Xalqumning asosiy funksiyalari: – nafas olish;
– rezonatorlik;
– yutish;
– limfoid halqa, ayniqsa tanglay bodom bezlari immun va qon tashkil qilish
tizimlari uchun katta ahamiyatga ega.
Xiqildoq
Xiqildoq bola tug‘ilgan paytda voronkasimon shaklga ega bo‘lib, uning
kemirchaklari mayin va yumshoq bo‘ladi.
Tovush chiqaruvchi oraliq tor va yuqorida (bo‘yin umurtqasi IV bo‘g‘ini
darajasida), kattalarda esa u bo‘yin umurtqasi VII bo‘g‘ini darajasida joylashgan.
Tovush chiqaruvchi bog‘lamlar tagidagi ko‘ndalang kesmalar maydoni o‘rtacha 25
mm, tovush boylamlari uzunligi esa – 4–4,5 mm ni tashkil etadi. Shilliq qobig‘i
mayin, qon tashuvchi va limfatik tomirlarga boy bo‘ladi. Egiluvchan to‘qima kam
rivojlangan. 3 yoshgacha o‘g‘il va qiz bolalar tomog‘i shakli bir xil bo‘ladi. 3
yoshdan so‘ng qalqonsimon plastinkalar bog‘lanish burchagi o‘g‘il bolalarda 7
yoshga kelib sezilarli darajada o‘tkirlashadi; o‘g‘il bolalar 10 yoshga kirganda
ularning Xiqildoqi erkaklarnikiga o‘xshash bo‘ladi. Tovush chiqaruvchi oralig‘i 6–
7 yoshgacha tor bo‘lib qoladi. Kichkina bolalarda ularning chinakam tovush
boylamlari kattalarnikiga qaraganda qisqaroq bo‘ladi (ularning tovushi balandligi
mana shundan); 12 yoshdan boshlab o‘g‘il bolalarda tovush boylamlari
qizlarnikiga qaraganda uzunlashadi. Kichik yoshdagi bolalarning Xiqildoqining
o‘ziga xos tuzilishi uning tez-tez jarohatlanishi bilan ham izohlanadi (laringitlar),
vaholanki, ko‘pincha ular krup bilan – nafas olish qiyinlashishi bilan birga kechadi.
Traxeya 1. Chaqaloqda traxeyaning uzunligi nisbatan kattaroq bo‘lib, 4 sm ni tashkil
etadi, 15 yoshga kelib, uning uzunligi 7 sm ga yetadi, (ya’ni 2 baravarga
kattalashadi).
2. Chaqaloqning traxeyasi nisbatan keng bo‘lib, 15 yoshga to‘lgandan so‘ng
uning diametri ikki baravar kattalashadi.
3. Traxeya 16-20 kemirchaklaridan iborat bo‘lib, ularning soni keyinchalik
ham o‘zgarmaydi.
4. Bolalarda traxeyaning kattalarga nisbatan yuqoriroq bo‘lib, chaqaloqlarda
va bolalarda traxeyaning bifurkatsiya o‘rni 12 yoshga kelib III–IV i V–VI ko‘krak
umurtqalariga darajasiga mos keladi.
5. Uning devorlari yumshoq bo‘lib, osongina eziladi.
6. Shilliq qobig‘i mayin, ko‘p miqdorda vaskulyarlashgan, nisbatan quruq
(shilliq bezlar giposekretsiyasi) bo‘ladi.