Palpatsiyaning ikkala turi qo‘llanilganda quyidagi alomatlar aniqlanadi




Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/109
Sana15.11.2023
Hajmi1,24 Mb.
#99164
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   109
Bog'liq
BKP 5 semestr

Palpatsiyaning ikkala turi qo‘llanilganda quyidagi alomatlar aniqlanadi:
– og‘riq (miozit, plevrit);
– qovurg‘alar oraliqlari shishadi va bo‘rtib chiqadi (ekssudativ plevrit);
– ba’zida teri osti emfizemada krepitatsiyani eslatuvchi o‘zgarishlarni
sezish mumkin;
– plevrit holatida – plevra ishqalanishi shovqini.
Tovush titrashi (ingliz. vibration) – bu bemor gapirayotganda, baqirayotganda, 
yig‘layotganda, yo‘talayotganda uning ovozi ta’sirida ko‘krak qafasining 
tebranishlaridir. Aniqlash usuli. Shifokor ikkala qo‘l kaftlarining yuzalarini 
ko‘krak qafasining simmetrik qismlariga qo‘yadi va qo‘llarini o‘pka 
cho‘qqilarining oldi va orqa tomonidan quyi ulushlarigacha (kuraklar qismidan 
tashqari) asta yurgizadi. Ayni paytda shifokor bemordan «r» yoki «sh» harflari bor 
bo‘lgan («arra», «sharshara») so‘zlarni aytishni iltimos qiladi. Shifokor qo‘llari 
bilan sezadigan ko‘krak qafasi titrashi tovush titrashining ko‘rsatkichi bo‘ladi. Hali 


gapira olmaydigan kichkina bolada tovush titrashini u qichqirayotgan, yig‘layotgan 
va yo‘talayotgan vaqtda aniqlash mumkin. Normal holatda ko‘krak qafasining 
ikkala simmetrik qismlari ustida tovush titrashi ikki tomonda bir xil bo‘ladi, lekin 
yuqori qismlarda tovush quyi qismlarga nisbatan balandroq bo‘ladi. Ko‘krak 
qafasining rezistetligini aniqlash uchun ko‘krak qafasi simmetrik qismlarda oldi va 
orqa tomonida o‘rtaliqdagi chiziq bo‘ylab va yonlarda ikkala qo‘l bilan bir 
vaqtning o‘zida bosiladi; bu jarayonda paydo bo‘ladigan qarshilik subyektiv 
ravishda aniqlanib, normal holatda qoniqarli bo‘lishi lozim.
Perkussiya 
Ko‘krak qafasining perkussiyasini o‘tkazishning umumiy qoidalariЖ 
1. Tinch joyda, issiq xonada o‘tkaziladi.
2. Shifokorning qo‘llari toza, quruq va iliq bo‘lishi, uzun tirnoqlari bo‘lmasligi 
kerak.
3. Shifokor holati: old tomonida perkussiya qilayotganda shifokor bemorning o‘ng 
tomonida bo‘ladi, orqa tomonida bu amalni bajarayotganda esa – mijozning chap 
tomonida turadi; umuman olganda, perkussiya yo‘li bilan aniq ma’lumotlarni olish 
uchun shifokor egallaydigan holat uning uchun qulay bo‘lishi lozim.
4. Bemorning holati uning yoshi va ahvolining og‘irligiga bog‘liq:
– 2 yoshga to‘lgan bola tik turgani yaxshi yoki ko‘krak qafasining simmetrik 
qismlari bir xil joylashgan holda o‘tirishi lozim;
– emadigan chaqaloqni ona vertikal holatda ushlashi, o‘ziga bosib turishi va bola 
tanasining ikki tomonini simmetrik holatda saqlab turishi kerak;
– 2-3 oylik bemor chaqaloqning perkussiyasini old tomonidan bola orqasida 
yotgan holatda, orqa tomonidan – bolaning ko‘kragini shifokor qo‘lining kaftiga 
yotqizga holda amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. – og‘ir ahvolda bo‘lgan 
bolaning perkussiyasi u mavjud bo‘lgan holatda amalga oshiriladi, va bu jarayonda 
bola ko‘krak qafasining o‘ng va chap yarmi simmetrik holatda turishi ustidan 
kuzatib turiladi.
5. Tik holatda turgan bolaga perkussiya amali qilinayotganda u qo‘llarini 
bo‘shashtirishi va pastga tushirishi lozim.


– orqa tomondan perkussiya qilinayotganda bemorning boshini tushirish, biroz 
oldinga egashish, yelkalaridan ushlab turib, qo‘llarini old tomonda birlashtirish 
maqsadga muvofiqdir – bu bolaning kuraklarini umurtqadan uzoqlashtirish va 
perkussiya qilinayotgan maydonni kengaytirishga imkon beradi.
– ko‘krak qafasining yon yuzalari perkussiya qilinayotganda bola qo‘llari bilan 
qarama-qarshi yelka bo‘g‘imini ushlab olishi yoki kaftlarini ensaga tashlashi 
mumkin.
6. Bemor xotirjam bo‘lishi va yig‘lamasligi kerak. Aks holda perkussiya bola 
qichqirishlari orasidagi tanaffuslar (bolan navbatdagi nafas olayotganda) vaqtida 
o‘tkaziladi.

Download 1,24 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   109




Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Palpatsiyaning ikkala turi qo‘llanilganda quyidagi alomatlar aniqlanadi

Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish