Tovush buzilishlari:
– pishillagan tovush (pishillash ingliz. sniff) – o‘tkir laringitning o‘ziga xos
alomati; xastalikning og‘ir holatida ovoz tovushsiz bo‘lib qolishi mumkin;
– xirillagan tovush (xirillash ingliz. wheeze, xirillab gapirish ingliz. speak
hoarsely) – allergik laringitda paydo bo‘ladi;
– ping‘illagan (manqa) turdagi tovush (ingliz. nasal voice) rinit, gaymoritga
chalinganda burun bilan nafas olish qiyinligining alomati hisoblanadi. Hurmatli
talabalar, bunday tovushni eshitish oson
–burningizni yoping va istalgan iborani ayting. Eshitdingizmi? Bu ping‘illagan
turdagi tovushdir;
– afoniya – tovush yo‘qligi.
Ko‘krak qafasi qismidagi og‘riq plevritning o‘ziga xos alomati hisoblanadi (plevra
yallig‘lanishi). Shunday bo‘lsa-da, og‘riqning sababi qovurg‘alar oralig‘idagi
nevrit, miozit, qovurg‘alar singanligida bo‘lishi mumkin. Oxirgi aytilgan holatda
yuzaki palpatsiyaning o‘zidayoq og‘riq paydo bo‘ladi. Plevrit uchun chuqur
palpatsiya qilishda og‘riq yuzaga kelishi xos bo‘ladi.
Yutish paytida tomog‘da og‘riq paydo bo‘lishi – faringit, anginaga chalinganda
shikoyatlardan biridir.
Umumiy shikoyatlar – harorat ko‘tarilishi, lanjlik, kuchsizlik, yomon ishtaha, bosh
og‘rig‘i va h.k. – ko‘pgina tizimlar, shu jumladan nafas tizimi kasallanishida
yuzaga kelib, intoksikatsiya alomati hisoblanadi. Kasallik anamnezi. Kasallik
anamnezini yig‘ayotganda quyidagi masalalarni batafsil aniqlash lozim:
– kasallik boshlanishi sababi (u kasalliklar tarixida albatta ko‘rsatilgan bo‘ladi);
– shu vaqtda bola qayerda bo‘lgan va kim bilan aloqa qilgan (ehtimol, uyda ota-
onalar betob bo‘lishi mumkin yoki maktabda virus infeksiyasi avj olishi – ingliz.
flash – va h.k.);
– kasallik dinamikasi – xastalik boshlanishida qanday alomatlar (isitma, tumov,
yo‘tal va h.k.) mavjud bo‘lganiligi, ular uy sharoitlarida, keyinchalik statsionarda
yotganda qanday o‘zgarishi aniqlanadi;
– qanday davolov o‘tkazildi, qanday dori vositalari qo‘llanildi, ularning dozalari,
qabul qilish muddati, samaradorligi;
– qanday tekshiruvlar o‘tkazildi va gospitalizatsiyagacha uning natijalari
(rentgenografiya, balg‘am tekshirish, qon tahlili va h.k.).
Nafas tizimi patologiyasi mavjud bo‘lgan bola iliq, tinch binoda tibbiy ko‘rikdan
o‘tkaziladi. Bemorni ko‘rikdan o‘tkazishning ma’lum tartibi mavjud, lekin
shifokor ko‘pincha uni buzishga majbur bo‘lib, bola uchun eng noxush taomillarni
(masalan, og‘iz ahvolini baholash) tekshiruvning oxiriga qoldiradi. Bemorni
ko‘rishda teri qoplamlari va og‘zining ahvoli, bolaning holati, ko‘krak qafasining
shakli hamda nafas olish tizimining funksional xususiyatlari aniqlanadi.
Teri qoplamlarining o‘ziga xos xususiyatlari:
– terining rangi o‘chgan, buning ustiga kul rang tusda – nafas olish tizimida og‘ir
yallig‘lanish jarayonlari (o‘pka destruksiyasi, plevrit vah.k.) kechayotganligining
alomatidir;
– sianoz – ham lokal (mahalliy), ham generalizatsiyalangan bo‘lishi mumkin, va bu
qonda kislorod tanqisligi ko‘rsatkichi hisoblanadi (nafas olish yetishmovchiligi
qanchalik kuchli ifodalangan bo‘lsa, qon va to‘qimalarga kislorod shunchalik kam
keladi va sianoz shunchalik kuchli ifodalanadi);
– krupozli pnevmoniyaning patognomonik alomati – zararlangan o‘pka tomoniga
muvofiq bo‘lgan bir lunjning giperemiyasi; butun yuz, lablar qizarib qolishi
mumkin;
– og‘iz burchaklarida ko‘pik mavjud bo‘lishi, burun solinchaklari titrashi
– yangi tug‘ilgan chaqaloq pnevmniyaga chalinganligining o‘ziga xos alomatlari.
«Baraban tayoqchalari» va «soat oynalari» simptomi – og‘ir surunkali kasallik
alomatidir. Uning rivojlanishi aniq ifodalangan gipoksemiya (qon o‘zanida
kislorod miqdori kamayishi), keyinchalik esa tananing trofikasi buziladigan eng
periferik qismlaridagi gipoksiyaga (to‘qimalarda kislorod miqdori kamayishi)
bog‘liqdir, shunda dag‘al biriktiruvchi to‘qima rivojlanib ketadi. Buning asosida
paydo bo‘ladigan «baraban tayoqchalari» (ingliz. clubbing) alomati – bu qo‘l
barmoqlarining oxirgi falangalari kengayishi va ko‘kimtir rangda bo‘lishidir
(baraban – ingliz. drum). Bir vaqtning o‘zida yassilanib qolib (yassi – ingliz.
plane), soat oynasiga o‘xshab qoladi – bu «soat oynalari» alomatidir.
|