o‘mrovli 
    (faqat o‘ng tomondan), o‘rta qo‘ltiqosti va kurak chiziqlari (ikkala tomondan). 
    Barmoq-plessimetr qovurg‘alar orasidan faraz qilinayotgan chegaradan taxminan 
    3–4 qovurg‘aga yuqoriroq joydan tepadan past tomon olib boriladi. Perkussiya 
    amali aniq ichki tovushdan boshlab bo‘g‘iq (past) tovush paydo bo‘lgunicha 
    bajariladi. O‘pka chegarasi plessimetrning tepa cheti ustidagi joyda belgilanadi. 
    O‘pkaning quyi chegaralari bolaning yoshiga bog‘liq bo‘ladi. 
    Bolalar o‘pkasining 
    quyi chegaralari Chiziq 
    O’ng tomonda 
    Chap tomonda 
    O’rta umrov chizig’i 
    VI qovurg’a 
    O’rta umrov chizig’I bo’yicha chap o’pkaning quyi chegarasi yurak uchun 
    chuqurcha hosil qilishi va ko’krak qismidan IV qovurg’a sathida uzoqlashib, past 
    tomonga tik tushib ketishi bilan farqlanadi 
    O’rta qo’ltiq osti chzig’i 
    VII qovurg’a 
    IX qovurg’a 
    Kurak chizig’i 
    IX – X qovurg’a 
    X qovurg’a 
    Paravertebral chizig’i 
    XI ko’krak umurtqasi qiltiqli o’simtasining sathida 


    O‘pkalar quyi chetining harakatchanligini (ekskursiyasini) tekshirish (tekshirish) 
    lozim. Perkussiya yordamida o‘rta qo‘ltiqosti yoki orqa qo‘ltiqosti chiziq bo‘yicha 
    o‘pkaning quyi chegarasi topiladi. So‘ng bemordan chuqur nafas olish va nafasni 
    ushlab qolish iltimos qilinib, o‘pka quyi chetining ahvoli aniqlanadi (belgilash aniq 
    perkutor tovushiga qaratilgan barmoq tomoniga qarab amalga oshiriladi). So‘ng 
    xuddi shu asnoda nafas chiqarilganda o‘pkaning quyi chegarasi aniqlanadi va 
    buning uchun bemordan nafas chiqarish va shu holatda nafasni ushlab turish 
    iltimos qilinadi. Ikkita belgilar orasidagi masofa – bu o‘pka ekskursiyasining 
    ko‘rsatkichi bo‘lib, normal holatda 2–6 sm ga teng bo‘ladi. 

    Download 1,24 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   109




    Download 1,24 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qarshi davlat universiteti tibbiyot fakulteti davolash va pediatriya ishi kafedrasi

    Download 1,24 Mb.
    Pdf ko'rish