pastdagi mayda bronxlardan yuqoriga – traxeya tomonga harakatlanishadi.
Mukotsiliar klirens yuqori nafas yo‘llaridan pnevmoniya qo‘zg‘atuvchilarining
o‘pkaga tushishidan himoya qilishda asosiy rol o‘ynaydi.
Mukotsiliar apparatning immunologik funksiyasi (A immunoglobulin va
boshqalarning tashkil topishi) katta ahamiyatga ega.
Ekologik sharoitlarning
qoniqarsizligi tufayli bronxit bilan tez-tez kasallanadigan bolalarda immuniteti
pasayishi ro‘y beradi, bronxial shajaraning tozlanish jarayoni buziladi, bu esa nafas
olish tizimida yallig‘lanish jarayoni yanada ko‘payishiga sabab bo‘ladi.